Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
119
— Qamoqdan chiqdingmi yo garmdori ustiga ag‘anab kelyapsanmi, buncha tiling 
zahar? — dedi Damin ko‘ngli ozor chekib. 
— Orqamdan odam qo‘yishgan. Seni bekorga chaqirishmagandir? 
— Chaqirishdigina emas, olib kelishdi. 
— Ha, ana, hatto olib kelishibdi. Senga qanday topshiriq berishdi? 
— Oshnangiz betob, uch-to‘rt kun hamroz bo‘lib, so‘ng qishlog‘ingizga olib keting, 
deyishdi. Ishonsang, ishonmasang, bor gap — shu. 
— Akamni tanibsan, Murodillani tanibsan — yaxshi. Endi meni poylaysan. Qochib 
ketsam, borib aytasan. Murodilla o‘ldirmoqchi bo‘lsa, ko‘ksingni qalqon qilasan. Sening 
vazifang shu, bilib ol. 
— Yana bitta chirigan gap aytsang, jiyda-xaltamni ko‘tarib ketvoraman. Men jonim 
achib, sog‘inib kelsam, bu qopadi-ya! 
Jahongir sal oshirvorganini fahmlab, «Bu bechorada nima ayb», deb uni quchoqladi. 
Yuzini yuziga qo‘ydi. 
— Men dardimni sendan boshqa kimga aytaman, — dedi shivirlab. 
Damin uyni yig‘ishtirib, primusni yoqib, qozonga bir bo‘lak go‘sht tashlab, qaynatib 
qo‘yishga ulgurgan edi. Xontaxtaga dasturxon yozib, o‘zi olib kelgan qand-qurs, ikkita 
yumshoq non, choynakda choy qo‘ygan, uy mehmon kutayotgan bir fayzga ega bo‘lgan 
edi. Buni ko‘rib Jahongirning tomog‘iga yig‘i bostirib keldi: ko‘pdan beri uni hech kim bir 
burda nonni ilinib kutmagan edi. 
Jahongir uzatilgan bir piyola choyni ichib, o‘rnidan turdi-da qoziqdan joynamozni oldi. 
U ibodat qilardi. Damin esa unga qarab o‘tirib xayolga tolgan edi. «Jahon, qanday 
yigit edi-ya! Tog‘ni urib talqon qilarli kuchi bor edi. Birovga so‘zini bermasdi. Endi-chi? 
Mo‘min bir odamga aylanibdi. Bu qamoqlar, xo‘rliklar uni sindiribdi. Uzoq vaqt qullikda 
o‘tgan odam qo‘lidagi kishanga muhabbat qo‘yadi, deyishadi. To‘g‘ri shekilli». 
Do‘stiga tikilib, xayolga botgan Damin yanglish xulosa chiqargan edi. To‘g‘ri, 
Jahongirning avvalgi jumardligi endi yo‘q. To‘g‘ri, Jahongir hayot, borliq deb ataluvchi 
ko‘rinmas devorga ko‘p marta boshi urilib azob chekdi. To‘g‘ri, u ibodatni kanda 
qilmaydi. Lekin bu — yuragidagi po‘rtana ko‘lmakka aylandi, degan gap emas. Hayot uni 
kalaka qilgani, ezib-yanchgani holda, bu po‘rtanani vaqtida jilovlashni ham o‘rgatdi. U 
ilgari ham toat-ibodatni kanda qilmas edi. Ammo Zokirxo‘ja bilan suhbatlar qurgach, 
uning taqdirini ko‘rgach, bu jafolardan qutqaruvchi faqat Xudo deb, butun borlig‘ini unga 
hadya etdi. «Bu dunyoda biz muhabbat qo‘ygan narsalar aldamchi, bizni tashlab ketadi. 
Faqat Yaratganga bo‘lgan muhabbatgina haqiqatdir» — Zokirxo‘ja aytgan bu aqida uning 
qoniga, joniga singdi. «Shu muhabbatim evaziga Xudo meni niyatimga yetkazdi», deb 
qattiq ishondi. Hatto akasi boshqa odam qo‘lidan qazo topganida ham bu muhabbatdan 
kechmadi. Hozir Yaratganga yana yuzlanib, maqsadini bayon qilyapti, undan madad 
so‘rayapti... 
Namozdan so‘ng ham Jahongir uzoq vaqt harakatsiz o‘tirdi. U xayolan fano joddasi 
orqali baqo dashtiga o‘tgan, erkin ruhlarga bandi bo‘lgan edi. Damin unga xalal 
bermaslik uchun jim o‘tirdi. Oxiri toqati toq bo‘lib, yengil yo‘taldi. Shu yengil yo‘tal 
Jahongirni mavjudlik dunyosiga qaytardi — duo o‘qib, yuziga fotiha tortib, o‘rnidan turdi. 
Qaynatma sho‘rvani ichib bo‘lishgach, Jahongir oshnasidan savol kutdi. Daydidaradagi 
fojiani, qamoqdagi gaplarni so‘rar, deb o‘yladi. Lekin Damin bu haqda og‘iz ochmadi. 
Uning boshqa mavzudagi gaplari ham Jahongirga «Qirqbelga chiqib xayrlashishing bosh-
qacha edi-ku», degan kinoya bilan jaranglaganday bo‘lardi. Jahongir bunga ortiq toqat 
qilmay izoh bera boshladi: 
— Men boshqa ko‘rishmasak kerak, deb o‘ylovdim. O‘limni chaqirsang kelmas ekan, 
yayrab-yashnayman, deganingda qo‘qqisdan bostirib kelsa kerak. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin