5351000 – Audio-video texnologiyalar ta’lim yo‘nalishi negizidagi:
-
5A351002 – Videotexnologiyalar
magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun maxsus (ixtisoslik) fanlaridan
D A S T U R
Annotatsiya
Dastur 5A351002 - Videotexnologiyalar magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar
uchun 5350200 – Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya
tizimlari va ilovalari”) ta’lim yo‘nalishining 2017/2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv
rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan.
Tuzuvchilar:
Muxamadiev A.Sh. – TATU “Audiovizual texnologiyalar”
kafedrasi mudiri, f.-
m.f.n., dotsent.
Beknazarova S.S. – TATU “Audiovizual texnologiyalar” kafedrasi professori,
t.f.d., dotsent.
Dastur Televizion texnologiyalar fakultetining 2021 yil 22 iyundagi №10-sonli
kengashi yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
KIRISh
5350200 – Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya
tizimlari va ilovalari”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika sohasidagi yo‘nalish
bo‘lib, u audio, video, kino va televizion
maxsulotlari ishlab chiqarish, kontentlarga
ishlov berish,
sifatini oshirishga, soha istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikma,
mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan
inson faoliyatining vositalari, usullari va
uslublarining majmuasini qamrab oladi.
5351000
– Audio-video texnologiyalar ta’lim yo‘nalishi negizidagi
videotexnologiyalar mutaxassisligining vazifasi – talabalar bilimini
chuqurlashtirish va
raqamli televidenieda va kinoda ovoz va tasvirni yozib olish, qayta ishlash, saqlash, chop
etish, yoritishni loyihalashtirish va boshqarishga oid dasturlar,
ularning matematik,
axborot va dasturiy ta’minotiga oid muhandislik masalalarini yechish,
ilmiy jihatdan
tahlil qilish, algoritmik va dasturiy ta’minotini yaratish, texnologik
yechimlarni ishlab
chiqish bo‘yicha hamda ilg‘or pedagogik texnoligiyalardan foydalangan holda bilimlarni
oshirish va ko‘nikma hosil qilishdan iboratdir.
5351000 – Audio-video texnologiyalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi
5A351002 - Videotexnologiyalar magistratura mutaxassisligiga kiruvchi talabalar uchun
ta’lim yo‘nalishi va 5350200 – Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”,
“Telestudiya tizimlari va ilovalari”) yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 2
ta ixtisoslik
fanlari: “Mass media kommunikatsiyasi”, “Raqamli audio, video va TV texnologiyalari”
va “3D modellashtirish va raqamli animatsiya” fanlari bo‘yicha imtihon savollari
shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z ichiga qamrab olgan ma’lumotlar
quyida batafsil
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: