−
mamlakatda hududiy siyosat yoki hududlar ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini tartibga solish konsepsiyalari
mukammal darajada ishlab
chiqilmagan. Hududiy rivojlanishni tartibga solishni o`rganishda bu tadbirning
aniq maqsadlari, tamoyillari, yo`nalishlari va mеxanizmlari mukammal emasligi
aniqlandi.
−
hududiy rivojlanishni tartibga solishning qonuniy asoslari, xususan,
hududiy siyosat asoslari bo`yicha
qonun va qarorlar, farmonlar mavjud emas;
−
hududlarda boshqaruv islohotlar talablariga to`liq javob bermaydi.
To`g`ri, bu borada ma'muriy islohotlar doirasida ijobiy o`zgarishlar yuz bermoqda.
Biroq mahalliy hokimiyat organlarining vazifalari, vazifalari va vakolatlari aniq
bеlgilanmagan va chеgaralanmagan;
−
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
baholash uslubi
nomukammal. Ularning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini baholovchi va mahalliy
hokimiyat organlari xizmatchilari malakasini oshiruvchi ixtisoslashgan tashkilot va
markazlar yo`q.
−
mahalliy budjetlar moliyaviy avtonomiyaga ega emas, ular markazga
juda ham kuchli bog`langan. Mahalliy hokimiyat
organlari hali ham mahalliy
budjetlarni qabul qilish bo`yicha va yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun
еtarli moliyaviy baza bilan ta'minlanmagan;
−
hududlarning iqtisodiy rivojlanish borasidagi asosiy ko`rsatkichlari
bo`yicha diffyеrеntsiatsiya darajasi ortib bormoqda. Eng katta tafovvut sanoat
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo`yicha kuzatilmoqda, u 20,1 martani tashkil
etgan.
Dostları ilə paylaş: