Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/51
tarix26.10.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#118633
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51
Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar

 
 
 


86 
3- §. NOSTANDART ARIFMETIK MASALALARNI TANLASH 
USULI BILAN YECHISH 
 
1-masala. Nabira, ona va buvining birgalikdagi yoshlari 114 ga 
teng. Nabira, ona va buvilarning yoshlari bir xil raqam bilan 
tugaydigan ikki xonali son bilan ifodalansa, ularning har birining
yoshini toping. 
Yechish. Masalaning yordamchi modelini quyidagicha tuzamiz:
Uchta bir xonali sonlar yig`indisi 4 raqami bilan tugaydigan sonni 
topish qiyin emas. Bu 8 sonidir. So`ngra tanlashni amalga oshiramiz.
Agar nabira 18 yoshda bo`lsa,u holda onasi yoki 38, yoki 48 yoki 58 
yoshda bo`lishi, buvisi esa- 58, yoki 68 yoki 78 yoshda bo`lishi 
mumkin. Ularning ichidan yig`indisi 114ga teng bo`lgan sonlarni 
izlab, quyidagilarni hosil qilamiz: 
18+38+58=114 bo`lib, qolgan
18+48+68 yoki 18+58+78 yig`indilar masala shartini 
qanoatlantirmaydi. 
Demak, masalaning shartlarini quyidagi javob qanoatlantiradi: 
nabira-18 yoshda, ona -38 yoshda, buvi- 58 yoshda.
 
4-§. NOSTANDART ARIFMETIK MASALALARNI
“OXIRIDAN BOSHLAB” USULI BILAN YECHISH 
 
1- masala. Karim har bir keyingi kesmani oldingisiga nisbatan 
2 sm uzun qilib 4 ta kesma yasadi. Agar to`rtinchi kesmaning uzunligi 
12 sm ga teng bo`lsa, birinchi kesma uzunligini toping. 
Yechish. Masalani yordamchi modelini kesmalardan foydalanib 
quramiz. Modeldan ko`rinib turibdiki, to`rtinchi kesmasining 


87 
uzunligini bilgan holda 3-kesma uzunligini, so`ngra 2-kesma va 
nihoyat 1-kesma uzunligini topish mumkin. 
Amallar bo`yicha yechimni quyidagicha yozish mumkin: 
1) 
12-2=10 (sm) III kesma uzunligi
2) 
10-2=8 (sm) II kesma uzunligi; 
3) 
8-2=6 (sm) I kesma uzunligi. 
Javob: birinchi kesma uzunligi 6 sm 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin