Kalilaning hikoyati
Naql qilibdurlarki, bir podsho bir zohidga
qimmatbaho libos hadya qilibdi. Buni ko‘rgan
bir o‘g‘ri zohidning huzuriga kelib, xizmatini qila
boshladi, undan tariqat qonun-qoidalarini o‘rga-
nishga kirishdi. Ular do‘stlashib bir yerda yashay
boshlabdilar.
Bir kechasi o‘g‘ri fursatni g‘animat bilib, pod-
sho hadya qilgan libosni olib ketdi. Ertasiga zohid
libosni ham, yangi muridni ham topa olmadi. U
libosni murid o‘g‘irlab ketganini payqab, uni qidi-
rib topish uchun shaharga ketayotgan ekan, yo‘lda
ikkita qo‘chqorning bir-biri bilan urishib turganla-
rini ko‘rib qoldi. Ikkala qo‘chqor ham bir-birlarini
yarador qilgan va jarohatlaridan qon tomar edi. Bir
tulki kelib, tomgan qonlarni yalardi. Ikki qo‘chqor
shoxlarini to‘g‘rilab bir-birlariga tashlanganlarida,
tulki o‘rtada qolib majaqlanib ketdi.
Zohid kechqurun shaharga yetib keldi, tu-
nashga joy axtara boshladi. Nihoyat, buzuq bir
xotinning uyiga tushdi. Bu xotin uyida bir necha
qiz saqlar edi. Ulardan biri nihoyatda go‘zal bo‘lib,
jamoliga jannatdagi hurlar ham hasad qilishar edi.
Xotinlarni hayajonga soladigan, erkaklarda
hasad uyg‘otadigan baland bo‘yli, xipchabel,
shirin so‘z bir yigit u qizga oshiq bo‘lib qolgan va
boshqa erkaklarning unga yaqinlashishiga yo‘l
qo‘ymas edi... Bu esa haligi buzuq xotinning qiz
tufayli oladigan foydasini kamaytirib qo‘ydi. U axir
bir kun qiz yigit bilan qochib ketadi, deb tash-
vishlanar edi. Shuning uchun yigitni o‘ldirishga
qaror qildi. Xo tin o‘z fikrini amalga oshirmoqchi
82
bo‘lgan kechasi zohid uning uyiga kelib tush-
gan edi. Xotin o‘sha qiz va yigitni juda ko‘p may
ichirib, qattiq mast qilib qo‘ydi. Ularning ikkalasi
qattiq uyquga ketganlarida, xotin bir qamish-
ning uchi ga zahar solib olib keldi. Qamishning
bir uchini yigitning burniga to‘g‘rilab, boshqa
uchini esa o‘z og‘ziga olib, zaharni yigitning di-
mog‘iga puflamoq chi bo‘ldi. Lekin shu payt yigit
to‘satdan aksirib yubordi, zahar xotinning og‘ziga
kirib ketdi va shu zahoti til tortmay o‘ldi. Buni
ko‘rgan zohid erta bilan, quyosh ufqdan bosh
ko‘targanda, bu fisq-fasod o‘chog‘idan qochish
uchun boshqa joy izlay boshladi. Zohidga bir
kosibning rahmi kelib, uyiga olib keldi va xo-
tiniga zohidni yaxshilab kutib olishni buyurib,
o‘zi bir o‘rtog‘inikiga mehmonga ketdi. Kosib
xotinining o‘ynashi bor ekan, bir sartaroshning
xotini esa ular orasida vositachi ekan. Kosibning
xotini eri ketishi bilanoq sartaroshning xotinini
o‘ynashinikiga yubordi, erim ziyofatga ketdi, tez
yetib kel, deb ayttirib yubordi. Kech kirganda
o‘ynash kelib eshik oldida poylab turgan edi,
kosib mehmondorchilikdan qaytib keldi. Av-
vallari ham shubha lanib yurgan odamini eshik
oldida ko‘rgach, kosib uyga kirib xotinini rosa
do‘pposladi va ustunga bog‘lab qo‘ydi. O‘zi esa
o‘rniga kirib yotdi. Yarim kechada, hamma uy-
quga ketganda sartaroshning xotini kelib dedi:
– Nima uchun o‘ynashingni shunchalik munta-
zir qilasan? Istamasang ayt, ketsin.
Kosibning xotini dedi:
– O‘rtoqjon, agar rahming kelayotgan bo‘lsa,
meni yechib yubor, seni o‘z o‘rnimga bog‘lab
83
qo‘yay. Do‘stim bilan ko‘rishib uzr so‘ray va tezlik
bilan qaytib kelay. Buning evaziga nima desang
beraman.
Sartaroshning xotini uning gapiga ko‘ndi.
Kosib ning xotini uni ustunga bog‘lab, o‘zi o‘ynashi
yoniga ketdi. Shu payt kosib xotinini chaqirib
qoldi, sartaroshning xotini esa, u tanib qoladi,
deb damini chiqarmadi. Kosib yana chaqirdi,
sartaroshning xotini yana ovoz bermadi. Kosib-
ning g‘azabi toshib, o‘rnidan turdi-da, sartarosh
xotinining burnini kesib qo‘liga berdi: «Buni o‘z
oshig‘ingizga tuhfa qilib yuboring», – dedi.
Birozdan keyin kosibning xotini qaytib kelib,
dugonasining burni kesilganini ko‘rib, xafa bo‘ldi
va uzr so‘radi. Keyin uni yechib yuborib, ustunga
o‘zini bog‘ladi. Sartaroshning xotini burni qo‘lida,
uyiga jo‘nadi. Zohid butun hodisalarni kuzatar va
oradan bo‘lib o‘tgan so‘zlarni eshitib yotar edi.
Kosibning xotini bir soat turdi, so‘ng qo‘lini duoga
ko‘tarib, yolvora boshladi:
– Xudoyo xudovando, agar erim meni be-
gunohdan begunoh burnimni kesgan bo‘lsa,
burnimni o‘rniga qo‘y, avvalgiday bo‘lib ketay.
Bu so‘zlarni eshitgan kosib dedi:
– Ey, haromzoda jodugar, nimalar deyapsan?
Kosibning xotini dedi:
– Ey, zolim, sen menga jabr-sitam qilgan
bo‘lsang, xudo menga rahm qildi, tur, uning mar-
hamatini tomosha qil! Men begunoh bo‘lganim
uchun xudo burnimni sog‘aytirdi va xaloyiq o‘rta-
sida meni sharmanda qilmadi.
Kosib chiroqni yoqib, xotinining yoniga keldi,
qarasa, burni joyida. U darrov gunohiga iqror
84
bo‘ldi, xotinidan uzr so‘radi. Shirin so‘zlar bilan
bundan buyon unga ozor bermaslikka, yaramas,
og‘zi shaloq, yolg‘onchi odamlar bo‘htoniga ishon-
maslikka va o‘zining nomusli, duosi mustajob
xotinini ranjitmaslikka so‘z berdi.
Sartaroshning burni kesilgan xotini esa uyiga
kelgach, erimga va qo‘ni-qo‘shnilarimga nima dey-
man, qanday hiyla ishlatsam ekan, degan o‘y bilan
qayg‘uga botdi. Shu payt sartarosh uyg‘onib dedi:
– Asboblarimni tayyorla, bir mo‘tabar odamning
uyiga soch olgani borishim kerak.
Xotin imirsilab, oxiri bitta ustarani ochib,
eri ning qo‘liga berdi. Sartarosh g‘azab bilan
qorong‘ida ustarani xotini tomonga otdi. O‘sha
zahoti xotini o‘zini yerga tashlab: «Voy burnim,
voy burnim!» – deb faryod ko‘tardi. Sartarosh nima
qilarini bilmay qoldi. Xotinining qarin doshlari
yig‘ilib, uni malomat qila boshladilar. Sartarosh
bechora iqror bo‘lishni ham, inkor etishni ham
bilmas edi. Har qalay tong otdi, xotinning qarin-
doshlari sartaroshni qoziga olib bordilar. Ittifoqo,
zohid kosibning uyidan chiqib, qozining mahka-
masiga kelgan edi. U qozi bilan qadrdon oshna edi.
Qozi sartaroshni so‘roq qildi:
– Ey, usta, begunoh xotinni nega bu ahvolga
solding? Sartarosh javob berishdan ojiz edi. Qozi
uning ustidan hukm chiqarmoqchi bo‘lganida,
zohid o‘rnidan turib dedi:
– Ey, qozi, shoshma. Bir sababi bo‘lmaganda.
o‘g‘ri to‘nni olmasdi, qo‘chqorlar tulkini o‘ldirmas-
di, buzuq xotin zaharlanib o‘lmasdi va sartaro-
shning xotinining burni kesilmasdi. Mana shu
balolarni biz o‘z boshimizga o‘zimiz orttirdik.
85
Qozi sartaroshni qo‘yib, zohidga o‘girildi va
nimalar bo‘lganini so‘radi. Zohid hamma ko‘rgan
narsalarini boshdan-oyoq gapirib berdi va dedi:
– Agar menda muridlarimni, menga tobe
odamlarni ko‘paytirish umidi bo‘lmaganda edi,
o‘g‘riga aldanmagan, libosimni oldirmagan
bo‘lardim. Agar tulki badnafs va tamagir bo‘lmasa
edi, qo‘chqorlar orasida qolib o‘lmas edi. Ko‘ngli
egri xotin birovning hayotiga qasd qilmasa, o‘zi
zahar yutib, jon bermas edi va sartaroshning xo-
tini harom ishga yordam bermasa, burni kesilib,
rasvo bo‘lmas edi.
Kalila dedi:
– Sen bu baloni o‘z boshingga o‘zing orttirga-
ningni bilib qo‘y, deb bu masalni aytdim. Uning
natijasini o‘ylab ko‘rmading.
Dimna dedi:
– Rost aytasan, bu ishni o‘zim qildim. Endi sen
qanday maslahat berasan?
Kalila dedi:
– O‘zing qanday fikrdasan?
Dimna dedi:
– Men bir hiyla ishlatib, ustalik bilan o‘z yo‘lim-
dagi g‘ovni olib tashlamoqchiman. Agar imillab, fur-
satni qo‘ldan berib qo‘ysam, aqlli odamlar oldida
xor bo‘laman. Buning ustiga, men yangi mansab
orqasidan quvayotganim yoki biror narsa talab
qilayotganim yo‘qki, meni ochko‘z va tamagir de-
salar. Bir necha narsalar borki, odamlar ularni
qo‘lga kiritish uchun hiyla ishlatib, tadbir bilan
harakat qilishni lozim deb biladilar. U narsalar
quyidagilardir: qo‘ldan chiqqan o‘ljani yana qay-
ta qo‘lga kiritish va zararli narsalarni bartaraf
86
qilish; erishilgan yutuqni qo‘lda saqlagan holda,
kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan falokatning
oldini olish.
Men avvalgi mavqeyimga qaytish va avvalgidek
farog‘at da yashash niyatida bo‘lganim uchun
shunday bir hiyla ishlatayki, ho‘kiz yer yuzi bilan
vidolashib, yer ostini o‘ziga makon qilsin. Bu bilan
yuragim tinchiydi, sherga yaqinroq bo‘lib olaman.
Sher ho‘kizga marhamatini haddan oshirib yubor-
di, bu bilan o‘z mahramlarini norozi qilib qo‘ydi.
Kalila dedi:
– Ho‘kizning mansabini ko‘tarib, sher xato qildi,
deb o‘ylamayman.
Dimna dedi:
– U Shatrabaga behad muruvvat ko‘rsatib,
boshqa xayrixohlarni nazardan chetda qoldirdi.
Shunga ko‘ra, hamma shohdan ranjigan. Donish-
mandlar aytibdurlarki, olti narsa podshohlikning
dushmanidir. Ular – mahrumlik, fitna, ehtiros,
ofat, tezlik, tuturiqsizlik. Mahrumlik – xayri-
xohlarni o‘zidan uzoqlashtirish, aql va tajriba
egalarini o‘z vazifalaridan quvish va shunday
qilib, sadoqatli va iste’dodli odamlardan ajral-
ish demakdir. Fitna – kutilmagan isyon va ichki
urushlarning boshlanishi, dushman qilichining
o‘z g‘ilofidan chiqishi de makdir. Ehtiros – xotinga,
ovga, kayf-u safoga va ichkilik kabi narsalarga
haddan ortiq mayl ko‘rgazishdan iboratdir. Ofat –
xastalik, vabo, toshqin, yong‘in kabi narsalardir.
Tezlik – jazo va siyosatni haddan oshirmoqdir.
Tuturiqsizlik – do‘stlik qilish lozim bo‘lgan joyda
dushmanlik, yaxshilik o‘rnida yomonlik qilmoq
demakdir.
87
Kalila dedi:
– Aytganlaringning hammasini tushundim,
lekin sen ho‘kizni qanday qilib o‘ldirmoqchisan,
axir uning kuchi sening kuchingdan ortiq, osh-
na-og‘aynilari esa senikidan ko‘pdir.
Dimna dedi:
– Sen bunga ahamiyat berma, chunki ishning
muvaffaqiyati jismoniy quvvatdan va ko‘mak-
chilarning ko‘pligidan bo‘lmaydi. Otalar maslahat
va tadbir bilan qilingan ishni qo‘l kuchi bilan qilib
bo‘lmaydi, deganlar. Bir qarg‘aning hiyla ishlatib,
ilondan qasos olganini eshitmaganmisan?
Kalila dedi:
– U qanday qasos olgan ekan?
Dostları ilə paylaş: |