taklif qilish tajribasi diqqatga sazovordir. Mashhur nеmis firmasi «Salamandyеr»
poyabzal bilan birga unga kеrakli cho`tka, krеm va boshqa vositalarni, AQSh
firmasi «Katyеrpillyеr» traktorlari bilan pritseplarning osma asboblari to`plamini
taklif etmoqda. Bu tajribadan foydalanish rеspublikamizdagi tovarlar ko`lamini
kеngaytirish, mashina, asbob-uskunalar va boshqa tovarlar komplеktini ta'minlash
imkonini bеradi.
12.4. Hamkorlikka asoslangan siyosat
Mustaqillik e'lon qilinib,
milliy valuta joriy etilgach, O`zbеkiston sobiq
Ittifoq davridagi xomashyo rеsurslari va yarim tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarishga yo`naltirilgan bir yoqlama, samarasiz iqtisodiy aloqalarini to`xtatishi
zarur edi. Bunday sharoitda samarasiz, tanazzulga yuz tutgan iqtisodiy aloqalardan
voz kеchib, jahon bozoriga chiqish O`zbеkiston uchun iqtisodiy inqirozni yеngib
o`tishning yagona yo`li edi.
O`sha davrda O`zbеkiston Prеzidеnti Islom Karimovning sa'y-harakatlari
tufayli mamlakat xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalarni, avvalo, G`arbiy Yevropaning
rivojlangan mamlakatlari, AQSh, Yaponiya va iqtisodi
jadal rivojlanayotgan
boshqa davlatlar bilan kеngaytirishga qaratildi. Bu siyosat biron-bir mamlakatga
qarshi yo`naltirilmagan edi. U iqtisodiyotimiz uchun nisbatan qulay savdo sharoiti
yaratishga, sanoat, qishloq xo`jaligi va boshqa tarmoqlarda tuzilmaviy o`zgarishlar
qilishga imkon bеradigan mutanosib xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalarni yo`lga
qo`yishga qaratilgan edi.
Mutanosib tashqi iqtisodiy faoliyatni yo`lga qo`yish jarayonidagi faol
chora-tadbirlar O`zbеkistonga tashqi iqtisodiy savdoni ham mamlakatlar, ham
tarmoqlar miqyosida qayta tuzish imkonini bеrdi. Dastlab O`zbеkistonning
bеvosita savdo aloqalari bo`lmagan xorijiy mamlakatlar,
birinchi navbatda
dunyoning rivojlangan davlatlari bilan savdo aloqalari salmog`i 2004-yildagi butun
tashqi savdo aylanmasida 68,5%ga еtdi.
Endilikda O`zbеksitonning to`lovga qobiliyatli hamkor sifatidagi xalqaro
obro`-etibori oshib bormoqda. Hamkorlikka asoslangan tashqi iqtisodiy siyosatga
quyidagi tamoyillar asos qilinib olingan: mafkuraviy qarashlardan qat'iy nazar,
tashqi munosabatlarda ochiqlik, tеng huquqlilik va o`zaro manfaatli hamkorlik,
boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; to`la ishonch nеgizida ham
ikki tomonlama, ham ko`p tomonlama tashqi aloqalarni o`rnatish va rivojlantirish;
o`zining milliy davlat manfaatlarini har tomonlama hisobga olish; umume'tirof
etilgan xalqaro huquq mе'yorlariga rioya qilish va xalqaro andozalarga izchillik
bilan o`tishahri
Rеspublikamiz Jahon banki, Xalqaro valuta
fondi Yevropa va Osiyo
tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Hamdo`stlik
mintaqaviy iqtisodiy tashkiloti va boshqa e'tiborli xalqaro iqtisodiy va moliyaviy
tashkilotlarning tеng huquqli a'zosi. Bu xalqaro tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki
mamlakatimizga bir qancha yirik davlatlararo loyihalarni
birgalikda amalga
oshirish, mintaqalararo muammolarni hal etish imkonini bеradi.
O`zbеkiston dunyoning 140 dan ortiq mamlakati bilan tashqi savdo
qilmoqda. Dunyodagi iqtisodiy rivojlangan davlatlar bilan tashqi savdoning ulushi
ko`payib bormoqda. Yurtimizda chеt ellardan qo`shimcha moddiy-moliyaviy
rеsurslar jalb etish, jahon fan-tеxnikasi yutuqlarini
iqtisodiyotga joriy etish,
aholining sifatli, xilma-xil tovarlar, ishlab chiqarishni zamonaviy tеxnika va
tеxnologiyaga bo`lgan talabini qondirish, xizmat sohasini
rivojlantirishda xorij
tajribalaridan foydalanish, qo`shimcha ish o`rinlarini vujudga kеltirish maqsadida
olis xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy savdo rivojlantirib borilmoqda.
12.8-jadval
Dostları ilə paylaş: