104
qurilgan. Bunday oliy dorilfunun asosan Islom dini ta’limoti-
ning asosiy manbalari: Qur’oni karim, Hadisi sharif va arab
tilini mukammal o‘rganishga katta e’tibor bergan. Shariat
ahkomlarini har tomonlama chuqur o‘rgatishda
“Tafsir” –
Qur’oni karimning sharhlari
juda boy va qimmatli manba
hisoblangan. Fiqh fani (islom huquqshunosligi) axloq va shariat
ahkomlari borasida mukammal ma’lumot beradi.
Islom dini ta’limotining ravnaqi va targ‘ibotining kenga-
yishida, ayniqsa, Buxoro shahri markazga aylandi. Buxoro
mad rasalaridan juda ko‘p yetuk fiqhshunos olimlar, qozilar,
imom
lar yetishib chiqadi.
Shu boisdan Buxoro IX asrdan
bosh lab
“Qubbat ulislom” – “Islom dinining gumbazi” nomi
bilan shuhrat topadi.
Tasavvuf.
Tasavvuf o‘rta asrlar musulmon Sharqida keng
tarqaladi. Bu ta’limot dastlab VIII asr o‘rtalarida Iroqda yuzaga
kelgan.
Tasavvuf ta’limoti asosida inson
faoliyati va uning kamoloti
yotadi. Movarounnahrning turli o‘lkalarida tasavvufning turli
tariqatlari paydo bo‘ladi. Turkistonda
XII asrda
Yassaviya,
XII asr oxirida Xorazmda
Kubroviya,
XIV asrda Buxoroda
Naqshbandiya va boshqa tariqatlar vujudga keladi.
Movarounnahrda keng yoyilgan tasavvuf –
Yassaviya
tariqati bo‘lib, unga
Ahmad Yassaviy asos soladi. Tariqatning
asoslari
Yassaviyning mashhur “Hikmat” asarida bayon etiladi.
Ahmad Yassaviyning fikricha,
shariatsiz tariqat, tariqatsiz
ma’rifat, ma’rifatsiz haqiqat bo‘la olmaydi. Ularning har biri
ikkinchisini to‘ldiradi va takomillashtiradi. Yassaviya tari-
Dostları ilə paylaş: