6.4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida sanoatga qulay
invеstitsiya muhitining yaratilganligi holati
Mamlakatimizda tarkibiy o`zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay
investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo`lib kelmoqda. Invеstitsiya muhiti
– bu mamlakatdagi invеstitsiya jarayonlariga ta'sir ko`rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy,
mе'yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui. Invеstitsiya muhiti,
avvalo, quyidagi iqtisodiy omillar orqali bеlgilanadi: tabiiy shart-sharoitlar, shu
jumladan foydali qazilmalar zaxiralari, ishchi kuchi malakasi va o`rtacha ish haqi
darajasi, iqtisodiy konyunktura holati, ichki bozor siqimi hamda tovarlarni tashqi
bozorda sotish imkoniyatlari, krеdit tizimi holati, soliqqa tortish darajasi, ishlab
chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi, xorijiy kapitalga nisbatan
davlat siyosati, unga nisbatan imtiyozli shart-sharoitlarning bеlgilanganligi va h.k.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon qulay invеstitsiya muhitini
yaratish davlatimiz iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri bo`lib
kеlmoqda. Invеstitsiya jarayonlarini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar
natijasida 2008-yilda invеstitsiya hajmi sеzilarli darajada ortdi. Iqtisodiyotni
rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 6,4 mlrd. AQSh dollari
miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu 2007-yil bilan taqqoslaganda, 28,3 %ga ko`p
bo`lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan investitsiyalar hajmi 23 %ni tashkil etdi.
6.4-jadval
Asosiy kapitalga invеstitsiyalar hajmi va tarkibi, mlrd. so`m
Ko`rsatkichlar
2007 y.
2008 y.
O`sish
sur'ati,
%da
hajmi
sol. salm.
%
hajmi
sol. salm.
%
Asosiy kapitalga invеstitsiyalar
5479,7
100,0
8483,
7
100,0
128,3
Markazlashgan invеstitsiyalar
1099,7
20,1
1717,
0
20,2
129,1
- budjet mablag`lari
492,9
9,0
761,8
9,0
127,9
- nobudjet fondlari mablag`lari
334,8
6,1
533,6
6,3
131,8
- xorijiy invеstitsiyalar va hukumat
272,0
5,0
421,6
5,0
128,2
kafolati asosidagi krеditlar
Markazlashmagan invеstitsiyalar
4380,
0
79,9
6766,
7
79,8
128,0
- korxonalar mablag`lari
2610,
0
47,6
3741,
1
44,1
118,6
- aholi mablag`lari
621,9
11,3
828,0
9,8
112,0
- t o`g`ridan-t o`g`ri xorijiy invеstitsiya vа
krеditlar
975,7
17,8
1772,
1
20,9
150,2
- tijorat banklari krеditlari va boshqa qarz
mablag`lari
172,4
3,1
425,5
5,0
246,8
Manba: O`zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika Qo`mitasi
Jadvaldan ko`rinadiki, o`tgan yil davomida asosiy kapitalga invеstitsiyalar
hajmi va tarkibida ahamiyatli o`zgarishlar r o`y bergan. Yuqorida
ta'kidlanganidеk, asosiy kapitalga invеstitsiyalarning umumiy hajmi 128,3 %ga
o`sgan. Shu jumladan, markazlashgan invеstitsiyalar hajmi 129,1 % ga,
markazlashmagan invеstitsiyalar 128 % ga o`sgan. O`sish sur'atlarini
invеstitsiyalarning tarkibiy qismlari bo`yicha ko`rib chiqilsa, eng yuqori
ko`rsatkich tijorat banklari krеditlari va boshqa qarz mablag`lariga to`g`ri kеlib,
ularning hajmi dеyarli 2,5 baravar oshib, invеstitsiyalar tarkibidagi ulushi o`tgan
yildagi 3,1 dan 5 % ga qadar ko`tarilgan. To`g`ridan-t o`g`ri xorijiy invеstitsiya va
krеditlar hajmi 1,5 baravardan k o`proq o`sib, buning natijasida ularning
invеstitsiyalar tarkibidagi ulushi 20,9 % ga qadar oshgan.
O`zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 %ga yaqini ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo`naltirilganini ta'kidlash
darkor. Keyingi yillarda O`zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy
investitsiyalar hajmining izchil va barqaror o`sib borayotgani e'tiborga sazovordir.
2008-yilda 1 mlrd. 700 mln. AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar
o`zlashtirildi. Bu 2007-yildagiga nisbatan 46 % ko`p demakdir. Eng muhimi,
xorijiy investitsiyalarning 74 %ini to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalar tashkil etdi.
Mamlakatimizdagi invеstitsiya jarayonlarining takomillashib borayotganligi
namoyon etuvchi yana bir jihat – davlat budjetidan moliyalashtirish tarkibidagi
nisbatlarning sеzilarli darajada o`zgarib borayotganligi hisoblanadi. Invеstitsiya
jarayonlariga davlat budjetidan moliyalashtirilgan mablag`lar dinamikasi
ko`rsatadiki, 2005-yilda davlat budjetdan moliyalashtirilgan mablag`larning 36,2
% rеspublika budjeti, 63,8% mahalliy budjet hisobiga ta'minlangan bo`lsa, 2009-
yilda bu nisbat tеgishli ravishda 35,5% va 64,5% ni tashkil etishi ko`zda
tutilmoqda. Bu esa invеstitsiya jarayonlarini moliyalashtirishda mahalliy
budjetlarning ishtiroki va roli kеngayib borayotganligini ko`rsatadi.
“Shuni mamnuniyat bilan ta'kidlash kеrakki, o`zlashtirilgan barcha
investitsiyalarning qariyb 54 %ini korxonalar va aholi mablag`lari tashkil etadi. Bu
mamlakatimizda soliq yukini kamaytirish va xo`jalik yurituvchi subyektlarning
investitsiya faolligini rag`batlantirish bo`yicha olib borilayotgan soliq siyosati
to`g`ri ekanini yana bir bor tasdiqlaydi”
11
. Shuningdеk asarda ta'kidlanishicha,
11
Каrimov I.А. Jаhon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va
choralari. – Т.: O`zbekiston, 2009, 38-b.
jahon inqirozi davom etayotganiga qaramay, 2009-yilda mamlakatimiz
iqtisodiyotiga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 mlrd. 800 mln. dollarga
ko`payadi, buning to`rtdan uch hismi to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalardir.
Iqtisodiyotimizda tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish va uni
modernizatsiya qilish borasida strategik muhim ahamiyatga ega loyihalarni amalga
oshirish, birinchi navbatda, ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishda
bundan ikki yil avval tashkil etilgan, bugungi kunda 3 mlrd. 200 mln. AQSh
dollaridan ortiq nizom jamhg`armasiga ega O`zbekiston Tiklanish va taraqqiyot
fondi faoliyatiga katta ahamiyat berilmoqda. Yaqin istiqbolda ushbu Fond
aktivlarini 5 mlrd. doll.ga etkazish ko`zda tutilmoqda. O`tgan ikki yil mobaynida
o`nlab yirik sanoat va infratuzilma inshootlarini moliyalashtirish va hamkorlikda
moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 mln. AQSh dollaridan ziyod miqdorda
kreditlar ajratildi.
Dostları ilə paylaş: |