5-laboratoriya ishi
MAHSULOTDAGI OSH TUZI MIQDORINI ANIQLASH USULI
Ishning maqsadi: Mahsulotlar tarkibidagi osh
tuzini turli xil usullarda
aniqlashni o’rganishdan iborat.
NAZARIY QISM
Natriy xlorid (osh tuzi) ovqatimizning asosiy qismi hisoblanadi. Meva-
sabzavotchilik sanoatida tuz sabzavotlarga maza beruvchi vakonservalovchi
modda sifatida meva-sabzavot xom ashyolarini
qayta ishlashda, tuzlashda va
hokazolarda ishlatiladi.
Sabzavot mahsulotlarining qator standartlarida boshqa kimyoviy
ko’rsatkichlar singari mahsulotlardagi osh tuzining miqdori
foizi hisobida
aniqlanadi.
Natriy xloridning aniqlanishi kerak bo’lgan mahsulot eritmasidagi
yoki suvli eritmadagi miqdor kumush nitratomer usuli yordamida titrlashga
asoslangan. Analiz qilinishi kerak bo’lgan mahsulotning turiga qarab, tuzni
aniqlashda ishlatiladigan eritmasi, har xil tayyorlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: