Xotinning navbatdagi hikoyati
Ilgari zamonda ovni juda yaxshi ko‘radigan bir
podsho bo‘lgan. U podshohning lochini bo‘lib,
uning parvozi baland, ko‘zi o‘tkir va panjasi
temirdek edi. Podsho uni juda sevar va doim o‘z
qo‘li bilan boqar edi. Bir kuni shoh uni qo‘liga
qo‘ndirib, ovga jo‘nadi. Cho‘lda uning oldidan bir
ohu qochib o‘tdi. Podsho uning orqasidan shun-
day tezlik bilan ot choptirib ketdiki, mulozimlari
orqada qolib ketdilar. Podsho juda chanqab, bir
tog‘dan oqib tushayotgan zilol suv yoniga keldi. U
shu suvdan ichmoqchi bo‘lib, suvdonni to‘latgan
ham ediki, qush qanot qoqib, suvni to‘kib yubordi.
Shohning jahli chiqib, yana suvdonni to‘ldirdi.
Bu daf’a ham lochin qanoti bilan idishni ag‘darib
yubordi. Podsho darg‘azab bo‘lib, lochinni yerga
urib halok qildi. Shu vaqtda uning bir mulozimi
kelib qoldi. Podsho unga dedi:
– Tog‘dan tushayotgan bu zilol suv tomchilari-
dan suvdonning to‘lishi uchun ancha vaqt kerak
ekan. Sen yuqoriga chiqib, buloqning o‘zidan
tezda suv olib tush.
Mulozim tog‘ga chiqdi. Qarasa, u yerda kichki-
na bir buloqcha bo‘lib, uning labida bir haybatli
250
ajdaho o‘lib yotgan ekan. Kun harorati ta’sir qilib,
undan qatra-qatra zahar suvga tomayotgan ekan.
Mulozim darhol tog‘dan tushib, ko‘rganlarini
podshohga aytib berdi. Shoh uning so‘zini eshitib
yig‘lay boshladi.
Mulozim so‘radi:
– Yig‘ingizning sababi nimadir?
Podsho chuqur uh tortib, bo‘lgan voqeani aytib
berdi.
Mulozim dedi:
– Ey, shohim, bu ishni shoshilmay o‘ylab qili-
shingiz kerak edi.
Shoh dedi:
– Qilib qo‘ygan ishimdan pushaymonman, lekin
foydasi yo‘q. O‘lgunimcha bu jarohat ko‘ksimdan
ketmaydi.
Darvishning xotini dedi:
– Bu masalni shuning uchun keltirdimki, sizga
ma’lum bo‘lsin: bunday hodisalar ko‘p bo‘ladi.
Zohid dedi:
– Ey, mehribon yorim, bu hikoyatni aytib
berib, menga ancha tasalli berding, go‘yo yaram-
ga malham qo‘ygandek bo‘lding. Bu voqealar
davron sahifalariga yoziladi. Ana shunday, buni
o‘qigan odamlar ibrat olib, hech ishni shoshilib
va o‘ylamasdan qilmaydigan bo‘ladilar. Chunki
shoshilinch bilan qilingan ishning oqibati faqat
pushaymonlikdir.
|