349
– Ey, aziz laylak, nima qilay? Bir tulki meni hol-u
jonimga qo‘ymayapti. Qay vaqt bola ochsam,
u meni
qo‘rqitib bolalarimni olib ketadi.
Laylak dedi:
– Bu safar tulki kelganida unga, men endi senga
bolalarimni bermayman. Qo‘lingdan kelsa, daraxtga
chirmashib chiq, u vaqt bolalarim seniki, o‘zimga
hech narsa qila olmaysan – uchib ketaman, degin.
Laylak kabutarga bu so‘zlarni uqtirgach, o‘zi
uchib borib suv qirg‘og‘iga qo‘ndi. Tulki daraxtning
ostiga keldi va o‘z odati bo‘yicha qichqirib, do‘q qila
boshladi. Kabutar laylak o‘rgatganidek javob berdi.
Bunday javobni kutmagan tulki so‘radi:
– Buni senga kim o‘rgatdi?
Kabutar dedi:
– Laylak.
Tulki darhol daryo qirg‘og‘iga, laylakning yoniga
keldi. Unga qarab dedi:
– Ey, laylakjon, shamol o‘ng tomondan esganda,
sen boshingni qayoqqa o‘girasan?
Laylak dedi:
– So‘l tomonga o‘giraman.
Tulki so‘radi:
– So‘ldan esganda-chi?
Laylak javob berdi:
– O‘ng tomonga.
Tulki dedi:
–
Agar shamol har tomondan essa, nima qilasan?
Laylak dedi:
– U vaqtda boshimni qanotim ostiga berkitaman.
Tulki dedi:
– Bunday qilish mumkin emas, men ishonmay-
man. Sen boshingni qanoting ostiga ololmaysan.
350
Laylak dedi:
– Olaman.
Tulki dedi:
– Bo‘lmasa ko‘rsat. Agar shunday bo‘lsa, Alloh
qushlarni bizdan afzal qilib yaratgan ekan. Siz bir
soatda qiladigan ishni biz bir yilda ham bajara ol-
maymiz, siz shunday ishlar qilasizki, unga
bizning
sira aqlimiz yetmaydi. Aytishingcha, siz boshingizni
qanotlaringiz ostiga olib, sovuqdan va shamoldan
saqlana olasiz. Ofarin, sizlarga. Qani ko‘rsat, sen
buni qanday qilasan?
Laylak boshini qanoti ostiga olgan ham ediki,
tulki bir sapchib, uni
tutib oldi va shunday siqdiki,
bechoraning umurtqa suyagi sinib ketdi. Qanot va
dumlarini yula turib tulki dedi:
– Ey, boshqalarga norin qilib berib, o‘ziga atala
ham pishira olmagan ahmoq! Sen kabutarga yo‘l
ko‘rsatib hiyla o‘rgatding-u, lekin o‘z
joningni dush-
mandan qutqara olmading.
Tulki shu so‘zlarni aytib, bir zumda laylakni
yedi-qo‘ydi.
Dostları ilə paylaş: