Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
Ko‘ngullari kirlanmasin, ayting. — Jahongir shu gaplardan so‘ng ko‘zlarini yumib oldi
mijjalari har qancha jipslashmasin, tomchi yosh sizib chiqishga yo‘l topdi. 
Tunda uxladimi, alahsiradimi bilmaydi. Ertalab hamshiralar kirishgach, sal hushini 
yig‘ishtirdi. Ular chiqib ketib, eshik og‘zida oq xalatli odam ko‘ringanda dastlab uni 
tanimadi. Tanigach, «Avval eski oshnamni topib ro‘para qildi, keyin o‘g‘limni... endi nima 
hunar ko‘rsatarkin», degan xayolda qaddini biroz ko‘tardi. 
Ramazonov so‘roq qilish hadisini olmagan edi. Ayniqsa, bemor odamni daf’atan 
so‘roqqa tutishni o‘ziga ep ko‘rmay taraddudlandi. Agar u to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘roq 
boshlaganida Jahongir ajablanmagan bo‘lardi. Tergovchining yog‘och kursiga noqulay 
o‘tirishi, so‘roqni darrov boshlamayotgani aksincha uni taajjublantirdi. 
Ramazonov cho‘ntagidan «Kazbek» chiqarib, bir dona papirosni labiga qistirdi, so‘ng 
qutini Jahongirga uzatdi. «Chekmayman», dedi Jahongir. 
— Yaxshi qilasiz, men ham chekmas edim, urushda o‘rgandim, — dedi Ramazonov, 
keyin papirosni qayta qutiga soldi, — darvoqe, bu yerda chekish mumkinmasdir, a?.. Siz 
partizanlar otryadida jang qilgan ekansiz, qaysi yerlarda bo‘lgansiz? 
— Belorussiyada, Bryansk o‘rmonlarida. 
— Men u tomonlardan o‘tmaganman. Stalingraddan Odergacha bordim. Ukrainada 
partizanlar bilan ko‘rishdik. Yigitlar aytib berishgan, partizanlarga og‘ir bo‘lganini 
bilaman. Biz-ku, ro‘paramizda frits borligini bilardik. Olg‘a, yanchib tashlansin, degan 
buyruq olsak, bas. Partizanlarning esa chor atrofida frits. 
— Bu gaplarni menga nima uchun aytyapsiz? Buni qotillikka daxli yo‘q. 
So‘raydiganingizni so‘rang. 
— Daydidaradagi ish bo‘yicha mayor so‘raydi. Meni sizning o‘tgan hayotingiz, do‘st-
birodarlaringiz qiziqtiradi. 
— Mening do‘st-birodarlarim yo‘q. 
— Unchalikmasdir. Masalan... Tolibjon To‘xtasinov kim edi? Yo uni tanimaysizmi? 
Jahongir achchiq kulimsiradi. 
— Tolibjondan gumon qilmay qo‘yavering... U bechoraning jasadi Almoniyada 
qolgan... 
Jahongir shunday deb ko‘zlarini yumdi. «Tolibjonni nimaga surishtiryapti? Yo 
Turkosshtellening yuvindilarini suzib olmoqchimi? Tolibjonni Sotti otib tashlaganini qirq 
to‘rtinchi yilda aytgan edim-ku? Bularning maqsadi nima o‘zi? Qotilni aniq bilsam edim, 
endi aytardim, qutulib qo‘ya qolardim. Orqasidan ko‘rgan bo‘lsam, aniq o‘sha edimi yo 
yo‘qmi — bilmasam, gumon bilan bir odamni abgor qilib gunohga botaymi? Gumonni 
aytgan taqdirimda bular ishonadilarmi? O‘g‘limni ko‘rdim, Xadicha ham Xudoga shukr
tirik ekan. Menga yana nima kerak? Tirik qolib nima karomat ko‘rsataman? U odamning 
akamda nima qasdi bor ekan, bilmayman. Lekin mening qasdim ham bor edi-ku? Nima 
uchun yashashni istab qoldim? Meni shayton yo‘ldan uryapti. So‘zimdan qaytsam — 
Xudo urgani shu bo‘ladi. Bu hiylagarlar mendan nimani istashyapti? Maqsad Daydidara 
emas, boshqa. Jasadi begona yurtda qolib ketgan bir bechorani nimaga eslab qolishdi?» 
Jahongir partizanlar otryadi komandirining xatini Ramazonov o‘qiganidan bexabar, 
Tolibjon bilan shunchaki qiziqayotganini bilmaydi. Jahongirda uyg‘ongan ozgina 
sarosimani ham Ramazonov ilg‘ab, «Bunda bir gap bor shekilli?» deb qo‘ydi. «Men 
qotilman, deb turishi bejizmasdir, balki? Xoinligi ochilsa, Vatan xoini sifatida otilishdan 
ko‘ra, qotil sifatida otilishni afzala ko‘rayotgandir? Bu odam xoinlik qilishi mumkinmi? — 
Ramazonov Jahongirga tikildi-da, «mumkin», degan xulosa chiqardi. — Bu jamiyatda 
adolat topmadi, faqat ezildi, shu alam tufayli fashistlarga xizmat qilgan bo‘lsa qilgandir. 
Keyin... qo‘rqqanidan bosh egib kelgandir. Agar shunday bo‘lsa... o‘zim otib tashlardim 
buni...» 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin