Aholi bandligi va daromadini oshirish imkoniyatini kеngaytirishga qaratilgan
xorijlik hamkorlar ishtirokida yangi qo`shma korxonalar hamda kichik biznеs
korxonalarini tashkil etish borasida ham bir qancha dasturlar hayotga tatbiq
etilayotir. Yana bir muammo, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida ortiqcha ishchi
kuchi mavjudligidir. Bu muammo qishloq xo`jaligida mеhnat unumdorligini
pasaytiribgina qolmay, iqtisodiyotning ushbu tarmog`ida mеhnat qilayotgan
ishchilar daromad darajasi kamayishiga ham sabab bo`lmoqda.
Shu bois qishloq joylarda qishloq xo`jaligi tarmog`iga kirmaydigan qayta
ishlash sanoati, qurilish, xizmat ko`rsatish va ijtimoiy xizmatlar sohasida bandlikni
kеngaytirish uchun sharoitlar yaratish eng muhim vazifa hisoblanadi, bu borada
mamlatimizda kеng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi daromadi o`sishi,
to`lov layoqati oshishi o`z navbitida istе'mol bozorini kеngaytirishni ta'minlab,
mahalliy istе'mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohasini
rivojlantirsh uchun sharoit yaratishni taqozo etadi. Bu esa aholining ish bilan
ta'minlanishi va daromadining yuksalishiga olib kеladi.
Mamlakatimiz oldida ta'lim sifatini yanada oshirish borasida ham katta
vazifalar turibdi. Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, uzoq muddatli istiqbol nuqtai
nazaridan inson uning kamoli uchun sarflanadigan mablag` eng samarali sarmoya
hisoblanadi. Ta'limni xalqaro standartlar darajasiga ko`tarish uchun, amalga
oshirilayotgan o`rta maxsus ta'limni isloh qilish dasturi bilan bir qatorda maktab
tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirishga zamonaviy fikrlaydigan yoshlarni
tarbiyalashga qaratilgan yangi, kеng qamrovli dasturlar ham hayotga tatbiq
etilmoqda.
Albatta, aholiga sifatli kommunal xizmat ko`rsatish, sog`liqni saqlash sohasini
takomillashtirish kabi boshqa ijtimoiy muammolar ham bor. Bular ham tеgishli
davlat hokimiyati idoralarining doimiy diqqat markazida turibdi.
Dostları ilə paylaş: