Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Hiyla-nayrang ojizdir o‘limning qarshisida,
Hech qutqargan bo‘lganmi yoqasini ajaldan?!
Agarda o‘lmak uchun tug‘ilgan bo‘lsa inson,
Yana yaxshi bo‘lardi, tug‘ilmasa azaldan.
Dimnaning bu so‘zlarini eshitib, o‘sha yerda 
hozir bo‘lganlar qonli ko‘z yoshlarini oqizib, unga 
tasalli bera boshladilar.
Dimna dedi: 
– Alvido, Kalila! Boshimga og‘ir kunlar kelganda, 
baxtsiz hodisalar ro‘y berganda u mening hamdar-
dim, maslahatdoshim, panohim edi. U do‘stlar-
ning sirlarini saqlovchi xazina edi. Falak ham bu 
sirlarni aytishga uni majbur etolmasdi. Endi men 
uchun tiriklikning nima lazzati bor?! Ruzbeh, agar 
boshimga tushgan bu musibatli kunda sen bu yerga 
kelib, do‘stlik qo‘lini menga uzatmaganingda edi, 
dod-faryod qilib o‘zimni o‘ldirar edim... Endi sen 
Kalila o‘rniga menga birodarsan. Sendan boshqa 
hech kimim yo‘q. Qo‘lingni ber, do‘st bo‘laylik. 
Ruzbeh juda xursand bo‘lib dedi:
– Sening bu iltifotingdan ko‘p minnatdorman. 
Do‘stlik qadrini bilganlar sen bilan hamsuhbat 
va sirdosh bo‘lishni o‘zlariga sharaf deb hisoblay-
dilar. Koshki, men biron ishingga yarab, senga 
yordam ko‘rsatolsam. 
Ular bir-birlarining qo‘llarini siqib, do‘st bo‘lish-
ga ont ichdilar. So‘ngra Dimna dedi:


154
– Falon joyda xazina yashirib qo‘yganmiz. Ka-
lila bilan ikkimizniki edi, olib kel, sen ham quruq 
qolmaysan.
Ruzbeh xazinani olib keldi. Dimna o‘z hissa-
sini oldi, Kalilaning hissasini Ruzbehga berdi va 
hamisha shohning yonida bo‘lib, uning haqida 
nimaiki desalar, kelib aytib berishni iltimos qildi. 
Ruzbeh uning taklifini mamnunlik bilan qabul 
qildi. 
Ertasi kuni bosh qozi yig‘ilishda bo‘lgan vo-
qealarni shohga aytib berdi. Sher unga javob berib 
yuborgach, onasini o‘z yoniga chaqirtirdi. Onasi 
bo‘lgan voqealarni eshitgandan keyin juda bezovta 
bo‘lib qoldi. 
Senga qattiq gapirib, xafa qilib qo‘yamanmi, 
deb qo‘rqaman. Lekin o‘ylaganlarimni aytmasam, 
shohga xiyonat qilgan, uni o‘z maslahatim va 
nasihatimdan bebahra etgan bo‘laman. 
Sher dedi:
– Maslahat berilishi kerak bo‘lgan vaqtda qo‘r-
qish yaxshi emas. Sening aytadiganlaring beg‘araz-
dir. Nima desang, qabul etaman. So‘zlayver. 
Sherning onasi dedi:
– Shoh yolg‘onni rostdan, foydani zarardan 
ajrata olmayapti. Dimna o‘ziga berilgan fursatdan 
foydalanib, shunday fitna uyushtirishi mumkinki, 
shohning aqli uning oldida ojiz qoladi. Har qanday 
o‘tkir qilich ham bu fitna to‘rini kesolmay qoladi... 
– Shu so‘zlarni aytdi-da, sherning onasi jahl bilan 
o‘rnidan turib ketdi.
Ertasi kun Dimnani keltirdilar, jamoat yig‘ildi, 
qozilar to‘plandi va majlis boshlandi. Qozixona 
vakili Dimna haqidagi aybnomani o‘qidi.


155
O‘tirganlar biron so‘z aytmaganlaridan keyin 
bosh qozi Dimnaga qarab dedi: 
– Bu yerga yig‘ilganlar indamay o‘tirgan 
bo‘lsa lar-da, ko‘ngillarida sening xoinligingga 
amindurlar. Shu ahvolda jamoa o‘rtasida yasha-
mog‘ingdan nima foyda bor? Endi sen uchun eng 
to‘g‘ri yo‘l – gunohingni bo‘yningga olib tavba 
qilish va shu bilan u dunyo azobidan o‘zing-
ni saqlab qolishdir. Xiyonatni e’tirof etsang, u 
dunyoga yorug‘ yuz bilan borgan bo‘lasan. Rost, 
sen so‘roq vaqtida o‘zingni himoya qilish uchun 
dalillar keltirishga ustasan, lekin shuni bilginki, 
rasvo bo‘lib yashamoqdan, mardlik bilan o‘lmoq 
yaxshidir.
Dimna dedi: 
– Qozi aniq dalillarga ega bo‘lmagan holda, 
o‘z ehtimoli va o‘zgalar gumoniga ko‘ra hukm 
chiqar moqchi. Bu katta xatodir. Agar sizlarda 
shubha bor bo‘lsa-yu, meni gunohkor degan qa-
rorga kelgan bo‘lsangiz, bu hali men haqiqatan 
ham gunoh kor ekanligimni bildirmaydi. Men 
o‘zimni, nima qilgan, nima qilmaganimni yaxshi 
bilaman. O‘zing bilgan haqiqatni boshqalarning 
gumoni uchun qurbon qilish aqlsizlikdir, bunga 
qonun ham, shariat ham yo‘l qo‘ymaydi. Siz meni 
tuhmatchi, gunohkor deb gumon qilib, shun-
cha shovqin ko‘taryapsizlar-u, hech gunoh ish 
qilmagan men indamay o‘tiraveraymi? Holbuki, 
mening nazarimda, hech kimning o‘zimchalik 
qadri yo‘qdir, insonning o‘z jonidan ham aziz 
narsasi bo‘larmi? Mening vijdonim hatto hech 
qanday qimmatga ega bo‘lmagan odamga ham 
o‘limni ravo ko‘rmaydi-yu, uni o‘zimga ravo ko‘ra-


156
manmi?! Ey, qozi, bu da’volaringdan kech, agar 
nasihat qilmoqchi bo‘lsang, uning yo‘li boshqa. 
Avvallari sen odil eding, to‘g‘ri so‘z eding, endi esa 
mening baxtim qaroligidanmi yoki shaxsiy g‘araz-
danmi, bilmadim, bu ishda yanglish yo‘l tutib, 
masalani bir taraflama hal etmoq, o‘zingning 
shaxsiy gumoningga asoslanib noto‘g‘ri hukm va 
nohaq qaror chiqarmoq fikriga tushib qolibsan... 
Kimki bilmagan ishi yuzasidan guvohlik bersa
qarchig‘aychining boshiga tushgan narsa uning 
ham boshiga tushadi.
Qozi dedi: 
– Uning boshiga nima ish tushibdi?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin