Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
«Qimirlamay o‘tirganimga meni o‘lib qolgan degandir», — deb o‘yladi Jahongir. Keyin 
qariyaga tikilib qaradi. 
— Ha, inim, tikilib qoldingiz? 
— Otaxon, sizni bir kishiga o‘xshatyapman. Shu madrasada mudarrisimiz bo‘lardilar, 
mulla Nizomiddin degan? 
— Mulla Nizomiddin? — qariya kuldi. Og‘zini yumganda tepadagi bittagina tishi pastki 
labining ustiga chiqib qoldi. 
— Nimaga kulasiz? — dedi Jahongir ajablanib. 
— Mulla Nizomiddin yo‘q hozir, Nizom qorovul bor. O‘sha mudarrisingiz menman. 
Ilgari shu imorat ichkarisida dars berardim, endi tashida qorovulman. Siz bunda tahsil 
olgan bo‘lsangiz... tanimayroq turibman? 
— Ismim Jahongir, qirqbellik Muhammadrizoning farzandlariman. Alg‘ov-dalg‘ov 
boshlanib, xatmi kutub qilolmay qishlog‘imga qaytgan edim. 
— Ha... mulla Jahongirmi? Buni qarang-a, tanimay qolibman, qaysi shamol uchirdi? 
— Sovuq yurtlarning shamoli, qamoqdan qaytyapman. 
— Yo, alhazar, bu nima deganingiz?! Sizni nimaga qamadilar ekan? 
— Taqsirim, buning tarixi uzun. Aytib, sizga yuk qilmay. Tuhmatning to‘riga tushib 
qolgan ekanman. 
— Ollohning o‘zi asrasin tuhmatlardan. Aybga buyurmang, bo‘tam, bu 
peshonangizdagi yozuv nimasi? 
— Qamoqda iblisning yo‘liga yurib yozdiribman. Vatanning xumori tutganda esi og‘ib 
qolar ekan kishining. O‘shanday lahzadan xotira endi bu. Tikilmang, o‘qiy olmaysiz, 
arabcha harfni bilmaydigan o‘ris yozgan, chaplashib ketgan. 
— Shayton vasvasasidan o‘zi asrasin. Qani, yuring, kulbamizga boraylik. Menga bir 
kulba qurib berishgan, o‘zimning ko‘zimga saroydek ko‘rinadi. Jonni o‘sha yerda 
saqlaymiz. Yuring, bo‘tam, yuring. 
Jahongir e’tibor bermagan ekan: qulf darvozaning ro‘baro‘sida odam bo‘yidan sal 
tikroq kulba turardi. Kulbaning tomiga qora qog‘oz qoqilgan, berk darvozaga qaratib 
darcha qo‘yilgan, yon tomonda esa ensiz eshikcha bor edi. Engashib ichkariga kirishdi. 
Darcha tomonda taxta so‘ri qilingan, so‘ri ustiga ko‘rpacha to‘shalgan. Aftidan mudarris 
— Nizom qorovul yonboshlab yotib, shu darcha orqali imoratni qo‘riqlar edi. Darchaning 
qatorida randalanmagan taxtadan tokcha qilingan. Unda besh-olti qalin kitob. Bu 
mudarris — qorovulning birdan-bir ovunchog‘i shu — o‘tmish xotirasi bo‘lsa kerak. 
— Bu madrasa menga umrim bo‘yi berilgan deb o‘ylab, uy-joy qilmagan ekanman. 
Madrasani berkitishgach, ko‘chada qoldim. Bu yerni ombor qildilar. Qayoqqa borishni 
bilmaganimda qorovullikni berdilar. 
— Nimaga berkitdilar madrasani? 
— E, bo‘tam, dunyoning ishlaridan bexabarmisiz? 
— Oz-moz xabarim bor. Qamoqqa tushganlar aytib berishardi, ammo ko‘pam 
ishonmasdim. 
— Ishoning, bo‘tam, ishoning. Bir inqilobni boshlashdi, nomi madaniy ekan. Men bu 
inqilobni ko‘rib, yoqa ushladim: hay-hay, madaniysi shu bo‘lsa, vahshiysi qanday bo‘lar 
ekan — farqiga aqlim qosir. Dastlab masjidlarni buzmoqqa kirishdilar. Yo, Olloh, 
imoratda nima gunoh bor ekan? Keyin Yaratgan ularning oko‘ngliga picha insof 
yubordimi, buzmay, har turli idoralarga berdilar. Ombor etganlari bir navi, yahudiy 
yamoqchilarga ustaxona qilib berdilar, shunisiga dog‘man. E, aytsam tilim, aytmasam 
dilim kuyadi. Qani, marhamat qiling, bo‘tam, o‘tiring. 
Jahongir kulbaning o‘ng tomoniga to‘shalgan yupqa ko‘rpachaga o‘tirdi. «Nahot, 
fozillar xorliqda, ojohillar farog‘atda bo‘lsalar. Nahot, jamiyatga bunday fozil odamning 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin