Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan talablar IJODIY RIVOJLANISH Kichik soha: Dunyoni badiiy tasavvur etish Talab: Bola turli xil san’at vositalaridan foydalanib, dunyoni his etish va tushunishini namoyish etadi 0-1 yosh 1-2 yosh 2-3 yosh KUTILAYOTGAN NATIJALAR mutolaa davomida rasmli
bolalar ertagi va musiqani
tinglaydi;
she’rlarni tinglaganda
kattalar ketidan harakatlarni
qaytaradi (boshini
qimirlatadi, qarsak chaladi) ;
yorqin rangdagi rasmlarga
e’tiborini qaratadi.
musiqa, tovushlarga
munosabat bildiradi;
bolalar kitoblarini
varaqlaydi va undagi
tanish ertak
qahramonlarini biladi;
kiyimdagi rasmlarga
e’tiborini qaratadi;
multfilm tomosha qiladi
rasm chizish uchun
ranglarni tanlaydi.
sevimli kitobi va
rasmlarni taniydi;
ertaklardagi jarayonga
o‘z hissiyotlarini
bildiradi;
bo‘yoq va mo‘yqalam
haqida bazaviy
tushunchaga ega;
loy va plastilindan
foydalanadi;
sevimli qo‘shiqlarini
tinglaydi;
bolalar musiqiy
instrumentlarini chaladi;
teatrga qiziqish bildiradi;
o‘ziga moslab kiyim
tanlaydi.
BOLANI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA FAOLIYAT bolaga kitobning bir qismini
emas, balki rasmlarni
namoyish etgan holda biror
bir to‘liq voqeani o‘qishga
harakat qilish;
bolaga emotsional,
hayvonlarga taqlid qilib,
o‘qish;
bolani ijobiy hissiyotlarga
undab o‘qish;
bolaga tomosha qilish
uchun mo‘ljallangan
predmetlarni o‘ziga
jamlagan ish joyini tashkil
qilib berish;
bolaga chiroyli manzaralar
tasvirlangan disklarni
namoyish etish va ularni
bola qo‘li yetadigan joyda
saqlash;
bolalar bayrami va
tadbirlarida ishtirok etish.
bolaga hayvonlarni
o‘xshatib, his-tuyg‘u
bilan o‘qish;
bolaning musiqa bilan
bog‘liq faoliyatini
qo‘llab-quvvatlash (fonli
klassik musiqa, bolalar
qo‘shiqlari);
master klass, bayram,
xalq sayllarida ishtirok
etishni davom ettirish.
63
bolaga turli xavfsiz
ijodkorlik predmetlarini
berish;
mumtoz musiqani qo‘yish.