72
A’zam Malik va
Muzaffar Maliklar qo‘shindan ajralib keta-
dilar. Jaloliddinning ularni qaytarish yo‘lidagi
urinishlari naf
bermadi. Bu voqeadan so‘ng Jaloliddinning harbiy kuchi zaif-
lashib qoladi. Fursatdan
foydalangan Chingizxon G‘aznaga
as
kar tortadi va ajralib chiqqanlarni alohida-alohida tor-mor
etadi.
Jaloliddin tengsiz janglar olib borib,
Sind (Hind) daryosi
qirg‘oq lariga yaqinlashib boradi. Daryo bo‘yida
1221-yilning
25-noyabrida ikki o‘rtada qattiq jang bo‘ladi.
Jaloliddin
Chingizxon qo‘shinining ilg‘orini yengadi. Mo‘g‘ullarning
pis tir malarga qo‘yilgan 10 ming nafar saralangan askari jangni
yakunlaydi.
Jaloliddin taslim bo‘lishni xohlamay otda
Sind
daryosiga sakrab, narigi qirg‘oqqa suzib o‘tadi.
U bilan birga
uning to‘rt ming kishilik askari ham daryodan o‘tib oladi.
Hozirgi paytda ham bu daryoning bir tomoni
“Ot sakrash”,
narigi tomoni
“Cho‘li Jaloliy” deb ataladi.
Jaloliddinning
jasoratiga qoyil qolgan
Chingizxon
uni ta’qib qilish fikridan
qaytadi. Hatto, u o‘g‘illariga qarab:
“Ota o‘g‘il mana shunday
bo‘lishi lozim”, – degan ekan.
Chingizxon bungacha hech bir
shoh, hukmdor yoki sarkardaga
tan bermagan va hech kimni
o‘ziga munosib raqib ko‘rmagan edi.
Dostları ilə paylaş: