Oziq ovqat mahsulotlari texnologiyasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/37
tarix19.10.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#118422
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
konserva ishlab chiqarishda texnik kimyoviy nazorat

4-laboratoriya ishi 
UGLEVODLARNI ANIQLASH
 
1-ISH: FRUKTOZANI ANIQLASH 
Fruktoza ko’pchilik mevalarning tarkibida uchraydi. Fruktoza nordon 
sharoitda rezortsin bilan reaktsiyaga kirshpib rangli birikma xosil qiladi. 
Reaktivlar: rezortsinning spirtli eritmasi (1g rezortsin 1 l 25% li etil spirtida 
eritiladi). Xlorid kislotaning 30% li eritmasi. Fruktozaning standart eritmasi. 100 mg 
fruktoza 100 ml benzoat kislotaning suvda to’yingan eritmasida eritiladi va 
sovitgichda saqlanadi. SHu eritmadan 10 ml olib 100 ml suvda suyultiriladi. 
Ishning borishi. 5-20 g o’simlik materialidan olib, chinni xavonchada bir xil 
massa hosil bo’lguncha shisha kukunlari yordamida 10-20 ml suv bilan eziladi. 
So’ngra xajmi 200 ml li kolbaga kuyiladi. Kolbani harorati 80-90° S bo’lgan suv 
hammomiga tushiriladi va 1 soat davomida ekstraktsiya qilinadi. So’ngra kolbani 
sovitib, qo’rg’oshin atsetatning 10% li eritmasidan 5-6 ml qo’shiladi. Bunda 
fruktozani aniqlashga xalaqit beradigan boshqa moddalar cho’kmaga tushadi. 
Kolbadagi suyuqlikni yaxshilab aralashtirib suv bilan chiziqqacha to’ldiriladi va 
filtrlanadi. 
Filtrdan 50 ml li kolbaga 5 ml olib, ustiga 5 ml rezortsinning spirtli eritmasidan 
va 15 ml xlorid kislotaning 30% li eritmasidan qo’shiladi. Kolbadagi suyuqlikni 
yaxshilab aralashtirib, 80°S haroratlisuv hammomiga 20 minutga qo’yiladi. Sungra 
kolbani sovitib rang intensivligini FEK da ko’riladi. Bunda yashil yorug’lik filtrdan 
(540 nm) foydalaniladi. Fruktoza miqdorini aniqlash uchun standart eritmalar 
yordamida kalibrovka chizig’i grafik sifatida chiziladi. Standart eritmadan hajmi 
50 ml li kolbalarga 0,5; 1,0; 2,0; 3,0; 4,0; 5,0 ml dan quyiladi. Ularning ustiga 
4,5; 4,0; 3,0; 2,0; 1,0; 0,1 ml distillangan suv quyiladi. So’ngra barcha kolbalarga 
5 ml rezortsin eritmasi va 15 ml xlorid kislotaning 30% li eritmasidan qo’shib, 


harorati 80-50° S bo’lgan suv hammomida 20 min. davomida saqlanadi. Vaqt 
tugagach kolbalar sovitilib hosil bo’lgan rang intensivligi FEK da o’lchanadi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin