gulchi, qahramonlik, qadam, tinchlik va h.
Demak, tushunchani shakllantirish uchun o‘quvchilarda mavxumlashtirish ko‘nikmasini
o‘stirish, ular diqqatini so‘zning aniq leksik ma’nosidan grammatik ma’nosiga qaratish va shu
guruhdagi so‘zlarga oid umumiy grammatik belgilarni hisobga olgan
holda bularni bir guruhga
birlashtirishni talab etadi.
Grammatik tushunchani o‘zlashtirish uzoq davom etadigan jarayondir. Bu jarayon shartli
ravishda 4 bosqichga bo‘linadi;
1-bosqich – tushunchaning muhim belgilarini ajratish maqsadida til materialini taxlil qilish.
Bu bosqichda ma’lum so‘z va gaplarning leksik ma’nosidan kelib chiqib, mavxumlashtirish amalga
oshiriladi va til hodisasi uchun xos bo‘lganlari ajratiladi.
2- bosqich – tushunchaning belgilarini umumlashtirish, ular orasidagi bog‘lanishlarni
aniqlash, atama berish.
3-bosqich – tushuncha ta’rifini
ifodalashni tushunish, belgilar mohiyatini va ular orasidagi
bog‘lanishni aniqlash.
4-bosqich – yangi til materiali asosida o‘rganilayotgan tushunchani aniqlashtirish,
bilim
tajribaga tatbiq etiladigan mashqlar ishlash.
Ko‘rsatilgan bosqichlarni “Fe’l” grammatik tushunchasini shakllantirish jarayonini misolda
ko‘rsatib beriladi.
Grammatik tushunchalarni o‘quvchilar ongli o‘zlashtirishlari uchun o‘qituvchi
quyidagilarga alohida e’tibor berishi zarur;
1. O‘quvchilar faqat darslikdagi misoldan foydalanmay, o‘zlari mustaqil yoki o‘qish
kitobidagi matnlardan topa olsinlar.
2. Qoida aytilgach, o‘quvchidan shu qoidaga mos so‘z yoki so‘z birikmasini qidirib topish
yoki o‘ylab topgan misoli orqali qoidani isbotlash talab qilishi.
3. Tushunchaning o‘ziga xos belgilarini qoidani qismlarga bo‘lgan
holda sanab berishini
so‘rash.
Dostları ilə paylaş: