9
2-§.TO`PLAMLAR O`RTASIDA O`ZARO BIR QIYMATLI
MOSLIKNI O`RNATISHGA DOIR MANTIQIY
MASALALARNI YECHISH USULLARI
Ma’lumki
X to`plamning har biri elementiga
U to`plamning
yagona elementi mos keltirilsa va
U to`plamning
har biri elementi X
to`plamning faqat bitta elementiga mos kelsa
X va
U to`plamlar
orasidagi moslik o`zaro bir qiymatli moslik deyiladi. Shuning uchun
bu turdagi masalalarni yechish uchun to`plamlar elementlari o`rtasida
talab etilgan moslikni to`g`ri o`rnatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Top’lamlar elementlari o`rtasida o`zaro bir qiymatli moslikni
o`rnatishga doir vaziyatlarni xulosalar zanjirini qurish yo`li bilan,
graflar yordamida yoki jadvallar tuzish yo`li
bilan modellshtirish
mumkin. Shuning uchun ham bu turdagi masalalarni:
a) xulosalar zanjirini qurish yo`li bilan yechishda uning shartida
berilgan bog`lanishlar alohida-alohida xulosalar shaklida ifodalanadi
va har bir xulosa natijasi (oxirgidan tashqari) keyingi xulosani
keltirib chiqarish uchun asos bo`ladi va h.k.
b)graflar yordamida yechishda berilgan to`plamlar
elementlarini
nuqtalar bilan belgilanadi, ular o`rtasidagi moslik
kesmalar bilan
tutashtiriladi; agar to`plam elementlari orasida qaralayotgan moslik
o`rinli bo`lmasa(inkori bo`lsa),
shtrix chiziqlar bilan tutashtiriladi.
v) jadvallar tuzish yo`li bilan yechishning ta’limiy
ahamiyati
masala shartida berilgan bo`g`lanishlar va ulardan keltirib
chiqariladigan
xulosalar
zanjirini
qurish
ko`rgazmali
holda
sistemalashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: