-O‘qing. Tagiga chizilgan so‘z qaysi turkumga kiradi? Shu so‘z qaysi shaxsni bildiradi?
Bizni olmoshi qaysi qo‘shimcha bilan qo‘llangan? Bu qo‘shimcha biz olmoshini qaysi so‘zga
bog‘lagan? Ularni birlikda yozing: Bizni olib bordilar. Kelishik qo‘shimchasini va bog‘lanishini
tegishlicha belgilang. Kelishik nomini qisqartirib tepasiga yozing.
Ikkinchi gapni o‘qing. Olmoshni qaysi qo‘shimcha olganini ayting. Qaratqich kelishigi otni
qaysi so‘zga bog‘lagan? Ularni birikma tarzida yozing: Bizning ko‘z o‘ngimizda va qo‘shimchani,
so‘zlarni bog‘lanishini belgilang.
Qolgan gaplar ham shu tahlitda bajariladi. Doskaning bir tomonida
quyidagi birikmalar
yuzaga keladi:
Bizni olib bordilar
Bizni ko‘z o‘ngimizda
Bizga gapirib berdi
Biz tingladik
Bizda qoldirdi
O‘quvchilar javobi yana suhbat yo‘li bilan umumlashtiriladi:
Kishilik olmoshlari qaysi
qo‘shimchalarni oladi? Qaysi kelishik qo‘shimchalari olmoshga qo‘shilib keladi? Bu
qo‘shimchalar olmoshlarni qaysi so‘zlarga bog‘laydi? (boshqa so‘zlarga) Kelishik
qo‘shimchasini olgan bizni, bizning, bizga, bizda qaysi so‘roqlarga javob bo‘lyapti? Ular gapda
qaysi bo‘lak bo‘ladi? (2-darajali bo‘lak) Biz olmoshiga so‘roq bering, u qaysi kelishikda? Gapda
qaysi bo‘lak bo‘lib kelyapti? (Ega)
O‘quvchilar javobi aniqlashtiriladi; Kishilik olmoshlari ham kelishik qo‘shimchalarini oladi.
Kelishik qo‘shimchalarini olganda olmoshlar turlanadi. Tushum, qaratqich, jo‘nalish, o‘rin-payt,
chiqish kelishigidagi olmoshlar 2-darajali bo‘lak bo‘lib keladi. Bosh kelishikda
esa ega vazifasini
bajaradi: Biz mehnatni sevamiz.
Kishilik olmoshining kelishiklar bilan turlanishi haqidagi tushuncha mashqlar yordamida
mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlarini qaysi kelishikda ekanligi, ularni o‘zi bog‘langan
so‘z bilan birikma tarzida ko‘chirish,
shaxs-sonini aniqlash, chiziqchalar o‘rniga topshiriqqa mos
olmoshlar qo‘yish (El II shaxs, birlik, jonalish, k.) chozsa qol ( III shaxs, birl, jon. k) doim sodiq
bol.) ot o‘rnida qo‘llangan olmoshlarni aniqlash., ijodiy matnlar tuzish kabi topshiriqli mashqlar
bajariladi.
Keyingi daoslarda o‘quvchilarning kishilik olmoshlarining kelishiklar
bilan turlanishi
paytidagi imlosini o‘zlashtirishlariga, ijodiy yozma ishlar uyushtirishga va ularda kishilik
olmoshlaridan to‘g‘ri foydalanib nutqni uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llashlariga, shuningdek, nutqda
kishilik olmoshlaridan o‘rinsiz va tinimsiz foydalanishlarini bartaraf etishlariga qaratiladi. Kishilik
olmoshlarini o‘rinsiz ko‘p ishlatishlarini bartaraf etish uchun o‘quvchilarning ijodiy yozma ishlari:
bayon va insholari o‘qib berilib, tahlil qilinadi.
O‘quvchilar nutqida kishilik olmoshlarini man, san tarzida sheva ta’siriga
berilib talaffuz
qilish holatlari uchraydi, kishilik olmoshlariga ajratilgan darslarini yana bir vazifasi shu kabi
kamchiliklarni yo‘qotishdir.
O‘quvchilar kishilik olmoshlaridan nutqda to‘g‘ri foydlalanishga o‘rgatish
nutqiy
g‘alizlikni, talaffuzdagi yoqimsizlikni bartaraf etadi.
Dostları ilə paylaş: