Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
— Mol-dunyo shu paytgacha birovga vafo qilgan emas. 
Menga vafo qiladi, hammasini o‘ylab qo‘yganman. 
— Mol-dunyo desangiz yakka-moxov bo‘lib qolasiz. Bir boy xastalanib yotsa ham uni 
yo‘qlovchi topilmabdi. Buning sababini donishmanddan so‘rasa u: «Odamlar sizdan 
qarzdor, shunga uyalib kelishmayapti», debdi. Shunda boy «Odamlardan ajratib qo‘ygan 
mol-dunyoga la’natlar bo‘lsin», degan ekan. 
— Bu o‘tgan zamonning gapi, paxan. Hozir do‘sting qancha kam bo‘lsa, shuncha 
yaxshi — tinch yashaysan. Sotadiganlar kam bo‘ladi. 
— Shoqolning «sotadiganlar kam bo‘ladi», degan gapi 1933 yilni, Qirqbelni, uyiga 
xo‘jayinlik, qilib turgan Sotvoldini, «Sotti xat yubordi», deb rangi o‘chib turgan Daminni 
Jahongirning yodiga soldi. 
— Mudarris Jahongirning tez qaytishidan ajablandi. Bunaqa paytda ayrim odamlar 
«nima balo uyingdan ilon chiqdimi», deyishadi. Jahongir mudarrisdan shunga o‘xshash 
savol kutgan edi. Boshqacha sharoit bo‘lganida balki mudarris — Nizom qorovul shu 
qabilda hazilnamo gap qilishi mumkin edi. Biroq, boshpanasi yo‘q odamga shunday 
deyish mehmon tashrifini malol olganday tuyulardi. Nizom qorovul «Eson-omon borib 
keldingizmi, bo‘tam», deb gapni qisqa qildi. Hammasini Jahongirning o‘zi aytib berdi: 
uyidan «ilon chiqqanini» ham, opalarining quloq qilinganini ham, Sottining rayonga 
tushirgan xatini ham aytdi. 
Lipillab yonayotgan qora chiroq hujrani arang yoritardi. Jahongirning zimiston 
yuragiga hozir minglab chiroq yoqilsa ham yoritolmagan bo‘lardi. Alamga chulg‘angan bu 
zimiston yurakka faqat dono maslahatgina nur berishi mumkin, mudarris esa bu nurni 
baxsh etishga shoshilmas edi. U chiroqning eshilib to‘lg‘onayotgan o‘tli tiliga ancha 
fursat tikilib o‘tirdi. 
— Yonib turgan sham tepasidagi shiftdan, yonidagi devorlardan nafratlanibdi, — dedi 
u o‘ychan ohangda. — Bular mening yo‘limni to‘syapti, mavjimni pasaytiryapti deb 
g‘azabga minibdi. Avval shiftni, keyin devorni mahv etishga qasd qilibdi. Bu bilan o‘z 
o‘limini chaqiribdi. U nodon bilmabdiki, bu shift, bu devorlar uni o‘chirib qo‘yishi mumkin 
bo‘lgan shamoldan asraydi. — Mudarris shunday deb yana sukut saqladi. Keyin yengil 
xo‘rsinib, qissadan hissa yasadi: — Ne falokatki, zamonda nodon shamlar ko‘paydi. 
Nodonliklari tufayli o‘zlarigina o‘chsalar mayliga edi, qancha umr o‘tini ham o‘chirdilar. 
Bo‘tam, meni aybga buyurmang, sizga qanoat tilashdan o‘zga choram yo‘q. Bu kunda 
toptalgan ko‘katning ohli qo‘shig‘ini tinglovchi yurakni qaydan topamiz? Mening zaif 
ongim sizning qorong‘i yo‘lingizni yoritishga ojiz. Men o‘zimni Ollohning ixtiyoriga berib, 
bu dunyo g‘amlaridan xoli bo‘lishni niyat qilganman. Xohish bildirsangiz, men bilan birga 
yashang. 
— Taqsirim, shu so‘zlaringizni o‘ziyoq men uchun bir dunyo, Xudo umringizni ziyoda 
qilsin. Men bunda o‘tira olmayman. Opalarimni izlab topay, holidan xabar olay. 
— U holda men sizni yolg‘izlatmay. Sho‘ro idoralarida xizmatda turgan talabalarim 
bor, ular opalaringizning qaydaligini so‘rab-surishtirib berishadi. 
— Malol kelmasa, shaharning nomdor zargarlaridan bir-ikkitasini ham bilib bering. 
Muxtasar kengash shu bilan yakunlanib, ustoz-shogird Ollohning marhamatlari, 
karomatlari, mo‘’jizalaridan suhbatlashib o‘tirishdi.
Bir hafta umidli xabarni kutish bilan o‘tdi. Bu vaqtda Jahongir ikki zargarga uchradi, 
ishi yurishmadi. Ular peshonasida g‘alati yozuvi bor bu odamning taklifini eshitishni ham 
istashmadi. Uchinchi zargar qirqbellik Muhammadrizo nomini eshitgan ekanmi, bir kunlik 
mulohazadan so‘ng Jahongirning mushkulini oson qildi. Jahongir qo‘liga pul tekkan 
kuniyoq jallobdan bir qo‘y olib, madrasa hovlisida so‘ydi. Go‘sht-yog‘ni bo‘lib, 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin