Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
101
ketgan, «256097» raqamli kimu «256071» kim — adashmay ajrata olardi. Bu kech ham 
ro‘yxatga qaramay hisob raqamlarini aytib chaqirdi. U go‘yo odamlarni emas, tartib bilan 
taxlangan jonsiz buyumlarni saralaganday harakat qilardi. Bir necha hafta ichida u 
mahbus ekanini unutgan, o‘zini boshliqlar qatori qo‘yib kerilishni odat qilgan, ozodlikdagi 
gunohini unutib, yangi gunohlar sandig‘ini ochib olgan edi. 
Islomxonning raqami tilga olinganda nainki uning o‘zi, balki Tolibjon, hatto Jahongir 
ham titrab ketishdi. Ular Islomxonning marhamatga sazovor bo‘lishi mumkin emasligini, 
bu «marhamat» uning izzat-nafsini xo‘rlashdan iboratligini anglab turishardi. 
— Men... bormayman, — dedi Islomxon o‘rnidan turib. 
Oqsoqol unga qarab ishshaydi. Labi tirtiq odamning afti qo‘rqinchli tusga kirdi. 
— Borasan, bu buyruq! — dedi. 
Jahongir o‘rnidan turib, oqosoqolga ro‘baro‘ bo‘ldi: 
— Musulmonlarga tegma! Haromga aralashtirma bizlarni! 
— Musulmonlaring yilda bir mov bo‘ladigan mushukmi, — oqsoqol shunday deb 
tisarildi. — Bu kattaning buyrug‘i. Hammang galma-galdan kirib chiqasanlar, tartib shu! 
... Islomxon tongda g‘arib kishi kepatasida qaddini bukib kirib keldi. Churk etib og‘iz 
ochmadi. Nonushtaga qaramadi ham. O‘rmonga borib kecha yiqitilgan daraxt ustiga 
o‘tirdi. Boltaning sopini qattiq qisganidan barmoqlari ko‘karib ketdi. Jahongir uning 
barmoqlarini asta bo‘shatib, boltani qo‘lidan oldi. Tolibjon do‘stining yoniga o‘tirdi. 
— Onam tengi ekan... — dedi Islomxon yig‘lamsirab, — olimning xotini ekan. 
Gunohini o‘zi ham bilmaydi... Biz-ku mayli, xotinlarni nimaga qiynashadi? — Islomxon 
peshonasini Tolibjonning yelkasiga qo‘yib ho‘ngrab yig‘lab yubordi. — Biz kimmiz o‘zi, 
odammizmi, hayvonmizmi? — Islomxonning keyingi gaplarini tushunib olish qiyin bo‘ldi. 
Oqsoqol «ishlaysanlarmi, yo‘qmi!» deb do‘q urmoqchi bo‘ldi-yu, bolta ushlab turgan 
Jahongirni ko‘rib, shashtidan qaytdi. 
Jahongir Islomxonning ahvol-ruhiyasini haromdan hazar qiladigan inson sifatida 
tushunardi. Shoir yuragidagi cheksiz nafratni his qilish uchun odamda shoir qalbi bo‘lishi 
kerak. Ayollar baragiga qadam bosganda ayrim erkaklarning hayvon kepatasiga kirib 
qolganlarini, ma’sumaning xonadagi pishillashlar, hiringlashlardan titrab o‘tirishini 
ko‘rish, uning «xalq dushmani», deb e’lon qilingan, hozir Sibirning ovloq yerlarida azob 
chekayotgan keksa eri, qizlari haqidagi hikoyalarni eshitishdan ko‘ra jonni Azroil qo‘liga 
topshirmak ming karra afzal edi. 
Oradan kunlar, haftalar o‘tib, qamoqxonada ayollar baragiga «qiz kirib, qiz 
chiqayotgan» erkaklar haqida masxaraomuz gaplar oralab qoldi. Shu haqda og‘iz 
ko‘pirtirayotgan mahbus Jahongirdan kalla yegach, «g‘alati erkaklar» haqidagi gap-
so‘zga xotima yasaldi. 
Islomxon qishni ming bir azob bilan chiqardi. Mahbuslar o‘zaro suhbatlarda ayrim 
tuhmatchilarni so‘kardilar, la’natlardilar, begunohliklarini isbot qilish maqsadida Stalinga 
maktub yozib najot kutar edilar. Tolibjon bilan Islomxon ham bu ishdan chetda 
qolmadilar. Islomxon bu yerdan tirik chiqib ketolmasligiga aqli yetib, tushkunlikka 
berilgan edi. Tolibjon avval o‘zi maktub yozdi. «Almoniya Karl Marks vatani bo‘lgani 
uchun, buyuk dohiymiz Leninni panohiga olgani uchun men u yerga borib o‘qidim», deb 
boshlab, buyuk dohiy Stalinga mehri beqiyosligini bayon qilib tugatdi. Umid bilan yerni 
yorib chiqqan ko‘kat quyosh nuriga to‘ymay do‘lga tutilgani kabi Almoniyada bilim olgan 
yoshlar nohaq xazon bo‘layotganlarini ham aytdi. Islomxonni ham shunday maktub 
bitishga majburladi. 
Jahongirni ham yozishga undashdi. Bu yumushdan foyda unmasligini bilgan Jahongir 
qo‘liga qalam olmadi. Umid bilan javob kutayotgan bu ikki yoshga qarab turib, Jahongir 
bir hikmatni tez-tez eslar edi: boshoqdagi dondan so‘rabdilar: «Nechuk imillaysan, tez 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin