Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
76
jasadni emas, burda-burda kiyimlarni yerga ko‘mgan bu ayol unga Xadichani eslatadi. 
Oynisa eriga aza ochib, ko‘zi yoridi. Xadicha-chi? Uning ahvoli nechuk? Ko‘zi yoridimi? 
O‘g‘il ko‘rdimi? Qizmi? Oynisa begona yurtda, begona uyda bolasini bag‘riga bosib 
yotibdi. Xadicha ham begona yurtda, begona uyda... Oynisa yolg‘iz. Xadichasi akasining 
panohida. Oynisa bu yerlardan qachon qaytishini bilmaydi, ruxsat so‘rab qilgan arzlari 
rad etildi. Jahongir Xadichani qachon qaytib kelishini bilmaydi. 
Oynisaga Jahongirning qismati qorong‘i. Opalaridan ayrilgan bir alamzada ekanigina 
ma’lum. U Jahongirning kelishidan xursand — har-holda yurtining tirik bir parchasi. Erta-
indin u ham ketadi. U yana yolg‘iz qoladi... 
Tongga yaqin Jahongirning ko‘zi ilingan ekan, bolaning jarangdor ovozi qulog‘iga 
chalinib uyg‘ondi, ammo darrov ko‘zini ochmadi.
— Aya, dadam keldilarmi? 
— Yo‘q, bolam, dadang emaslar, o‘rtog‘ing Nurulloning tog‘alari. 
Jahongir tushlariga kiradigan do‘mboq bolachaning, Xadichaning ovozini eshitganday 
yuragi entikdi. Ko‘zini ochdi. Qaddini ko‘tarib, pastga qaradi. Oynisa besh yashar 
bolasining qaddini bukib, yuzini yuvar edi. Jahongirning nigohini sezib, Oynisa ham 
yuqoriga qarab oldi. 
Nonushtadan so‘ng Jahongir opasining uyiga qarab ketdi. Buyumlarga birov qo‘l ham 
urmaganga o‘xshaydi. Kiyimlar ham taxlanganicha turibdi. Opasining kamzuli, 
pochchasining to‘ni... Paranji ham... Opasi shu yerga ham ko‘tarib kelibdi-da, 
paranjisini... Kamzuldan opasining, jiyanlarining hidi keladi. Jiyanlarini suyib 
erkalaganday kamzulni siladi. Kenja jiyanini ko‘rmagan edi. U shu kamzulga yuzini 
qo‘yib erkalangan... Jahongir kamzulni silayotib seskanib ketdi: kamzul qatida qattiq 
narsalar bor edi. Paypaslab ko‘rdi — tangalarga o‘xshaydi. «Rahmatli otasi o‘z ulushidan 
qizlariga ham bergan ekan-da...» Jahongir o‘g‘rilik ustida qo‘lga tushganday, nazarida 
bu uyga atayin shuni izlab kirganday uyaldi. Opasi darchadan «shuni deb kelgan 
ekansan-da», deb qaraganday bo‘ldi. 
Eshik oldida sharpa sezilib, Jahongir cho‘chib qaradi.
— Narsalari bus-butun, o‘zim yig‘ishtirib qo‘yganman, — dedi Oynisa aybdor ohangda. 
«Bilganmikin? — deb o‘yladi Jahongir, keyin darhol o‘ziga-o‘zi javob berdi, — 
bilgan...» 
— Qora kunlarga yarar deb olvolgan ekanlar, o‘zlariga buyurmabdi, — dedi Jahongir 
kamzulga imo qilib. — Bularni... siz oling. 
— Yo‘q olmayman. O‘zlariga buyurmagan, menga buyurarmidi. Hazar qilyapti deb 
o‘ylamang, birovning haqidan qo‘rqaman. 
Oynisa shunday deb iziga qaytdi. Biroz turib, Jahongir ham uydan chiqdi. Chol pichan 
g‘arami oldida chalg‘i charxlar edi. 
— Djaxanir, — dedi u, — otingni aytish qiyin ekan, osongina Jenya desam xafa 
bo‘lmaysanmi? Jenya, qachon qaytmoqchisan? 
Jahongir bu yerlarning odatini, mehmonga shunday savol berilishi mumkinligini 
bilmas edi. Bu savolni eshitib, «hozir ketishim kerakmi?» deb o‘ylab, yelka qisdi. 
— Uch-to‘rt kun tur, — dedi chol, — qarindoshlaringning ruhi shod bo‘ladi. Shu 
bahonada menga qarashib yuborasan. To‘ng‘ichim germanlar bilan urushda nom-
nishonsiz ketdi, kichigini oqlarmi, qizillarmi, bilmayman, chopib tashlashgan. Shundan 
beri yolg‘izman, suyanadigan tog‘im yo‘q. Xo‘p, desang yur, chalg‘i tortishni bilsang, o‘t 
o‘rishvorasan. 
Chol shunday deb charxlab turgan chalg‘ini Jahongirga uzatdi. O‘zi pichanga sanchib 
qo‘yilganini oldi-da, o‘rmon tomon yurdi. O‘rmon oralab ko‘p yurishmay, Grigorich 
to‘xtadi.


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin