Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
— Ha, birga kelganmiz. 
Mayor Solihov «Buguncha shu ham yetar, siz bilan yana suhbatlashamiz», deb 
Yo‘lchivoyga ruxsat berdi. Yo‘lchivoy chiqayotganida Jahongir yotgan kasalxonani 
ma’lum qildi. So‘ng kapitan Ramazonovni yo‘qladi. 
— Endi chiqib ketmoqchiydim. Komlev kelibdi. Muhammadrizaev bilan uchrashtiray. 
— Kasalxonaga kuzatib qo‘ying, ammo o‘zingiz kirmang. Xoli gaplashishsin, — dedi 
Solihov. — Ularning suhbati bizga foyda bermaydi. Bugun boshqa yangiliklar tasdiqlandi. 
— Solihov Yo‘lchivoy bilan bo‘lgan suhbatni bayon qildi. — Aka-ukani Daydidarag 
boshlagan sababni yigirma ikkinchi yildan, qishloqqa o‘t qo‘yilgan kundan izlash kerak. 
Ayollarni olib ketgani Olamgir kelgan. Jahongir-chi? U qaerda edi? Nima uchun ketolmay 
qoldi? Uni kaltaklashganini ko‘rishgan. Demak, qochayotganlarning bir guruhi hali 
qishloqda bo‘lgan. Ular Jahongirni qutqarishga harakat qilishmagan. 
— Balki atayin tuzoq qo‘yishgandir? — dedi Ramazonov. — Odamlar Jahongir bilan 
ovora bo‘lib turishganda ular uzoqroqqa borib olishadi. Jahongirni aybdor deb ushlashsa, 
boshqalarni qidirishmaydi. Balki ota merosga butunlay egalik qilish uchun Olamgirning 
o‘zi fitna uyushtirgandir. 
— Gumoningizda jon bor. Lekin qotillik nima sababdan Daydidarada yuz berdi? 
Uchinchi odam tasodifan kelib qolganmi yo aka-ukaning orasidagi gapdan xabardor 
bo‘lganmi? Siz Komlevni kuzatib qo‘ygach, manavi odamlar bilan qiziqib ko‘ring, — 
Solihov shunday deb Yo‘lchivoy aytgan odamlarning ro‘yxatini berdi. — Suratlarini oling. 
Erta-indin yana Qirqbelga chiqib kelaman. 
Ramazonov ro‘yxatni olib xonasiga qaytdi. Tegishli bo‘linma bilan bog‘langach, 
Komlev bilan uchrashishga oshiqdi. Bir qavatli mehmonxona eshigi oldida Sergey 
Komlev keksaligiga qaramay qaddini tik saqlagan ayol bilan turardi. 
Tanishing, azizim, — dedi Komlev Ramazonovga, — Zinaida Zinovevna. Bu 
kishining matonatlariga hatto dekabrchilarning xotinlari ham qoyil qolgan bo‘lishardi. 
— Seryoja, bas qil, — dedi ayol. 
— Menday notavonni shuncha yillar sadoqat bilan kutgan xotinimni maqtashga 
haqqim bormi yo yo‘qmi? Zinaida Jahongirni ko‘p eshitgan, ammo ko‘rmagan edi. Shu 
bahonada keldi. Aslida esa... sizlardan xavotirda. 
— Seryoja, bas qil, — dedi ayol, bu safar qat’iyroq ohangda. 
— Zina, bu o‘rtoq ulardan emas. Urushdan qaytib bu xizmatga o‘tibdi. Bu o‘rtoqning 
ko‘zlari ularnikiga o‘xshamaydi. Ko‘zlariga bir qara, Zina. 
Ayol erining aytganini qilib, Ramazonovga tik qaradi. Shunda Ramazonov uning 
ko‘zlarida ma’yuslik ko‘lankasini sezdi. Bir paytlar chiroyli bo‘lgan, kulib turgan ko‘zlarda 
endi shodlik uchqunlari so‘ngan. Ayriliq yillari har qanday uchqunni so‘ndirishga qodir. 
Ramazonov urushdan qaytgan kuni xotinining ko‘zlariga qarab buni anglagan. Erining 
ajdaho og‘zidan tirik qaytishiga bir ishonib, bir ishonmay to‘rt yil kutgan xotin ko‘zlariga 
ma’yuslik umrbod parda tashlaganday edi. Xotini hozir kulib, yayrab, yashnasa ham 
ko‘zida uchqun sezilmaydi. Ayriliq bu ayol qaddini bukolmabdi, biroq ko‘zidagi cho‘g‘ni 
o‘chira olibdi... 
— Demak, men oshnam bilan nima haqda gaplashishim kerak? — dedi Komlev. 
— Istaganingizcha gaplashing. Men sizlarni shifoxonaga kuzatib qo‘yamanu 
qaytaman. U o‘zini qotil qilib ko‘rsatmoqchi edi. Qo‘limizdagi dalillar uning bu da’vosini 
rad etadi. Biz bahonada eski oshnalarni uchrashtirib qo‘yyapmiz. Sizdan iltimosim, lozim 
topsangiz, gap orsida xotini bilan o‘g‘li tirik ekanini aytib qo‘ying. 
— Rost gapmi shu axir? 
— Ha, rost. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin