. Xavflarni tahlil qilish usullari, xavfsizlikning tizimli tahlili
Texnik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda, xavfni baholash va
xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish sanoat
xavfsizligini ta’minlash va mehnat xavfsizligini ta’minlashda
muhim muammo
hisoblanadi.
Haqiqatan ham
, xavfni noto‘g‘ri yoki past baholash katta avariyalarga
olib kelishi mumkin, xavfni o‘ta yuqori baholash esa juda katta mablag‘
talab
qiladigan xavfsizlik choralarini qo‘llashni talab qilishi mumkin. Bu esa ishlab
chiqarish iqtisodiy samaradorligini pasayishiga yoki yo‘qqa
chiqishiga olib kelishi
mumkin.Mamlakatimizda va xorijda xavf-xatarlarni tahlil qilish juda ko‘p usullar
bilan amalga oshirilishi mumkin. Ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz.
1-usul. Xavfni baholashning sifatiy (muhandislik) usullari ularni yanada
murakkab usullar bilan o‘rganish uchun xavf manbalarini aniqlashga qaratilgan.
Ushbu muhandislik usullari miqdoriy hisob-kitoblar bilan mustahkamlanmaydi.
2-usul. Xavflarni ekspress baholash usullari ob’ektlarni xavflilik darajasi
bo‘yicha kategoriyalarini aniqlashda foydalaniladi (yong‘in,
portlash
, kimyoviy,
radiatsiya va boshqalar). Bunday usullarni qo‘llashning asosiy maqsadi xavf
manbalarini aniqlash zarurati bilan bog‘liq. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan
ob’ektlarga xavfsizlik talablari qat’iyroq qo‘llaniladi.
3-usul. Xavflarni baholashning
ehtimollik usullariga
miqdoriy baholash usullari
(matematik statistika usullari,
matematik modellashtirish
, simulyasiya va
boshqalar) kiradi.
Xavflarni baholashning yuqorida sanab o‘tilgan usullari prognozning aniqligi va
dastlabki zarur ma’lumotlarning miqdori bilan farq qiladi. Ushbu yoki boshqa
usullarni qo‘llashda xavfni baholash maqsadlaridan kelib chiqiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda murakkab xavfsizlik muammolarini hal qilishda xavf-
xatar metodologiyasi keng tarqalgan bo‘lib, unda yuzaga keladigan hodisalar va
ularning oqibatlari ehtimoli aniqlanadi. Ushbu metodologiyaning jozibadorligi,
xavfning miqdoriy ko‘rsatkichlaridan
foydalanib
, potensial xavfni o‘lchash va turli
xavflarni solishtirish mumkinligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, xavf
ko‘rsatkichi sifatida odamlarning o‘limi (yoki kutilayotgan zarar qiymat) bilan
bog‘liq shaxsiy yoki ijtimoiy xavf qabul qilinadi.