Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
— Pichanxonada yotganing ma’qul, bu yerning havosi yaramaydi, — dedi chol. — Men 
ham yoz bo‘ldi, deguncha pichanxonaga chiqib olaman, qishda pech ustida rohat 
qilaman, yur. 
Jahongir qaysarlik qilmay unga ergashdi. 
Pichanxona degani — hovli etagidagi pichan g‘arami edi. Chol g‘aramga qo‘yilgan 
narvondan tepaga chiqib, o‘rnashib yotib oldi. Jahongir uning yoniga cho‘zildi. Chol ko‘p 
gapirmay, uyquga ketdi. Jahongirning uyqusi kelmadi. Osmonni qoplab olgan 
yulduzlarga tikilib yotdi. 
Osmon xastaning ko‘ziga xasta, baxtiyorning ko‘ziga go‘zal ko‘rinadi. Odam xushhol 
paytida yulduzlar jimiri unga baxt yog‘dirayotganday bo‘ladi. Sevishganlarga ko‘z 
qisayotganday, imlayotganday tuyuladi. G‘amnok odam osmonning bu sehrini his 
etmaydi. Jahongir osmonga tikilib uning sehrini ilg‘amadi. Nazarida osmon unga ming-
ming ko‘zlarini tikib hayron-lol turardi. Sovuq o‘lkada yulduzlar unga titrab-
qaqshayotganday tuyulardi. Hozir ko‘zlari yulduzlarda, xayoli esa kechmishda edi. To‘y... 
kirib kelgan kuyovnavkarlar, hovli o‘rtasidagi gulxan, otasi bilan yig‘lab xayrlashayotgan 
opalari... Otasining duosi... «Ilohim baxtli bo‘linglar, uvali-juvali bo‘linglar...» Baxtli 
edilar, uvali-juvali edilar... Duoning kuchi qirqildimi, baxtsizlik darvozalari lang 
ochildimi? Qamoqqa olib ketishayotgandagi opalarining faryodlari osmon qa’ridan 
yulqinib chiqib, uning qulog‘iga urildi... «Eson-omon diydor ko‘rishaylik, ukajon!» 
Onalari boshqa edi. Ammo opalari onaday mehribon edilar. Jahongirni bu yerlarga ana 
shu mehr tortib kelgandi. Odamning xotirasida ko‘proq so‘nggi uchrashuv, so‘nggi 
eshitilgan so‘zlar qoladi. Hozir Jahongirning quloqlari ostida faqat bir nola jaranglaydi: 
«Eson-omon diydor ko‘rishaylik, ukajon!» Diydor... endi qiyomatga qoldi... 
Bir necha bo‘xcha ortilgan aravalar, poezdlar... Yana aravalar... Biri cho‘l qo‘yniga 
qarab oqadi. Biri o‘rmonga... Qayoqqa, qanday odamlar huzuriga borayotganini, qaysi 
gunohlari uchun quvg‘in bo‘lganlari, endi boshlariga ne kunlar tushishini bilmagan 
bechoralar... Bir arava talon-taroj qilindi. Kuraklarga pichoqlar sanchildi, bo‘g‘izlandi. 
Murdalar quzg‘unlar, qashqirlarga tashlab ketildi... 
Bu manzara ko‘z oldiga kelib. Jahongirning yuragidan bir tomir uzilganday bo‘ldi. 
Botqoq yutayotgan jiyanlari, opasi, pochchasi ko‘z oldiga kelganda go‘yo ikkinchi 
tomir uzildi.
Ota-onasi, ukalaridan ajralib, bu yerlardan bosh olib ketgan jiyani unga yigirma 
ikkinchi yilni, bekatdagi xarob bolalarni, yig‘lagan Komlevni eslatdi. Shunda yuragida 
yana bir tomir uzildi. 
Odam boshiga shunday kulfatlar, ayriliqlar tushsa, chidamay o‘lib qolsa kerak, deb 
o‘ylaysiz. Kulfatlar yonida umid turmaganida balki shunday bo‘lardi. Har kimni har xil 
umid ushlab qoladi, uzilgan tomirlarni ulaydi, o‘lgan tanaga jon qaytaradi. «Dunyoning 
menga atalgan g‘am-kulfati ado bo‘ldi, endi alamlar yiroqlashdi», deb o‘ylaydi. 
Jahongirning nazarida ham shunday edi. «Yaratgan bandasiga bundan ortiq jabr-jafoni 
ravo ko‘rmas», deb fikrlardi.
Bu tun Belorusiyaning ovloq bir qishlog‘ida yana bir odam uyg‘oq edi. U — Oynisa. 
Oloviddin boy xorijga o‘tib ketayotganida marhamat qilib, qaroli Yigitaliga halol mehnati 
uchun bir oriq sigirni in’om qilgan edi. Oynisaning o‘shandagi barcha duosi boyga 
atalgan edi. Qishloqdan quvilganidan beri uni qarg‘aydi. Boy sigir emas, balo tashlab 
ketgan ekan. O‘sha «qorning yorilgur» sigirni in’om etmaganida, unga yaxshi 
qarashmaganida, «tug‘may o‘lgur, tug‘ib bermaganida», mol-hollari ko‘paymaganida, 
Yigitali jonini jabborga berib ishlamaganida bu ko‘rguliklar yo‘q edi.
Erkakning qayg‘usi bilan ayolniki bir-biriga o‘xshamaydi. Pichan ustida yotgan 
Jahongir opalari qayg‘usida ezilib, Oynisa haqida ham o‘ylardi. Eri ayiqqa yem bo‘lgan, 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin