Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70
KAMILA VA DIMNA

SHER VA SHAG‘OL BOBI
Roja dedi: 
– Oralarida adovat bo‘lgan raqiblarning bir-biri-
ga ishona olmaganliklari haqidagi hikoyatni eshit-
dim. Endi yana bir hikoyat aytib berginki, unda 
shohlar bilan ularning yaqin odamlari orasida 
ro‘y bergan hodisalar tasvir etilsin, haq yo nohaq 
jazolangandan so‘ng yana ular shoh huzuriga qay-
tib kelsinlar, buning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi 
ko‘rsatilsin.
Brahman dedi: 
– Shoh afv va marhamat eshigini berkitsa, ozgi-
na gunoh qilib qo‘yganlarni qattiq jazolasa, hech 
kim unga ishonmaydi, unga e’tiqod qilmaydi. Nati-
jada mamlakat ishlari xarob bo‘ladi, mulozimlari 
afv etilishdan noumid bo‘lib, mamlakat ishlari 
orqaga ketadi.
Ulug‘larning eng buyuk xususiyati odamlar-
ni afv etib, gunohlarini kechirishdadir. Lekin 
shohlarning lutfi ham behad bo‘lmasligi, zulmi 
ham chegaradan oshmasligi lozim. Xizmat – hady-
asiz, xiyonat – jazosiz qolmasligi lozim. Shohlar 
shunday ish yuritishlari kerakki, ham do‘st lar 
noumid bo‘lmasinlar, ham dushmanlar had lari-
dan oshmasinlar.
Xullas, shohlar gunoh qilib qo‘ygan odamning 
sami miyat va sadoqati darajasini, aqli va idro-
kining saviyasini yaxshi o‘rganishlari, bilishlari 
kerak. Agar bunday odamlar foyda bera olishlari 
mumkin bo‘lsa, ularga ish topshirishlari, ularni 
to‘g‘ri yo‘lga solib yuborishga intilish lari lozim. 


273
Shohlar bunday odamlarning gunohlarini ke-
chirishlari, barcha huquqlarini qaytarib berish-
lari, ularni qo‘rquv va shubhadan qutultirishlari 
va shu ravishda avvalgi vaziyatlarini tiklashlari 
kerak. Shoh bilmog‘i kerakki, vazirlar, mulozim-
lar, maslahatchilarsiz mamlakatni boshqarish 
mumkin emas. Tabiatan aqlli, bilimli, to‘g‘ri va 
xayrixoh bo‘lgan mulozimlardangina yaxshilik 
kutish mumkin. Shohlarning ishlari ko‘p, faoliyat 
sohalari keng va nihoyasizdir. Shuning uchun 
ham ularning ishbilarmon, chigal tugunlarni ye-
cha oladigan, vaziyatni yaxshi tushunib, uzoqni 
ko‘radigan, mustaqil tashabbus ko‘rsatadigan, 
uddaburon xizmatchilarga ehtiyojlari ko‘pdir. 
Shohlar mana shunday odamlarni xizmatga olib 
ish topshirishlari kerak.
Ularning butun ishlari shohning nazorati ostida 
bo‘lishi kerak. Shoh sodiqlarning xizmatidan ham, 
xoinlarning riyokorligidan ham xabardor bo‘lmog‘i 
lozim. Sadoqat ko‘rsatganlarga munosib mukofot
xiyonat qilganlarga muvofiq jazo berish kerak. 
Agar shunday qilinmasa, sadoqatlilar tanballa-
shib, ishdan sovub ketadilar, xoinlar hadlaridan 
oshib quturadilar, ishlarda sustlik, maishatda 
buzg‘unlik ro‘y beradi, natijada davlatlari barbod 
bo‘ladi. Bunga misol qilib sher va shag‘ol masalini 
keltirish mumkin.
Roja so‘radi: 
– U qanday masal?


274

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin