Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Sichqonning hikoyati
Bir kun bir kaklik tog‘ etagida sayr qilib yurar 
va qahqahasining sadosi falak gumbazigacha ye-
tardi. Nogoh bir lochin o‘sha yerdan uchib o‘tdi. 
U kaklikning yurishini va xandon otib kulishini 
ko‘rib, ko‘ngli ochilib ketdi va unga mehr qo‘yib, u 
bilan suhbat qilish xayoliga tushdi. O‘zicha: «Bir 
mehribon yor hammaga ham lozimdir, – deb o‘yla-
di. – Bu kaklik juda chiroyli, dilrabo va xushraftor 
ekan, agar shunday yor va hamdaming bo‘lsa, 
suhbatidan ko‘ngil bahra olg‘ay».


167
Shu so‘zlarni aytib, lochin ohista kaklikka ya-
qinlashdi. Kaklikning ko‘zi unga tushishi bilan 
qo‘rqqanidan bir tosh teshigiga kirib ketdi. Lochin 
havodan tushib, teshikka yaqin keldi va dedi: 
– Ey, kaklik, ilgari sening bu qadar ajoyib qush 
ekanligingni bilmas ekanman. Bugun sening qa-
hqahalaring va yurishing meni asir qildi. Mendan 
aslo qo‘rqmay mehr qo‘ysang, do‘stlik daraxtidan 
murod mevasi yetishar, degan umiddaman.
Kaklik bekingan joyidan ovoz berdi: 
– Ey, qahramon, men bechoradan qo‘l tort va 
o‘zingcha bugun bir kaklikni tutib yedim, deb 
qo‘ya qol. O‘t bilan suv bir-biriga qo‘shilgandagina 
ikkimiz do‘st bo‘la olamiz.
Lochin dedi: 
– Ey, aziz, o‘zing bir o‘ylab ko‘r, mehribonlikdan 
o‘zga qanday narsa meni shirin so‘zlashga majbur 
qilishi mumkin? Changalimdan quvvat ketdimiki, 
senga o‘xshaganlarni ov qila olmay, hiyla ish-
latsam, tum shu g‘imga putur yetibdimiki, shikorga 
yaramay qolgan bo‘lsam. Menda hamdamlik va 
hamsuhbat bo‘lishdan boshqa orzu yo‘q. Mening 
suhbatim senga ko‘p foyda keltiradi. Birinchi-
dan, yirtqich qushlar mening himoyam ostida 
ekanligingni ko‘rib, senga tajovuz qilmaydilar va 
sen tog‘ etagida xotirjam yo‘rg‘alab yuraverasan. 
Ikkinchidan, seni o‘z uyamga olib boraman, u 
yerda baland mavqeda, o‘z hamjinslaringdan 
baland darajada bo‘lasan, o‘z jinsing dan bir chi-
royligini keltirib beraman, u bilan birga o‘ynab-
kulib yurasan.
Kaklik dedi: 


168
– Sen qushlar amirisan. Parrandalarning ixti-
yori sening qo‘lingda. Agar iltifotingdan umidvor 
bo‘lib aytganingga ko‘nsam, ehtimolki, ta’bingga 
yoqmagan biror ish qilib qo‘yib, g‘azabingga gi-
riftor bo‘laman. Yaxshisi shuki, o‘z xilvatxonam-
da tinchgina o‘tiray va xatardan xoli bo‘lmagan 
hokimlar xizmatini ixtiyor qilmay qo‘ya qolay.
Lochin dedi: 
– Ey, azizim, do‘stlikning ko‘zi ko‘r ekanligini 
bilmaysanmi? U aybni ko‘rmaydi, do‘stdan sodir 
bo‘lgan har qanday yomonlik zebo ko‘rinadi. Men 
sening qilgan ishlaringga muhabbat ko‘zi bilan 
qarab, so‘zlaringni mehr qulog‘i bilan eshitaman.
Kaklik uzrini aytib, qancha bahona keltirma-
sin, lochin uning uzrini qabul qilmadi. Nihoyat, 
kaklik teshikdan chiqdi, ular bir-birlari bilan 
quchoqlashib, do‘st bo‘lishga ahd-u paymon 
qildilar. Lochin kaklikni o‘z uyasiga olib ketdi. 
Ular totuvlik va xursandchilik bilan umr kechira 
boshladilar. Kaklik lochindan qo‘rqmay, ibosiz 
gaplar aytib, beadabona harakatlar qila boshladi. 
So‘z orasida u qahqaha otib kular, lochin ham 
bularni hazilga yo‘yib, o‘zini bilmaslikka solar edi. 
Ammo do‘stining harakatlari uning jahlini chiqaza 
boshladi. Bir kun lochin betoblanib, ovga chiqa 
olmadi. Kechasi qorni juda ham ochdi, ginalar 
esiga tushsa, kaklikni yegisi kelar, ahd-u paymon 
esiga tushsa, o‘zini bosar edi.
Kaklik lochinning avzoyini ko‘rib, o‘zining halok 
bo‘lishi muqarrar ekanini tushunib qoldi va fig‘on 
chekib dedi: «Afsuski, avvalda ishning oxirini 
o‘ylamadim, yetti yot begonaga oshno bo‘ldim. 


169
Ulug‘lar nasihatini quloqqa olmadim, ular: «Nojins 
suhbatidan ilondan qochgandek qoch», – degan 
edilar. Bila turib o‘zimni o‘tga tashladim, hayotim 
iplari uzildi, endi nima qilay?»
Kaklik o‘zi bilan o‘zi gaplashib turganda, lochin 
ozor changalini yozib, qonxo‘r tumshug‘ini charx-
lab, kaklikka tashlanishga bahona qidirar edi.
Lochin hech qanday bahona topa olmay, 
betoqat bo‘lib, achchiq aralash dedi: 
– Menga oftob yomon ta’sir qildi, sen esa soyada 
rohat qilib yotibsan.
Kaklik dedi: 
– Ey, jahongir amir, hozir tun, hamma olam 
qorong‘ilik qo‘ynida. Sizga qaysi oftob yomon ta’sir 
qilyapti-yu, men nimaning soyasida rohat qilib 
yotibman?!
Lochin aytdi: 
– Ey, beadab, meni yolg‘onchi qilasanmi? – deb 
changalini yozdi, kaklikni ikki butidan ajratib 
tashlab, go‘shtini yedi.
Bu masalni shuning uchun keltirdimki, sen 
bilib ol: har kim dushman bo‘lgan g‘ayrijins 
maxluq bilan suhbat qursa, zararsiz ekanligidan 
ko‘ngli to‘q bo‘lmagan kishi bilan oshna bo‘lsa, 
falokatga yo‘liqadi.
Qarg‘a sichqonga dedi: 
– Aqlingni boshingga yig‘ib o‘ylasang-chi, seni 
ranjitishdan menga nima foyda, seni yeganim 
bilan na qornim to‘yadi, na ko‘zim. Lekin sening 
do‘stliging menga ming daraja ko‘p foyda keltiri-
shi mumkin. Aminmanki, sen bilan do‘st bo‘lish 
uchun uzoqdan kelganimni nazarga olib, meni 
rad etmaysan, ko‘kragimdan itarib tash la may-


170
san, chunki bu sening sha’ning ga yarashmaydi, 
insof bunga yo‘l qo‘ymaydi. Hayot sening yuksak 
darajada axloqli, saxovatli va shijoatli ekanli-
gingni ko‘rsatdi. Qanchalik harakat qilma, hu-
nar va iste’dodingni sir saqlay olmaysan. Hunar 
va iste’dod mushk-anbar kabidir, uni qanchalik 
bekitma, u shunchalik atrofga yoyilib, hammayo-
qni muattar qilib yuboradi.
Sichqon dedi: 
– Mubolag‘ani haddan oshirib yubording. Meni 
do‘st bo‘lishga targ‘ib etmoqdasan, lekin kichkina 
sabab bilan muhabbat iplari uzilishi mumkin. Do-
nishmandlar debdilarki, dushman so‘ziga aldanib 
bo‘lmaydi. Muhabbatdan lof urganga yaqinlash-
moq xatodir. Do‘stlik da’vosini qilgan dushman-
ning so‘ziga ishongan odamning boshiga, albatta, 
suvori boshiga tushgan savdo tushadi.
Qarg‘a so‘radi: 
– Uning boshiga nima savdo tushibdi?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin