Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
Ko‘chalar uning nazarida rangpar ko‘rindi, ularda ilgarigi jon yo‘q edi. Qahatchilik 
degan yovuz qush qora qanotlarini bu yurt, bu shahar ustiga ham yozgan edi. Sillasi 
qurigan odamni bitta-bitta cho‘qilab ko‘cha-ko‘ydi ham dumalataverardi. Shaharda o‘lim 
ko‘p, ammo yig‘i oz edi. Yig‘lash uchun ham qorin to‘q bo‘lishi kerak. Ocharchilik 
ko‘zdagi yoshni quritib, diydalarni qotirgan edi. 
Jahongir madrasaga borgach, taajjubda qotdi: madrasa darvozasiga qo‘sh qulf 
urilgan, devorlar asta nuray boshlagan. Aftidan, bu yerda anchadan buyon odam 
yashamas edi. 
Jahongir yaqin kishisini xarob tarzda uchratgan odam holiga tushib, ko‘ziga yosh 
keldi. Eng yaqin kishingni abgor alfozda ko‘rsang uni bag‘ringga bosasan, yuzlarini 
silaysan. Xudodan muruvvat so‘raysan, so‘ng uning dardiga davo choralarini izlaysan. 
Necha yuz yil savlat to‘kib turgan, necha ming ilm tolibiga boshpana berib, necha yumuq 
ko‘zlarning ochilishiga guvoh bo‘lgan, necha dilning sirini bag‘riga singdirgan bu imoratni 
quchoqlab bo‘lmasa, yarasiga malham topib bo‘lmasa... Jahongir g‘amini ichiga yutib, 
imoratga yaqinlashdi. Kaftini g‘isht devorga qo‘ydi — go‘yo bu aftodahol imorat yuzini 
siladi. G‘isht devordan iliqlik chiqib uning kaftiga o‘tdi, keyin butun tanasiga taraldi. 
Muzliklarda to‘g‘nab qolgan ilig‘iga harorat o‘tganday bo‘ldi. U beixtiyor yuzini ham 
devorga qo‘ydi. Dimog‘iga tanish hid urilib, yuragi entikdi. Qulog‘iga tanish ovozlar 
eshitildi: 
— Dil nadir, ko‘krakning chap tomonida joylashgan bir parcha go‘shtmi? 
— Bu — dilning birlamchi ma’nosi. Ya’nikim, bu go‘sht g‘ovaklarida ruhning asl 
manbai bo‘lmish qora qon mavjuddir. Bu yurak hayvonotda, hatto o‘likda bordir va u 
hech qancha qiymatga ega emasdir. 
— Mulla Jahongir, dilning ikkilamchi ma’nosini siz ayting. 
— Hazrat G‘azzoliy shunday zikr etibdilar: «Dil — Parvardigorning o‘z bandalariga ato 
etgan ruhoniy ne’mati bo‘lib, uning jismoniy dilga aloqasi bordir. Bu ne’mat insonning 
asl mohiyatidirki, inson butun ilmu ma’rifatga uning vositasida erishadi va barcha xitob
azob, itob va talablar unga qaratilgan bo‘ladi: Ruhoniy ne’mat bilan jismoniy yurak 
o‘rtasidagi mustahkam aloqaning haqiqiy suratini ko‘pchilik anglab yetmaydi...» 
— Balli, mulla Jahongir, endi qissadan hissani ayting. 
— Taqsirim, qissadan hissa shulki, Parvardigorning bandalariga bergan ruhoniy 
ne’mati iblisga xos illatlardan, chunonchi, hasaddan, yovuzlikdan, xiyonatdan, nafs 
buzuqligidan asralmog‘i lozim. Asralmas ekan, jismoniy dil parokanda bo‘lg‘usidir. 
— Balli... mulla Zayniddin, siz ayting, jon nadir?..» 
Hozirgina jaranglab chiqqan ovozlar nimadandir cho‘chiganday pasayib, g‘isht 
kovaklariga singib ketdi. Jahongir qaddini tutib, osmonga qaradi: «Bu dargohning nima 
gunohi bor ekanki, darvozalariga qulf urilsa. Bunda ilm toliblari qirilib bitganmi yo 
mudarisslarmi? Yo Burgutning gaplari rostmi?» 
Osmon jim, imorat ham... Savolga javob yo‘q. 
Jahongir devorga suyanib o‘tirib boshini kaftlari orasiga oldi. Qirqbelga qaytib, kindik 
qoni tomgan uy o‘rnida vayrona ko‘rsa bunchalik ezilmasdi. Yeng shimarib uni obod 
qilishga kirishardi. Lekin yumuq ko‘zlarni ochuvchi bu muqaddas imorat darvozasini 
qanday ochish, chiroqni qanday yoqishni bilmas edi. 
Ruhi g‘uborlarga ko‘milayotgan bir damda yelkasidan kimdir asta ushladi. U boshini 
ko‘tarib qaradi — yonoqlari turtib turgan, ko‘zlari kirtaygan qariya. 
— Inim, tobingiz qochdimi? 
Jahongir o‘rnidan turib, unga salom berdi. Qaddi dol bu qariya ko‘ziga issiq ko‘rindi. 
— Aybga buyurmang, inim, halovatingizni buzdim. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin