Dimnaning hikoyati
Deydilarki, go‘zal bir o‘rmon bor edi. Suvi mo‘l,
o‘ti serob bo‘lgan bu manzil yovvoyi hayvonlar
uchun bir jannati ma’vo edi, lekin o‘sha yaqinda
yashovchi bir sher ularning tinchligini buzar,
92
yeganlarini ularga harom qilar edi. Bir kun hay-
vonlar ittifoq bo‘lishib, sher qoshiga bordilar va
dedilar:
– Biz hammamiz sening fuqarolaringmiz, sen
esa har kuni qiynalib, bittamizni arang tutib
yeysan. Sen hamisha bizni qidirib, rohatingni bu-
zasan, biz esa qo‘rquv ichida yashaymiz. Bugun
maslahatlashib, seni ham zahmatdan qutqarish,
o‘zimizning ham rohatimizni ta’min etish maqsa-
dida shunday xulosaga keldik: agar sen hujum
qilib, bizni qo‘rqitmasang, o‘zimiz har kuni o‘z
ichimizdan ovqat vaqtida senga bir jonivor keltirib
beramiz.
Sher rozi bo‘ldi. Bir necha muddat ahvol shu
yo‘sinda davom etdi.
Bir kun navbat quyonga yetdi. U yoronlariga
dedi: «Agar meni shoshirmasangiz, sizlarning
hammangizni bu qonxo‘r, g‘addor zulmkorning
dastidan qutqaraman».
Hayvonlar dedilar: «Qarshiligimiz yo‘q». Quyon
shoshmasdan sher oldiga ravona bo‘ldi, sher-
ning ovqatlanadigan vaqtida yetib bormadi. Sher
ochiqib qoldi, uning ko‘zlari qonga to‘lib, tishlarini
g‘ijirlatib turar edi.
Quyonni ko‘rgach, na’ra tortib dedi:
– Qayerdan kelding, hay vonlar nima qilmoqda-
lar?
Quyon javob berdi:
– Podsho omon bo‘lsinlar, hayvonlar menga
qo‘shib, yana bir quyonni yuborgan edilar. Yo‘lda
nogoh bir sher uchrab, sherigimni olib qoldi. «Bu
podsho hazratlariga atalgan tortiq, qo‘yib yu-
boring», – desam: «Bu yer mening joyimdir, men
93
kuchda ham, shon-u shavkatda ham u sherdan
ortiqman, shuning uchun bu yerdagi ovlar avval
menga tegishli», – deb lof urdi. Men sizga xabar
qilish uchun qochib qoshingizga keldim.
Sher g‘azab bilan o‘rnidan sakrab turdi va: «Uni
menga ko‘rsat!» – dedi.
Quyon oldinga o‘tib, yo‘lga tushdi, sher esa
uning ketidan borardi. Quyon uni chuqur quduq
labiga keltirdi. Quduqning suvi nihoyatda tiniq
edi, kimki unga qarasa, o‘z aksini aniq ko‘rar edi.
Quyon dedi:
– O‘sha sher shu quduqda, lekin men undan
qo‘rqaman, agar siz meni o‘z bag‘ringizga olsan-
giz, ko‘rsataman. Sher quyonni o‘z quchog‘iga
olib, quduqqa qaradi. Quduqda o‘ziga o‘xshash
bir sherni va uning quchog‘idagi quyonni ko‘rdi.
Shunda quyonni yerga qo‘yib o‘zini quduqqa otdi
va yuqoriga chiqolmay halok bo‘ldi. Quyon sihat
va salomat hayvonlar yoniga qaytib keldi. Ular
hol-ahvol so‘radilar.
Quyon sherning suvga g‘arq bo‘lib o‘lganini
gapirib berdi.
Kalila dedi:
– Agar sherga ziyon yetkazmay ho‘kizni o‘ldira
olsang, uning yo‘rig‘i boshqa, chunki hech bir
aqlli zot o‘z manfaati uchun boshlig‘iga zarar ye-
tkazmaydi.
Shuning bilan ularning suhbati tugadi. Dimna
bir necha kun sher ning huzuriga bormadi. Bir
kun sherni yolg‘iz topib huzuriga kirdi.
Sher dedi:
– Dom-daraging yo‘q, bir necha kundan beri seni
ko‘rmayman. Nima, biror hodisa ro‘y berdimi?
94
Dimna dedi:
– Shunday, lekin xilvat joyda aytaman.
Sher dedi:
– Hozir ayni vaqtidir. Tezroq ayt, chunki ke-
chiktirib bo‘lmaydigan boshqa muhim ishlarim
bor.
Dimna dedi:
– Hukmdorning ko‘ngliga yoqmaydigan so‘zlar
demoqqa va nasihat qilmoqqa har kim ham jur’at
eta bermaydi. Lekin hukmdorning aqli raso bo‘lsa,
ayniqsa, agar aytilgan so‘zlar uning foydasiga xiz-
mat qilsa va aytuvchining o‘z burchini bajarib,
yaxshilik qilishdan boshqa hech qanday maqsadi
bo‘lmasa, u bu so‘zni aytmog‘i va hukm dor unga
quloq osmog‘i lozim. Agar so‘z aytilib bo‘lgandan
keyin so‘zlovchining joni salomat qolsa, bu uning
uchun eng yuksak mukofot bo‘ladi. Bu so‘zlarni
shuning uchun ham aytsa bo‘ladiki, podshohning
aqli raso, u kamolotda boshqalardan nihoyatda
ustundir. Bunga ko‘ra, u aytiladigan so‘zlarni
shohlarga xos bo‘lgan vazminlik bilan eshita oladi.
Mening aytadigan so‘zlarim muhabbat va sadoqat
mevasi bo‘lib, ularda yolg‘on va riyokorlik yo‘qligi
oydindir. Butun vahshiy hayvonlarning tirikchiligi
sizning hayotingizga bog‘liq ekanligi ma’lumdir.
Aqlli va oliyjanob odamlar aytilishi lozim bo‘lgan
gaplarini shohga aytmasalar, kasalliklarini tabib-
dan yashirsalar, xavf-xatar yaqinlashayotganidan
do‘stlarni ogoh qilmasalar, o‘zlariga xiyonat etgan
bo‘ladilar.
Sher dedi:
– Sening samimiy va sadoqatli ekanliging men-
ga ma’lum. Qilayotgan ishlaring bundan dalolat
95
beradi. Agar yangi biror narsa sezgan, bilgan
bo‘lsang, ayt, samimiyating va sadoqating ni yana
bir marotaba ko‘rsat.
Dimna dedi:
– Shatraba arkoni davlat va lashkarboshilar
bilan yashirincha kengashib, debdiki: «Sherni
sinadim, kuch va quvvatining darajasini, fahm va
farosatining saviyasini o‘rgandim. Ularning har
birida katta bir nuqson ko‘rdim».
Shundan men uning ko‘rnamak va xiyonatchi
ekanligini payqadim. Siz esa, shohim, bu nonko‘r
va vijdonsizga haddan ortiq marhamat ko‘rsatdin-
giz, hurmat va nufuzda uni o‘zingiz bilan barobar
darajaga ko‘tardingiz. Jiddiy masalalarni hal etib
hukm chiqarishda unga shunchalik katta huquq
berdingizki, endi fitna devi uning diliga tuxum
qo‘ydi va shohlik havasi uni vasvasaga sola bosh-
ladi. Donishmand lar aytibdurlarki, agar podsho
o‘z mulozimlaridan birortasining sha’n-shavkat,
mol-dunyo va nufuzda o‘ziga barobar bo‘lib qol-
ganligini sezsa, shu ondayoq uni yo‘qotishi kerak,
yo‘qsa o‘zi halok bo‘ladi. Bu ishda qanday yo‘l
tutish lozimligini shohning o‘zi hammadan yax-
shi biladi. Lekin mening fikrimcha, ho‘kizning
masalasini kechiktirib, fursatni qo‘ldan berib
bo‘lmaydi. Chunki ish shu dara jaga yetishi mum-
kinki, u vaqt hech qanday tadbir foyda bermay
qoladi. Donishmandlar, inson ikki nav: hushyor
va tadbirsiz bo‘ladi, deydilar. Hushyor odamlar
ham ikki xil bo‘ladilar: ular biri xavf yuz berishi-
dan ilgari uning oldini oladilar, ikkinchisi hodisa
sodir bo‘lgandan keyin o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymay,
darhol chorasini ko‘rib, baloni daf qiladilar.
96
Aqlli odamlar hamisha hushyor bo‘ladilar, hodi-
salar jilovini o‘z qo‘llarida saqlab, xavfli girdobga
tushmasdan sohilga yetib oladilar...
Tadbirsiz odamlarga kelsak, ular ikkilanadi-
gan, jasoratsiz, tez-tez fikrlaridan qaytadigan
bo‘ladilar, bir hodisa ro‘y berganida ular o‘zlarini
yo‘qotib qo‘yadilar. O‘z baxtlarini saqlab qolish
qobiliyatidan mahrum bo‘lganlaridan oh-voh
qila-qila, o‘zlarini har yoqqa uradilar. Uch baliq
hikoyasidagi kun ularning boshiga keladi.
Sher so‘radi:
– Qanday bo‘lgan edi?
Dostları ilə paylaş: |