Kalilaning savdogar haqidagi hikoyati
Unchalik boy bo‘lmagan savdogar bir kun sa-
farga chiqmoqchi bo‘ldi. Uning yuz botmon temiri
bor edi. Shu temirni bir oshnasining uyiga qo‘yib
ketdi. Savdogar safardan qaytib, temirni so‘ra-
ganida oshnasi dedi:
– Men omonatingni uyning burchagiga qo‘yib,
xotirjam yuraveribman, o‘sha burchak yonida
sichqonning uyasi bor ekan, la’natilar fursatni
g‘animat topib, butun temirni kemirib qo‘yishibdi.
Savdogar dedi:
– Gaping to‘g‘ridir. Men ham sichqon juda
temirga o‘ch bo‘ladi, deb eshitgan edim.
Uy egasi suyunib, savdogar so‘zimga ishondi va
temiridan voz kechdi deb, mulozamat qila bosh-
ladi, so‘ng dedi:
– Uzoq safardan kelibsan, mening uyimda qol.
Mehmon qilaman.
129
Savdogar dedi:
– Bugun zarur ishlarim bor, ertaga kelarman.
Savdogar ko‘chaga chiqib, oshnasining o‘ynab
yurgan o‘g‘lini olib ketib, o‘z uyiga yashirib qo‘ydi.
Ertasi kun savdogar oshnasining uyiga kelganda,
u yig‘lab o‘tirar edi. Savdogardan:
– O‘g‘limni ko‘rmadingmi? – deb so‘radi.
Savdogar dedi:
– Kecha senikidan ketayotganimda bir qiyg‘ir
bir go‘dakni changaliga olib, uchib ketayotganini
ko‘rib qoldim. O‘sha sening o‘g‘ling bo‘lmasin?
Oshnasi jahl bilan dedi:
– Sen axir to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘onni nega ga-
pirasan?! Esingni yedingmi, axir kichkina qiyg‘ir
bir bolani ko‘tarib olib keta olarmidi?
Savdogar istehzoli kulib dedi:
– Unchayam ajablanma. Axir yuz botmon
temirni sichqon yeb qo‘yadigan bu shaharda o‘n
botmon keladigan bolani qiyg‘ir ko‘tarib uchol-
maydimi?
Oshnasi gapni qayerga burayotganini fahmlab,
uy egasi dedi:
– Sichqon temirni yemagan, bolamni keltirib,
temiringni olib ket.
Bu masalni shuning uchun keltirdimki, bilib
qo‘y: shohning boshiga shuncha kulfatlar solgan
kimsa boshqalarga undan ham ko‘p zarar yetka-
zishi mumkin. Shunday bo‘lgandan keyin hech
kimning senga ishonchi qolmaydi. Do‘stga vafo
qilmagan, xayrixohlikni bilmagan odam bilan
do‘st bo‘lish hech qanday yaxshi natija bermaydi.
Tushunmaganga, qadriga yetmaganga yaxshilik
qilishdan, quloq solmaganga nasihat qilishdan
130
va og‘zi bo‘shga sir aytishdan katta xato bo‘lishi
mumkin emas. Ming nasihat qilganim bilan se-
ning tabiating o‘zgarmaydi. Sendek kasofat bilan
do‘st bo‘lish falokat keltiradi. Sahar shabadasi
ham do‘stlikka o‘xshaydi: u agar gulzordan essa,
xushbo‘y bo‘ladi, najosat bor yerdan essa, badbo‘y
bo‘ladi. Bilib turibman, bu so‘zlarim senga og‘ir
botyapti, chunki to‘g‘ri so‘z achchiq bo‘ladi, nodon
va beaql odamlarga aslo yoqmaydi.
Kalilaning so‘zi shu yerga yetganda, Shatraba
o‘z qoniga belanib, sher changalida jon bergan edi.
Sher buni ko‘rib, jahldan tushdi, so‘ngra fikrga
cho‘mib, o‘z-o‘ziga dedi:
– Bechora Shatraba, naqadar aqlli, farosatli va
shijoatli eding. Bilmadim, to‘g‘ri ish qildimmi yo
xato qildimmi? Sening haqingdagi gaplar rostmi
yoki qasddan uydirilgan fitnami? Har holda, bu
men uchun qattiq musibat bo‘ldi. Endigi afsus va
pushaymondan foyda yo‘q.
Dimna uzoqdan sherning tashvish tortayot-
ganini ko‘rib, pushaymon bo‘layotganini darhol
angladi va Kalilaning so‘zini bo‘lib, sherning yo-
niga keldi:
– Ey, shohi jahon, sizni buncha o‘ylatib qo‘ygan
narsa nima? Bu kundan ham muborak kun
bo‘ladimi? Axir shoh g‘olib kelib, nusrat topdilar,
dushman mag‘lub bo‘lib, qonga belandi.
Sher dedi:
– Shatrabani o‘ylaganim sari uning do‘stligi,
samimiyligi, odobi, xulq-atvori, bilimi, ishbilar-
monligi, jasorat va shijoatliligi yodimga tushib,
qal bim g‘am va alamga to‘lmoqda. U davlatimning
pushtipanohi va lashkarimning takya gohi edi,
131
u raqiblarim ko‘ziga botadigan tikan, do‘stlarim
yuziga yarashadigan bir xol edi...
Dimna dedi:
– Bu tuznamak dushman uchun hasrat chek-
mang. Qo‘lga kiritgan zafardan shodlanmoq lozim,
uni sizga yuborilgan katta bir baxt deb bilmoq
kerak... Xavfli odamlarning gunohini kechirmoq
aqlli odamlarga yarashmas. Shohning dushman-
lari uchun eng ishonchli zindon – qabr va eng
ta’sirli qamchi – qilichdir.
Aqlli shohlar ko‘pincha o‘zlariga yoqmasa ham,
mahoratli odamlarni yonlariga chaqirib olib, ularni
mansabdor qiladilar, aksincha, yoqimli odamlarni
tadbirsizligi uchun o‘zlaridan uzoqlashtiradilar,
jazolaydilar. Achchiq bo‘lsa ham, odam foydali
dorini ichadi. Ish qilishga, qilich tutishga yaray-
digan qo‘lning barmog‘ini agar ilon chaqsa, butun
badan salomatligi uchun uni qirqib tashlaydilar.
Bu so‘zlarni eshitgach, sher biroz taskin topdi.
Lekin oradan birmuncha vaqt o‘tgach, ho‘kizning
ishi yuzasidan tekshirish o‘tkazdilar. Dimnaning
qabih ishlari, ho‘kizga tuhmat qilgani oshkor
bo‘ldi. Ho‘kiz qasosi uchun uni sher qatl qildi.
«Nima eksang shuni o‘rasan». Hiyla va xiyonat
daraxtining mevasi musibat va falokat bo‘ladi...
Bir iflosning tuhmati bilan ikki do‘stning
bir-biridan ayrilgani haqidagi rivoyat shundan
iboratdir.
|