Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
124
U to‘pponcha olganida Solihov sergaklandi. O‘qlarni chiqarib tashlaganda esa 
«shunchaki qo‘rqitmoqchi shekilli» deb o‘yladi. 
Choshgohda Jahongirning qorda qoldirgan izlari yonida yana bir iz paydo bo‘ldi: 
Muroddila asta chinor tomon ko‘tarila boshladi. 
Jahongir o‘ng qo‘lini qo‘yniga tiqqan ko‘yi qilt etmay turardi. Murodilla undan ko‘zini 
uzmagan holda bir-bir qadam tashlab unga yaqinlashaverdi. Uning o‘ng qo‘li paltosining 
cho‘ntagida, Jahongir sal nojo‘ya harakat qilsa bas — to‘pponchani chiqarib otib 
tashlashga shay edi. 
Oradagi masofa uch qadam qolganida Jahongir orqaga chekindi-da, qo‘ynidan pichoq 
chiqarib yerga tashladi. 
— Xazina shu yerda, — dedi u Murodillaga tikilib. 
Murodilla bir pichoqqa, bir Jahongirga qarab, nima qilishini bilmay ikkilanib turdi-da: 
— O‘zing kavla, — deb buyurdi. 
— Men qul emasman. Birovga xizmat qilib o‘rganmaganman. 
— Qazi deyman! — Murodilla shunday deb to‘pponchani chiqardi. 
— Qo‘rqitmang meni. Men shartni bajardim. Xazinani ko‘rsatdim. 
— Qazimasang, ayab o‘tirmayman. Akangning izidan jo‘naysan. U yoqda... 
nevaralaring bor-a? 
Jahongir qorni oyog‘i bilan surib yerni qaziy boshladi. 
«Bu akasidan ko‘ra aqlliroq ekan, — deb o‘yladi Murodilla, uning chaqqon harakatini 
kuzatib, — akasi ahmoq edi, shu ahmoqligi tufayli o‘lib ketdi». 
Jahongir yerni pichoq bilan kavlay turib, dambadam Murodillaga qarab qo‘yardi. 
«Olamgir ham taxminan shu yerda turgan edi, — deb o‘yladi Murodilla. — Demak, 
bilar ekan-da, bila turib aytmagan ekan-da?» 
Murodilla tepadan aylanib tushib kelganida Olamgir chindan ham shu yerda turgan 
edi. Murodillani ko‘rib cho‘chib tushdi. 
— Murod, nimaga kelding? — dedi. 
— Seni himoya qilgani, — dedi Murodilla kulimsirab. 
— Kelganing chakki bo‘libdi, qayt. Jahon ko‘rmasin. 
— Ko‘rsa ko‘raversin. 
— Murod, bizning ishimizga sen aralashma. 
— Gap bunday, Olamgir: sen shoxida yursang, men bargida yuraman. Mojarolaringni 
bilaman. Lekin men ham quruq qolmasligim kerak. Ulushimni berasan. To‘rtdan uchi 
meniki. Bo‘lmasa, men ukangga xotining kim, o‘g‘ling kim — aytaman. 
— Aytmaysan! 
— Aytaman, bunaqa ishlar qo‘limdan keladi. 
— Shunaqami... unda qishloqqa kim o‘t qo‘yganini, faollarni kim otganini men ham 
aytaman. 
— Sen odam emas, to‘ng‘izsan, Olamgir. Eskini kavlash to‘ng‘izning ishi. 
— Sen esa iblissan... 
Shu zaylda boshlangan mashmasha so‘nggida Olamgir cho‘ntagidan pichoq, Murodilla 
to‘pponcha chiqardi. Tayin gapki, to‘pponcha oldida pichoq ojiz... 
«O‘shanda nima uchun qo‘rqib qochib ketdim, o‘sha kuniyoq hammasi hal bo‘lar 
ediku?» — Murodilla shu savolni avval ham o‘ziga-o‘zi ko‘p bergan, hozir ham takrorladi. 
Jahongir qaddini ko‘tarib, Murodillaga qaradi. 
— Bo‘ldi. 
— Xurjunni chiqar. 
— Kerak bo‘lsa, chiqaring, men ketdim. 
— To‘xta, chiqar deyapman. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin