Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

6. «OQSOQ ODAM» 
Mayor Sanjar Solihov Qirqbeldan qaytgach marhum Siddiq Sharipov uyiga 
yana borishni niyat qilgan edi. Biz ham boraylik. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
Mayor Solihov Qirqbelda ko‘rgan-eshitganlarini eslab, o‘zicha mulohaza qilib 
o‘tirganida Ramziddin Ramazonov bir dasta qog‘oz ko‘tarib kirib keldi. 
— Rizaevingizning boshidan o‘tganlarni o‘rgangandan ko‘ra qadimgi dunyo tarixini 
o‘rganib chiqish osonroq bo‘lib qoldi. Rahmingiz kelganicha bor ekan. 
— Rahmim kelgani yo‘q, kim aytdi bu gapni sizga? 
— Menga shunday tuyuldi. 
— Men rahm-shafqatga emas...
Mayorning gapi og‘zida qoldi. 
— Odillikka suyanib ish ko‘rasiz, eshitganman bu gaplarni, — dedi kapitan kulimsirab. 
— Xullas, ko‘rmagan dardu jafosi yo‘q ekana. Uch marta qamalgan. 1922 yilda 
aksilinqilobiy harakati uchun. Faollarni o‘ldirib, qishloqqa o‘t qo‘yishda ayblangan. 
— Guvohlar bormi? 
— Guvohlarni gapirasiz, umuman hujjatlar yo‘q darajada. Yigirma ikkinchi yillarning 
ahvoli ma’lum-ku? 
— Men bir odam bilan suhbatlashdim. Muhammadrizaev tuhmat bilan ketgan edi, 
deyapti. 
— Bu gapni o‘shanda aytishi kerak edi. Endi nima foyda? O‘n ikki yil o‘tirgan. 
Qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqacha. Keyin 1938 yilda yana qamalgan. 
— Aybi nima ekan? 
— Aksilinqilobiy harakat, xalq dushmanlari bilan til biriktirish. 
Xalq dushmanlari kim ekan, aytilganmi? 
— Aytilgan: Sergey Komlev. Sharqshunos olim. 
— Komlev haqida yana qanday ma’lumot bor? 
— Chor armiyasining ofitseri. Dvoryanlardan. Aksilinqilobiy harakati uchun 1922 yilda 
Samarqandda qamoqqa olingan. Qamoqda Rizaev bilan birga bo‘lgan. 
— Ilmiy ishining mavzusi aniqmi? 
— Aniqladim: «Amir Temur zamoni madaniyati» degan mavzuda dissertatsiya 
yoqlagan ekan. 
— Masala ravshan. Muhammadrizaev uchlik qarori bilan qamalganmi? 
— Ha. Komlev ham. Rizaev uchinchi marta qirq sakkizinchi yilda qamalgan. Asirga 
tushganligi va xoinligi uchun. 
— Asirga tushgani va xoinligi uchun, dedingizmi? Urushda bo‘lgan ekanmi? 
— Ha, partizanlar otryadida. Lekin bu haqda batafsil ma’lumot yo‘q. 1955 yil aprel 
oyida avfi umumiy tufayli ozodlikka chiqqan. 
— Xo‘sh, qanda xulosaga kelamiz? 
— O‘tmishning hozirgi jinoyatiga aloqasi bor, deb o‘ylaysizmi? Avvalgi ishlarida odam 
o‘ldirgani haqida aniq bir gap yo‘q. Keyingi ikki ishi o‘rmonga o‘t ketgan paytda bo‘lgan, 
ho‘lu quruqqa aralashib yongan. Birinchisini aniqlash kerak. O‘shanda faollarni rost-
danam otgan bo‘lsa... 
— Shunday deb faraz qilaylik. Agar u sovet hokimiyatiga qarshi ekan, nima uchun 
partizanlar otryadida jang qildi, nima uchun asir tushdi, nima uchun o‘sha yoqda qolib 
ketmay, qaytdi? 
— Biron maqsadi bordir? 
— Ana endi o‘zingizga keldingiz. O‘sha «biron maqsad nima?» — Solihov shunday deb 
kapitanga savol nazari bilan tikildi. — Ana shular bilan qiziqib ko‘ring, azizim. Yana 
Komlevning taqdirini ham aniqlang. O‘zi tirikmi, oilasi omonmi? Muhammadrizaev qotil 
bo‘lganda ham uni bu yo‘lga nima boshlaganini bilishimiz kerak. Peshonasiga bejiz yozib 
olmagandir, axir? 
— Ishni cho‘zadigan bo‘lsak rahmat eshitarmikinmiz? 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin