Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
77
Qarindoshlaring shu yerda, — dedi u botqoqlikka imo qilib. 
Jahongir botqoqlikni endi ko‘rishi edi: sassiq ko‘lmakka o‘xshagan joy, ayrim yerlari 
quyuq atalaga o‘xshaydi, ayrim yerlarini po‘panak bosgan. 
— Bu botqoq ko‘p odamlarni yutgan. Qabriston desang ham bo‘ladi. Xohlasang ibodat 
qilib ol. 
Grigorich «xalal bermay», deb nari ketdi. Jahongir tiz cho‘kib, tilovat qildi. Yuziga 
fotiha tortayotgan pallada botqoq biqirlab qaynadi. Uning nazarida opasi, jiyanlari qaytib 
chiqayotganday tuyulib, qo‘rqqanidan yuragi orqasiga tortib ketdi. Anchagacha baqrayib 
o‘tirdi. Chol uning qo‘rqqanini sezdimi yo kutish joniga tegdimi, tomoq qirib: 
— Jenya, bo‘ldi, ketdik, — dedi. 
Ular o‘rmon oralab yurib, yalanglikka chiqishdi. Tizza bo‘yi keladigan o‘t gullarga 
belanib, epkinda chayqalib yotibdi. 
Jahongir yigirma ikkinchi yildan beri qo‘liga chalg‘i olmagan edi. Bu qo‘llar o‘n bir yil 
cho‘kich urishga ko‘nikib qolgan ekan, chalg‘i dastlab unga bo‘ysinmadi. Biron soatlardan 
so‘ng ishi yurishib ketdi. 
Yalanglikdagi o‘tning yarmini o‘rib, oqshomda uyga qaytdilar. Yog‘och uy zinasida 
o‘tirgan bola ularni ko‘rgach, yuguraymi, boraymi-bormaymi, deb ikkilanib turib qoldi. 
Ertalab begonasiraganini unutib, bir-ikki qadam qo‘ydi. Shunda chol chalg‘ini pichanga 
sanchdi-da, bolaga quchoq ochdi. 
— Sashenka, nimaga qarab turibsan, qani, chop! 
Bola yugurib, kelib, Grigorichni quchoqlab oldi. Jahongir uning boshini silab, erkalab 
qo‘ydi. U quduqdan chelakda suv tortib yuvinmoqchi edi, bola yaqinlashdi. 
— Suv quyib beraymi? — dedi burro qilib. Keyin ruxsat kutmay, yog‘och cho‘michda 
suv oldi. — Siz Nurini tog‘asimisiz? — dedi Jahongirga tik boqib. 
— Ha, — dedi Jahongir. 
— Nuri endi o‘rmonda turadi. Ayasi ham, adasi ham o‘sha yerda. Men uni sog‘indim. 
O‘ynagani kelmayapti. 
Jahongir bolaga nima deb javob berishni bilmay «Oting nima?» deb so‘radi. 
— Samariddin, ertalab aytuvdim-ku? — dedi bola ajablanib. 
Darvoqe... ertalab so‘ragan edi-ya... 
— Siz Nurilarni olib ketasizmi? — deb so‘radi bola. 
— Ha, — dedi Jahongir noiloj. 
— Dadam o‘rmondan kelsalar bizni ham olib ketadilar. Dadam chiqqunlaricha 
poylasangiz, birga ketardik. 
— Xo‘p, kutaman. 
Bola buni eshitib, cho‘michni chelakka tashladiyu bu xushxabarni onasiga yetkazish 
uchun uyga yugurdi. 
Kechki ovqatdan keyin Samariddin Jahongirga yaqinlashib, peshonasiga 
barmoqchalarini tekkizdi-da: 
— Bu nima? — dedi. 
— Samarxon, unaqa dema, qoch. 
Jahongir qo‘yavering, deganday Oynisaga jilmayib qaradi. Keyin: 
Bu shaytonning izi, — dedi-da, bolani tizzasiga o‘tqazdi. 
— Qanaqa shayton? — dedi bola. 
— Muzlarning ichida yashaydi, — dedi Jahongir. 
— Oppoq bo‘ladimi? 
— Ha. 
— Unda nimaga izi ko‘k? 
— Oyog‘i siyohga tushib ketgan ekan. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin