Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
— Aka, siz xachir minishingiz kerak ekan, — dedi yo‘l boshlovchi. 
— Nega endi? — deb ajablandi Solihov. 
— Oyog‘ingiz uzun ekan, yerga tegib qolay deyapti, — deb kuldi yigitcha. 
— Shunisi durust, yiqilib tushmayman, — dedi Solihov ham kulib. 
Quyosh botib, cho‘qqilar qovoq uya boshlagan paytda manzilga yetib borishdi. Uncha 
katta bo‘lmagan ko‘l bo‘yiga uchta o‘tov tikilagan, o‘tovdan sal narida toshdan qo‘ton 
qurilgan edi. 
— Safarqul aka! — deb chaqirdi yigitcha o‘tovga yaqinlashgach. 
— Baqirma, ko‘rib turibman kelayotganingni. 
O‘tovdan o‘rta bo‘yli, yuzi yapaloqroq odam chiqdi.
— Bu akam sizga mehmonlar, so‘raydigan gaplari bor ekan, — dedi yigitcha eshakdan 
tushib. 
— Gaplari bo‘lsa, bosh ustiga, tun uzun, gaplashaveramiz, — Safarqul shunday deb 
Solihov bilan so‘rashdi. Sanjar Solihov eshakdan tushganidan keyin yo‘l azobini his qildi. 
Beli tortishib, oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmay qoldi.
— Egamqul! 
O‘tovdan bir qo‘lida obdasta, ikkinchisida sochiq ushlagan o‘n uch yoshlardagi bola 
chiqib, mehmonlarga salom berdi. Solihov yuvinib olgach, o‘tovga kirishdi.
— Jannatning mana shu bo‘lagida bola-chaqa bilan Xudo, deb yotibmiz, — dedi 
Safarqul, mehmonga lo‘labolish uzatib. — Qornimiz to‘q, qulog‘imiz tinch. Shunisiga 
shukr. Yana besh kundan keyin qishloqqa qaytamiz. Qishning nafasi kelib qoldi.
Safarqulning Egamquldan kattaroq uch o‘g‘li kirib mehmon bilan so‘rashib, biroz 
o‘tirib, so‘ng chiqib ketishdi. Dastyorlikni Egamqul qildi. To ovqatlanib bo‘lishguncha ham 
Safarqul mehmonning maqsadini so‘ramadi. Solihov ham shoshilmadi. 
— Xudo to‘rt o‘g‘il berdi menga. Ikkitasini uylantirdim. Qishloqqa qaytsak, Xudo 
xohlasa uchinchisini uylayman. Xudo bularning rizqini butun qilib berdi, ko‘z tegmasin. 
— Safarqul aka, aka-ukalar yo‘qmi? 
— Yolg‘izman, inim. Suyanadigan tog‘im, maslahat beradigan donishmandim yo‘q. 
Shuning uchun ham sargardon bo‘ldim. Menga zarur ekanmi musofirlikda xor bo‘lib 
yurish.
— U tomonda nima ish qildingiz? 
— Mening hunarim bitta — qo‘y boqaman. Ha, hayron bo‘lyapsizmi, u yoqda ham qo‘y 
boqsangiz, buyoqda ham ahvol shu bo‘lsa, nimaga ovora bo‘lib kelib yuribsiz
demoqchimisiz? E, inim, siz tushunmaysiz, musofirning dardini anglashingiz qiyin. 
Otamning arvohini chirqiratib ketuvdim, shu gunoh bilan o‘tamanmi, devdim, yo‘q, Xudo 
rahm qildi. 
— Qashqarda yaqinlaringiz bormidi? 
— Kimning qo‘yini boqqan bo‘lsam, o‘sha yaqinim edi. 
— Savolga tutayotganimdan ajablanmang, men militsiyadanman. 
— Sezib turibman. Harholda, meni tomosha qilgani kelmagansiz. So‘raydiganingizni 
so‘rayvering. Gunohim bo‘lsa olib ketarsiz. 
— Sizni olib ketgani kelganim yo‘q, — Solihov shunday deb yon cho‘ntagidan Jahongir 
bilan Siddiq Sharipovlarning suratlarini olib, unga uzatdi. — Shu odamlarni taniysizmi? 
Safarqul suratlarga bir-bir nazar tashladi. 
— Bu Olamgir aka, bunisini tanimayman. 
— Yaxshilab qarang-chi, bir-biriga o‘xshamaydimi? 
U ikki suratni yonma-yon qo‘yib tikildi. 
— Ko‘zlari o‘xshab ketadi. Lekin boshqa-boshqa odam ikkisi. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin