O‘tror qamali. 1219-yilning kuzida Chingizxon Xorazm-
shohga qarshi yurish boshlaydi. Chingizxonning o‘trorliklardan
o‘chi borligidan mo‘g‘ullar qo‘shini dastlab Sirdaryo bo‘yida
joylashgan O‘tror shahri ustiga yurish qildi. O‘tror mustahkam
qal’ali chegara shahar edi. Qal’a noibi G‘oyirxon (Inolchiq) va
sarkarda Qoracha Hojib boshchiligida mo‘g‘ullarga qarshi jang
qildilar. Manbalarga ko‘ra, O‘tror qamali 5 oy davom etgan.
O‘tror mudofaasining eng og‘ir paytida Qoracha Hojib o‘z
qo‘shini bilan shahar darvozasidan chiqib, mo‘g‘ullarga taslim
bo‘lgan. Biroq xiyonatkorlarni mo‘g‘ullar ham kechirishmagan.
Ular Qoracha Hojib va uning askarlarini qatl etishgan.
G‘oyirxon o‘zini Chingizxon savdogarlari va sarbonlarini
o‘ldirishda ayb
dor his qilib, so‘nggi nafasigacha dushmanga
qarshi kura shadi. Uboshliq mudofaachilarning bir qismi O‘tror
arkiga joylashib olib, mudofaani yana bir oygacha davom
ettiradilar. G‘oyirxon qurshovga olinib, asirga tu
shiriladi va
Samarqandga olib borib, qiynab o‘ldiriladi.
Buxoro fojiasi.
1220-yilning fevralida Chingizxon musul-
mon sharqidagi yirik madaniy markaz Buxo ro ustiga qo‘shin
tashlaydi. Buxoro qamali 12 kun davom etdi. Buxoro dushman
kuchini qaytarishga tayyor emas edi. 1220-yilning 16-fevralida
mo‘g‘ullar tomonidan Buxoro egallanib, talon-toroj etiladi.
Behisob xazinalar talanadi, asriy qo‘lyozma asarlar, muqaddas
68
kitoblar yirtilib, gulxanga uloqtiriladi. Ilm va ma’rifat egalari
bo‘lgan ulamolar va shayxlar mo‘ g‘ul jangchilariga xizmatkor
qilib beriladi. Chingizxon amri bilan Buxoro yoqib yuboriladi.