299
Men hayron bo‘ldim va dedim:
– Qanaqa qilib?
Dehqon dedi:
– Taajjub qilma, bir dona boshoq hech narsa
emas, lekin undan ancha bug‘doy undirib olsa
bo‘ladi. Kasbim juda foydali. – Dehqonning bu
so‘zlarini eshitgandan so‘ng do‘konni berkitib,
dehqonchilik qilmoqchi bo‘ldim.
Buni mahallamizdagi bir shayx eshitib qolib,
meni chaqirtirdi va
dedi:
– Sen o‘z kasb-koringga qanoat qil. Undan or-
tig‘ini istama. Hirs shumlik keltiradi.
Men dedim:
– Ey, shayx, men foydasi ko‘proq ish bilan
shug‘ullanmoqchiman. Shunda tirikchiligim
osonlik bilan o‘tadi deb o‘ylayman.
Shayx dedi:
– Ko‘p muddatdan beri shu kasbing bilan ku-
ning o‘tib turibdi. Dehqonchilik kuch va mehnat
talab qiladi. Soddalik qilma va o‘z ishingni tash-
lama. Kimki o‘z kasbini tashlab, nomunosib ish-
ga yopishsa, qarg‘aning boshiga tushgan savdo
uning ham boshiga tushadi.
Men so‘radim:
– Qarg‘aning boshiga nima savdo tushibdi?
Dostları ilə paylaş: