122
Sodiq va ishbilarmon xizmatchilarning ko‘pligi
yaxshidir, ular podshohlikning ziynatidir. Sen esa
sherning yonida mendan boshqa hech kim bo‘lma-
sin, uning eng yaqin va ishonchli mahrami faqat
o‘zimgina bo‘lay deysan. Lekin o‘zgalarni baxtsiz
qilib, baxtga erishgan, sodiq va samimiy do‘stlarga
xiyonat qilib, ularni halok etish yo‘li bilan hurmat
qozonmoqchi va mansabga erishmoqchi bo‘lgan
odamday ahmoq va razil zotning bo‘lishi mumkin
emas. Riyokorlik bilan ibodat qilib savob topish,
yomon niyat va zo‘rlik bilan ayollar muhabbatiga
sazovor bo‘lish, zahmat chekmasdan ilmga ye-
tish mumkin emas. Lekin bu so‘zlarimdan foyda
yo‘qdir, chunki bilaman, ular senga ta’sir etmaydi.
Mening senga nasihatim bir qushning maymun-
larga bergan nasihatiga o‘xshaydi.
Dimna so‘radi:
– U qanday nasihat?
Dostları ilə paylaş: