Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
— Bu yigit kim? Taniysizmi? — deb so‘radi u sherigidan. 
— Siddiq oxunning o‘g‘li bo‘lsa kerak. Ko‘pincha birga ko‘raman. 
Oshga kirib kelishayotganida eshik oldida Siddiq oxun yo‘q edi. Chiqishayotganda 
ko‘rdi: yo, alhazar!!! O‘ttiz uch yil kutgan diydor kuni shumi?! O‘ttiz uch yil Xudoga nola 
qilib akasi bilan uchrashtirishni so‘raganida diydor chog‘ida badanimga muz yugurtir, 
oyoqlarimdan darmonni ol, tildan qoldir, demagan edi-ku? Nima bo‘ldi unga? Nima 
uchun oyoqlari zil-zambil bo‘lib qoldi? Nima uchun ko‘z oldi qorong‘ulashdi? Nima uchun 
hamisha yoniq turgan ong chirog‘i xiralashdi? Yuragi-chi? To‘xtaganga o‘xshaydi... 
Sherigi bilagidan olib, «Maza qochdimi, qori» demaganida shu yerda yiqilib qolishi hech 
gap emas edi. 
O‘shanda ikki aka-ukaning ko‘zlari uchrashdi! Bir juft ko‘z — bu kunni o‘ttiz uch yil 
kutgan ko‘zlar oldiga kutilmaganda parda tortildi. Boshqa bir juft ko‘z — bu uchrashuv 
sodir bo‘lishini istamagan ko‘zlar esa cho‘g‘day yondi! Ammo bu yonish uzoq davom 
etmadi. Yondi-yu, o‘chdi! Chunki bu ko‘z egasining yuragi jon rishtalari uzilishi aniq 
ekanini sezgan edi. Ota yurtiga kela-kelguncha «ajal haydamayotgan bo‘lsa bas», degan 
xavotiri bor edi. Shu onda xavotiri chinga aylandi. U o‘zini yo‘lbars yashaydigan qafasga 
tushib qolgan bechora odam, deb his qildi. Yo‘lbarsning qorni to‘qmi, uni qachon yeydi, 
mana shugina muammo edi. 
Jahongir Yo‘lchivoyni yana ko‘rish uchun bir necha marta yo‘l poyladi. Ko‘rdi ham. 
Lekin unga yaqinlashishga, so‘zlashishga jur’ati yetmadi. Qalbining qaeridadir 
yashiringan bir ovoz «Shu sening o‘g‘ling!» derdi. Akasi birinchi suhbatda xunuk xabar 
yetkazdi. Tergovchi huzuridagi bu uchrashuvga qadar Jahongir ikki o‘t orasida edi. 
Yo‘lchivoy farzandlarining ismini aytayotganda shu paytgacha «Shu sening o‘g‘ling», deb 
shivirlayotgan g‘oyibona ovoz birdaniga «Sening o‘g‘ling shu!» deb hayqirib yubordiyu 
hushini oldi. 
Hozir ko‘zini ochsa, yana Yo‘lchivoyni ko‘radi. G‘oyibona ovoz hayqiradi... Yo‘q, 
g‘oyibona ovoz emas, o‘zi hayqiradi: «O‘g‘lim, jonim bolam, o‘ttiz uch yil seni xayolan 
bag‘rimga bosib yashadim, kel endi, chinakamiga bag‘rimga olayin!» deydi. U-chi? U 
nima deydi? Darrov ishonadimi? Ishonmay-chi? Unda nima uchun o‘g‘liga «Jahongir» 
deb ism qo‘yadi? Balki... Xadicha qo‘ygandir bu ismni. Undan yodgorlik deb qo‘ygandir... 
Xadicha meni o‘ldiga chiqargandir. Lekin nima uchun Yo‘lchivoy Siddiq oxunni «dada» 
deydi? Boqib katta qilgani uchunmi? Unda nima uchun akam yashirdi?!» 
Jahongir bu savollariga tezroq javob olish uchunmi, shart ko‘zini ochdi. Oppoq shift 
bulutli osmon bo‘lib ko‘rinib, ajablandi. Ko‘zini yumib-ochdi. Fikri biroz ravshan tortdi. 
Tergovchining xonasida o‘tirgan edi, bu yerda esa yotibdi. Qo‘l-oyoqlari o‘ziga 
bo‘ysunmaydi — qimirlatay desa, qimirlamaydi. Ovozlarga quloq tutdi — uzoqdan emas, 
shu yaqin oradan eshitilyapti. Kimlardir past ovozda gaplashishyapti. Gapiray desa og‘zi 
ochilmaydi, lablari qurib, bir-biriga yopishib qolganday. 
— Ko‘zini ochdi shekilli? 
Jahongir ovoz kelgan tomonga qaramoqchi edi, boshini burolmadi. 
— Labini ho‘llash kerak... 
Labiga suv tomganday bo‘ldi, tamshandi. Nazarida kimdir unga muzdek buloq suvi 
tutgandek edi. U yutoqib, ko‘zlarini yumib, huzur qilib icha boshladi. Icha-icha bir 
chelakni bo‘shatdi, ikkinchisini... suv qayoqqa ketyapti, bilmaydi. Ichaveradi, 
ichaveradi... Suvga to‘yib, atrofiga qarasa — Qirqbelda, hovlisining o‘rtasida turibdi. 
Hammayoq oppoq qor. Dadasi hovli chetida — qazosini topgan yerda oyoqyalang turibdi. 
«Dada, shamollab qolasiz», desa eshitmaydi. Jahongir unga intildi. Qor uchqunlari 
chirpirak bo‘lib to‘zib, uni uchirib ketdi. Jahongir ucha-ucha horidi. Boshqa yurtlarga 
borib qoldi shekilli, dimog‘iga o‘zgacha havo urilib, ko‘ngli behuzur bo‘ldi. Hozirgina ikki 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin