Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
KAMILA VA DIMNA

O‘g‘ri hikoyasi
Deydilarki, bir o‘g‘ri o‘z hamrohlari bilan bir boy 
odamning uyiga o‘g‘rilikka tushadi. Uy egasi oyoq 
tovushidan uyg‘onib ketadi va tomda o‘g‘ri bor-
ligini sezadi. Xotinini asta uyg‘otib, unga ahvolni 
tushuntiradi va deydi: «Men o‘zimni uxlaganga 
solib yotaman, sen baland tovush bilan mendan 
bunchalik mol-dunyoni qanday qilib topganligimni 
so‘ragin. Men javob berishni istamasam, sen qattiq 
turib javob berishni talab qil». Xotini eri aytga-
nidek savol berdi. Eri dedi: «Ey, xotin, meni tinch 
qo‘y, bunaqa savollar beraverib boshimni qotir-
ma. To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, odamlar eshitib 
qoladilar, deb qo‘rqaman, biz beobro‘ bo‘lamiz, 
jamoat bizdan yuz o‘giradi».
Xotin uni qo‘yarda-qo‘ymay, aytib berishni 
so‘rayverdi.
Eri dedi: «Sening so‘rashingning sababi nima? 
Erning yashirin siri bilan xotinning nima ishi 
bor?»
Xotini dedi: «Bilgim kelyapti».
Eri dedi: «Bu mol-dunyo o‘g‘rilik bilan topilgan. 
Men bir vaqtlar abjir o‘g‘ri edim. Oydin kechalarda 
davlatmand odamlarning devorlari tagiga kelib
afsun o‘qirdim-da, oy nuri tushib turgan uyning 
tomiga chiqib, yetti marta «Sholem, sholem» deb, 
oy shu’lasi ustiga o‘tirib, uyning o‘rtasiga hech 
qiynalmasdan sakrab tushardim. U yerda ham 
yetti marta «Sholem, sholem» deyishim bilan uy-
dagi bor pul va qimmatbaho buyumlarning ham-
masi oldimda yig‘ilib qolardi. Kuchim yetganicha 
ko‘tarib, yana yetti martaba «Sholem, sholem» 


56
deya oy shu’lasiga suvora bo‘lib darchadan chiqib 
ketardim. Mana shu afsun tufayli hech kim meni 
ko‘rmas va mendan badgumon ham bo‘lmas edi. 
Sekin-asta mana shu boyliklarni qo‘lga kiritdim. 
Bu so‘zni hech kimga o‘rgata ko‘rma».
O‘g‘rilar buni eshitib, afsun o‘rganib olganliklari 
uchun juda quvondilar. Biroz payt poylab yotdi-
lar-da, uy egalarining uxlaganliklariga ishonch 
hosil qilgach, o‘g‘riboshi yetti marta «Sholem, 
sholem» dedi, lekin oyog‘ini darchaga qo‘yishi 
bilan yerga qulab tushdi.
Uy egasi darhol o‘rnidan turib to‘qmoq bilan 
o‘g‘rining boshiga tushirdi. Keyin u: «Men aziz 
umrimni sarf qilib topgan davlatimni osonlikcha 
olib ketaman deb o‘y ladingmi? Sen kimsan? Ayt-
masang, hozir o‘ldiraman», – dedi.
O‘g‘ri dedi: «Men sendek tilyog‘lama odamning 
so‘ziga aldanib, to‘rga ilingan laqma va nodon 
odamman».
Xullas, laqma bo‘lganim uchun haqiqatni topa 
olmadim va o‘z-o‘zimga dedim: «Avlod-ajdodim-
ning dinida qolib, ko‘r-ko‘rona unga rioya etsam, 
men faqat ajdodi jodugar bo‘lgani uchun o‘zini 
haqli hisoblagan jodugarga o‘xshab qolaman. 
Agar yangidan din axtarishga boshlay desam, 
umr yetmaydi deb qo‘rqaman, chunki o‘limim 
yaqinlashib qolgan. Taraddud ichida yashaydigan 
bo‘lsam, fursatni qo‘ldan berib, hech bir savob ish 
qila olmay, bu dunyodan o‘tib ketaman. Shuning 
uchun men barcha dinlardan voz kechib, har 
narsadan ustun hisoblangan xayrli ishlar bilan 
mashg‘ul bo‘lishga, aqlga sig‘adigan ishlar bilan 
shug‘ullanishga ahd qildim.


57
Shundan beri men jonivorlarni urish, o‘ldirish-
dan, odamlarni ranjitish, tahqir etishdan, ularga 
xiyonat qilishdan voz kechdim, yolg‘on so‘zlash, 
bo‘hton, g‘iybatdan tilimni tiydim; xalqqa ozor be-
rish va dunyo moliga hirs qo‘yishdan, nayrangboz-
lik va jodugarlik kabi noloyiq ishlardan chekindim. 
Yomonlardan qochdim, yaxshilarga qo‘shildim. 
To‘g‘rilik va tozalikka do‘st bo‘ldim. Chunki dun-
yoda to‘g‘rilikdan yaxshi do‘st bo‘lmaydi. To‘g‘rilik 
bilan har narsaga erishsa bo‘ladi. Bu shunday 
davlatki, ulashganing bilan ozaymaydi, xarjlaga-
ning bilan kamaymaydi. To‘g‘ri odam podshohdan 
ham qo‘rqmaydi, o‘t, suv, vahshiy hayvonlar va 
boshqa zararli narsalar ham unga ziyon yetkaza 
olmaydi. Kimki to‘g‘ri yo‘ldan chetga chiqib, dav-
lat orttirish bilan shug‘ullansa, o‘z umrini yomon 
ishlarga sarf etsa, u odamning boshiga quyidagi 
hikoyada zikr etilgan savdogarning boshiga tush-
gan ish tushadi».

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin