Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
— U yerda nima qilamiz? 
— Xazina o‘sha yerda. Kerak bo‘lsa, borasiz. Ammo dum ilashtirib bora ko‘rmang. 
— O‘zingiz ham shunday qiling. 
Jahongir undagi xotirjamlikdan, yo‘q, surlikdan tobora battarroq ajablanardi. 
«Xudoning mard bandasi bir noning yarmini o‘zi yesa, qolgan yarmini darveshlarga 
beradi, bular esa bir iqlim mulkini olib yana boshqa iqlimni olish fikriga tushgan 
podshohga o‘xshashadi. Akam bilan ham balki shu boylikni talashishgandir?» 
— Shoh Jamshid «Olamni mardlik va zo‘rlik bilan oldik, lekin o‘zimiz bilan go‘rga 
eltmadik», degan ekan. Siz boylikka to‘ymas ekansiz-da? 
— Inim, men ham boylikni go‘rimga eltmayman. Aytdim-ku, bola-chaqam bor. 
— Kelishdik: o‘rtada — bola-chaqalarimiz. 
Shu gap bilan Jahongir Murodillaning bolalari ham garovda ekaniga shama qilib 
qo‘ydi. Murodilla buni shunchaki po‘pisa deb qabul qilsa-da, yuragida xavotir uyg‘ondi. 
Yuziga fotiha tortib, o‘rnidan turdi. 
Murodilla chiqishi bilan ostonada Yo‘lchivoy paydo bo‘ldi. 
— Amakingizni kuzatib qo‘ying, onangizga duo ayting. Bolalaringizni men uchun o‘pib 
qo‘ying. Biz Damin akangiz bilan Qirqbelga jo‘naymiz, meni yo‘qlab ovora bo‘lmang. 
Bu gapni Damin ham eshitdi. Yo‘lchivoy ketgach, oshnasini savolga tutdi: 
— Nimalarni gaplashding? 
— Senga aytadigan gap emas. 
— Qirqbelga nima uchun chiqmoqchisan? 
— Senikiga, mehmonga. 
— Darding — Daydidaradir yana? 
— Daydirada... E, xomkalla, Yo‘lchivoyga aytish xotiramdan ko‘tarilibdi. Shahardagi 
uyni sotib, qishloqqa ko‘chib chiq, Daydidarani bog‘ qil, demoqchi edim. Shu chinor 
ostida bir samovarxona ochsam, deb niyat qilardim. Yo‘lchivoy eplaydi, nima deding? 
Damin u bir baloni boshlayotganini sezdi. 
Ular yo‘lga otlanayotganda ozg‘in, qaddi bukik odam eshik og‘zida ko‘rindi. 
— E, xayriyat, uyda ekansiz, — dedi u Jahongirga quchoq ochib. — Uch-to‘rt keldim-
a, qo‘shnilaringizdan so‘rasam, ular ham bilishmaydi. Tinchlikmi o‘zi? 
— Tinchlik, bir oz tobim qochdi. 
— Xudo saqlasin. Men sizni yo‘ldan qoldirdim, shekilli, — u o‘tirib, fotiha o‘qigach, 
muddaoga ko‘chdi: — Soqov omonatini topshirgan ekan, kecha yettisi ham o‘tdi. 
Jahongir pichirlab duo o‘qib, yuziga fotiha tortdi-da, sukutga cho‘mdi. 
Soqovning ismini bilishmas edi. Elliginchi yilning yozida shaxtada ko‘mir qazib 
yurganida, bir guruh mahbuslar bilan Soqov va mana shu kishi — Shoymardon kelishgan 
edi. Shoymardon dastlab ko‘p yig‘lardi. Taqdiridan nolirdi. Qirq birinchi yilda urushga 
chaqirilganini, qishloqdan olib ketilgan bo‘z yigitlar qo‘liga miltiq berib jangga 
boshlashganini, hali jangga kirmay, bitta ham o‘q otmay turib asirga tushib qolishganini 
qayta-qayta, o‘kinib-o‘kinib gapirardi. Boshqalar to‘rt yil jang qilgan bo‘lsa, bu to‘rt yil 
nemis lagerida azob chekkan, so‘ng uyiga qaytgan, endi uylanib, odam qatoriga 
kirganida hibsga olinib, bu yerlarga jo‘natilgan edi. U Jahongirning boshiga tushgan 
savdolarni bilmas edi. Shu sababli o‘zini eng bebaxt odam deb bilib, taqdirini la’natlardi. 
Shoymardon bilan birga kelgan Soqov ko‘zlarini javdiratib nimadir demoqchi bo‘lardi-yu, 
tushuntirolmas edi. Kabobpazga yordam berib yuruvchi bu odam kabobni Stalinning 
surati bor gazetaga o‘rab berish gunohligini qaydan bilsin? Jahongir unga nima deb 
dalda berishni bilmas edi. Faqat Soqovni ko‘zlarida yosh ko‘rganida yelkalarini silab 
qo‘yardi. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin