Dimnaning navbatdagi hikoyati
Bir toshbaqa bilan bir chayon do‘st edilar. Ular
bir kun safarga otlandilar. Nogoh yo‘lda bir anhor-
ga duch keldilar. Chayon o‘ta olmasligini sezib,
hayron bo‘lib to‘xtadi.
Toshbaqa dedi:
– Ey, aziz do‘stim, senga nima bo‘ldi, g‘amgin
bo‘lib turibsan?
Chayon dedi:
– Birodar, men bu suvdan qanday o‘taman deb
hayronman.
Toshbaqa dedi:
– G‘am yema, orqamga mindirib, seni bexatar
o‘tkazib qo‘yaman.
Toshbaqa chayonni orqasiga mindirib suvga
tushdi, suzib borayotganida uning qulog‘iga bir
narsaning tiqirlagani eshitildi va chayonning
harakatidan shubha lanib so‘radi:
– Eshitayotganim qanday ovoz, sen nima qil-
yapsan?
Chayon javob berdi:
– Nishimning nayzasini sening qalqoningga urib
sinab ko‘rmoqdaman.
99
Toshbaqa dedi:
– Ey, bemuruvvat, men o‘zimni girdobga tash-
lab, seni suvdan bexatar o‘tkazmoqchi bo‘lsam-u,
sen orqamga nish ursang. Bilasanki, nayzang
mening qalqonimga zarar yetkazolmaydi.
Chayon dedi:
– Mening tabiatim, xoh do‘st orqasiga bo‘lsin,
xoh dushman siynasiga bo‘lsin, nish urmoqni
taqozo etadur.
Toshbaqa dedi:
– Donishmandlar zoti yomonni tarbiyalasang,
obro‘yingdan mahrum bo‘lasan, deb bekorga ayt-
maganlar.
Shuni deb toshbaqa suvga sho‘ng‘idi, chayon
esa tushib halok bo‘ldi.
Bu masalni shuning uchun keltirdimki, Shat-
rabaning zoti yomon, o‘zi nopok.
Shunday qilib, Dimna hiyla angiz so‘zlar bilan
o‘z maqsadiga erishdi, suvni loyqalantirib, sher-
ning g‘azabini qo‘zg‘ata oldi.
Aytibdurlarki, podsho o‘z mulozimlariga had-
dan ortiq marhamat va lutf-karam ko‘rsatmasligi
kerak, toki ular boshqa kattaroq narsa umidida
dushman tarafiga o‘tib ketmasinlar; shunday qi-
lish kerakki, ular xavf va ehtiyoj, qo‘rquv va umid
orasida yashasinlar: na umidsizlikka tushsinlar
va na quturib ketsinlar... Egri odamdan to‘g‘rilik
kelmasligini podsho bilmog‘i kerak. Yo‘ldan ozgan
odamni jazo berish bilan to‘g‘ri yo‘lga qaytarish
har gal mumkin bo‘laveradigan ish emas. Itning
qayrilma dumini qanchalik mahkam bog‘lab
qo‘ymang, u baribir to‘g‘ri bo‘lmaydi, bog‘ni
yech gan zamonoq avvalgi holiga qaytadi. Kimki
100
achchiq bo‘lsa ham, o‘z do‘stlari nasihatiga qu-
loq solmas ekan, ishining oqibati pushaymonlik
bo‘ladi. Bu – hakim buyurgan dorilarni ishlatmay,
parhez qilmay, o‘zining ko‘ngli tilagan taomlarni
yegan, istagan ichimliklarni ichgan bemorning
har daqiqa dardi og‘irlashib ketgani kabidir...
Shohning mulozimlari ularga qilingan yaxshiliklar
evaziga o‘z bilganlarini shohlarga aytib turishga
majburdirlar. Shohlar ham buni talab qilishga
haqlari bor. Shohdan hech bir narsani yashirma-
ganlar mulozimlarning eng sodiqlaridir. Oxiri
xayrli bo‘lgan ish eng yaxshi ish sanaladi. Eng
yaxshi odamlarning maqtovi eng oliy mukofotdir.
Ehtiyoj sezilmaganda ham har bir ishda yaqindan
yordam beruvchi do‘st – do‘stlarning eng yaxshi-
sidir. Muloyimlik va sofdillik eng yaxshi xislatlar-
dandir. Ochko‘z va xasis bo‘lmagan – odamlarning
eng badavlatidir. Davlatdan mag‘rurlanmagan,
kambag‘allikdan ruhiy tushkunlikka tushmagan
– insonlarning eng komilidir...
To‘shagi tikandan, yostig‘i ilondan bo‘lgan
odamning uyqusi shirin bo‘la olmaydi. Inson idroki-
ning rasoligi, aqli komilligining alomati shuki, do‘st-
lardan biri dushmanlik qilsa va yo mulozimlardan
biri g‘ururlanib ketsa, bunga qarshi darhol chora
ko‘radi, fursat topib, ziyon yetkazmasdan burun uni
bir yoqlik qiladi. Chunki dushmanga muhlat berilsa,
uning qudrati ortadi, vaqt berilsa, kuch yig‘adi...
Ishning avvali-yu oxirini tushunmagan, katta
hodisalar yuz berganda yaxshi tadbir ko‘ra olma-
gan, fursat qo‘ldan ketgandan va dushman g‘olib
kelgandan keyin o‘z yaqinlarini koyib, har biriga
bir jazo bergan shoh podshohlarning eng ojizidir...
101
Mamlakatni idora etish shartlaridan biri hamlaga
tayyorlangan dushmanni darhol bartaraf etishdir.
Sher dedi:
– Sening so‘zlaring juda dahshatli va qahr-u
g‘azab bilan sug‘orilgan. Lekin xayrixoh odamning
so‘zlariga quloq osmaslik to‘g‘ri emas. Shatraba
dushmanlik fikriga tushsa, uning yetkaza oladigan
zararlari meni qo‘rqitolmaydi. Chunki u mening
taomimdir. Uning yemishi o‘t-alaf, meniki esa
go‘shtdir. Buning ustiga, u bilan mening oramizda
salom-alik, ishonch, hurmat bor. Debdurlarki,
aqlli odamlar ishonchga xiyonat etmaydilar. Endi
men nimaga asoslanib Shatrabaga xiyonat qila
olaman. Majlislarda takror-takror uni maqtab,
undan rozi ekanligimni, uning aqli va farosatidan
mamnunligimni, unga sodiqligimni hamisha
aytib kelganman. Endi bu aytganlarimning aksini
qilsam, men so‘zimning ustidan chiqmaydigan
va tez-tez fikridan qaytadigan odamdek bo‘lib
qolaman. Bundan keyin hech kim men bergan
va’dalarga yurakdan ishonmay qo‘yadi.
Dimna dedi:
– «Shatraba mening taomimdir», deb shoh al-
danib qolmasinlar. Shatraba o‘zi bir narsa qila
olmasa ham, atrofiga do‘stlarini to‘plab, hiyla va
riyokorlik bilan maqsadiga yetishi mumkin. Bu-
tun yirtqich hayvonlar uning tarafiga o‘tib keta-
dilar deb qo‘rqaman. Chunki Shatraba ularning
qalbida senga adovat, o‘ziga rag‘bat hisini uyg‘ot-
gan. Bularning ustiga, agar Shatraba boshqalarni
senga gijgijlatolmagan taqdirda ham, uning hij-
roni visolidan yaxshiroqdir.
Sher Dimnadan so‘radi:
102
– Xo‘sh, endi nima qilay?
Dimna dedi:
– Chirigan tishni sug‘urib tashlamaguningc-
ha og‘rig‘i qolmaydi... Hazm bo‘lmagan taomni
qayt qilib tashlamaguncha, ko‘ngil behuzurligi
bosilmaydi. Yaxshilikni bilmagan, do‘stlik o‘rniga
dushmanlik xayoliga tushgan yaramas raqib-
ni halok qilmaguncha, uning dastidan qutulib
bo‘lmaydi.
Sher dedi:
– Sening so‘zlaringdan keyin Shatrabaning diy-
dorini ko‘rishni ham istamayman. Birortani yubo-
ray, borib unga qayerga xohlasa ketaverishi mum-
kinligini aytib kelsin, aslo ko‘zimga ko‘rinmasin.
Dimna bu so‘zlar Shatraba qulog‘iga yetib bor-
sa, u darhol o‘zini oqlash uchun dalillar keltirishi-
ni, Dimnaning yolg‘on gapirib, hiyla ishlatganini
fosh etishini yaxshi bilar edi. Shuning uchun
tezda sherga dedi:
– Ehtiyotkorlik jasurlikning fazilatidir. Bunday
qilishga maslahat bermayman, chunki aytilmagan
so‘zlarni har qachon aytsa bo‘laveradi, lekin aytil-
gan so‘z erkin harakat etmoqqa xalal yetkazishi
mumkin.
Aytilgan so‘z – otilgan o‘q, uni qaytarib bo‘lmay-
di... Mabodo Shatraba bu xabarni eshitsa, o‘zining
fosh etilishini bilib, qo‘shin to‘plashi, shaylangan
holda urushgani kelishi mumkin.
Aql va tajriba egalari oshkora gunoh uchun
yashirin jazo va aksincha, yashirin gunoh uchun
oshkora jazo berishni maslahat ko‘rmaydilar.
Sher dedi:
103
– Hech qanday dalil bo‘lmasdan, faqat gumon-
ga asoslanib yaqinlarni uzoqlashtirish, ularni
halok etishga intilish – o‘z ildiziga o‘zi bolta urish
demakdir. Podshohlar butun ishlarda, xususan,
mukofot va jazo berishda atroflicha mulohaza
yuritmoqlari darkor.
Dimna dedi:
– Shohning aytganlari to‘g‘ri. Lekin bu hiylagar
kelguncha fursatni qo‘ldan bermay, yaxshi ho-
zirlik ko‘rmoq kerak. Shatrabaga diqqat bilan
qaralsa, uning qanday fikrda ekanligini jirkanch
basharasidan ham bilsa bo‘ladi. Chunki do‘st bilan
dushman orasidagi farq, ularning qarashlari, yu-
rish-turishlarida ko‘zga tashlanib turadi. Xiyonat
yo‘liga kirgan bo‘lsa, uning tashqi belgilari quyi-
dagicha bo‘ladi: kayfiyati buziladi, ko‘zi olazarak
bo‘ladi, o‘ng va so‘lga alanglayveradi, shohni suzib
olishga tayyorlanib turganday bo‘ladi.
Sher dedi:
– Bu boshqa masala. Agar, haqiqatan ham, men
bu belgilardan birortasini unda ko‘rsam, o‘sha
zamonoq shubhalarim tasdiqlanadi.
Dimna sherning bu so‘zlarini eshitgach, o‘z hiy-
lasi ta’sir etganini angladi va ho‘kizni ham yo‘ldan
urish uchun uning yoniga jo‘nashlikka qaror qildi.
Lekin sherda shubha uyg‘otmaslik uchun avval
undan ijozat olishni lozim ko‘rdi.
– Ijozat bersangiz, Shatrabaning yoniga boray,
uning qanday fikrda ekanligini bilib, sizga xabar
qilay.
Sher ijozat berdi.
Dimna boshini quyi solib, g‘amgin holda Shat-
rabaning yoniga keldi. Shatraba uni mehribonlik
104
bilan qarshi olib dedi: «Bir necha kundan beri seni
ko‘rmayman, kayfiyating qalay?».
Dimna javob berdi:
– Ixtiyori o‘z qo‘lida bo‘lmagan, boshqalar amri-
ga mute bo‘lgan, hamisha qo‘rquv va iztirob ichida
yashagan, bir daqiqa bo‘lsa-da, erkin nafas olib,
yurakdagi so‘zlarini aytolmaydigan kimsaning
kayfiyati nechuk bo‘lur edi!
Ho‘kiz dedi:
– Nima bo‘ldi o‘zi?
Dimna dedi:
– Nima bo‘lardi, hech narsa. Insonning mang-
layiga nima yozilgan bo‘lsa, o‘sha bo‘ladi... Hech
toleyidan qochib qutulgan odamni uchratding mi?
Kimni ko‘rdingki, xotinlar suhbatida birortasiga
maftun bo‘lmagan bo‘lsin? Yaramas odamlarga
ishi tushib, xor bo‘lmasin? Fitnachi odamlar bi-
lan ulfatchilik qilsin-da, oxirida o‘zi pushaymon
bo‘lmasin? Podshohlar mulozimatida bo‘lsin-da,
yana buning ustiga joni ham salomat qolsin?
Shatraba dedi:
– So‘zlaringdan ko‘rinadiki, sherdan senga bir
ozor yetgan va uning qahridan qo‘rqasan.
Dimna dedi:
– To‘g‘ri. Lekin o‘zim uchun qo‘rqmayman, bal-
ki do‘stlar uchun tahlikaga tushib qolganman.
Senga do‘st ekanligim, oramizdagi do‘stlik alo-
qalari, birinchi daf’a sher meni sening olding ga
yuborganida senga halol xizmat qilganim o‘zingga
ma’lum. Shuning uchun ham, men biron yaxshi
yo yomon, xayrli yo zararli hodisani sezsam, uni
sendan yashirolmayman.
Shatraba dedi:
105
– Ey, ahdiga vafodor, aziz do‘stim! So‘zla va
tezroq meni bo‘lgan hodisalardan xabardor qil!
Dimna dedi:
– Bir e’tiborli odam sher og‘zidan shu gaplar-
ni eshitibdi: «Shatraba juda yaxshi semiribdi,
ko‘rganda og‘zingning suvi keladi. Uning bu yerda
tirik qolishining ma’nosi yo‘qdir... Jonivorlarni
uning shirin go‘shti bilan mehmon qilsam». Bu
gapni eshitgach, sherning naqadar qonxo‘r va
yirtqich ekanini payqadim, seni xabar dor qilib,
qardoshlik burchimni bajo keltiray, deb tezda
sening yoningga keldim. Bu bilan do‘stlik, vijdon
va ahd-u pay mon shartlarini ado etdim.
Endi birgina yo‘l bor – tezda bir chora ko‘rib,
hiyla bilan joningni saqlab qolishing kerak.
Shatraba Dimnaning aytganlariga diqqat bilan
quloq soldi. Sherning bergan va’dalari, ichgan
ontlarini eslab, dedi:
– Sherning mendan g‘azablanishiga asos yo‘q,
chunki unga shu vaqtgacha mendan hech bir
xiyonat sodir bo‘lmadi. Mening haqimda sherga
yolg‘on so‘zlar so‘zlab, uni yo‘ldan chiqarganlar,
sher ham shunday mulozimlarning bo‘hton va
iftirolariga ishonib, mendan achchiqlangan. Sher-
ning xizmatida xoin mulozimlar ko‘p. Fitnachilar
bilan do‘st bo‘lgan kimsa eng yaxshi odamlar
haqida ham yomon fikrda bo‘ladi, vaqt o‘tgandan
so‘ng ko‘zlari moshdek ochilib, pushaymon yeydi.
Bu xuddi o‘rdakning xatosiga o‘xshaydi!
Dimna so‘radi:
– U qanday xato qilgan ekan?
|