Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Bemorni ziyorat qilish savobi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

236-bob. Bemorni ziyorat qilish savobi 
530. Abu Asmo' (Amr ibn Murshid Rahbiy) aytdilar: "Kim bir birodarining betobligini 
so'ragani borsa, u jannatning bog'ida bo'ladi". Abu Asmo' bu hadisni Savbondan, u kishi 
esa Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilganlar. Bu hadis boshqa sanad bilan ham Rasululloh 
(s.a.v.)ning o'zlaridan rivoyat qilingan. 
531-hadis Hubayb ibn Sobitdan rivoyat qilingan bo'lib, yuqoridagi hadisning takroridir. 
237-bob. Betob ziyoratida hadis rivoyat qilmoq 
532. Ja'far ibn Abdulloh ibn Hakam (r.a.) aytdilar: "Abu Bakr ibn Juz' va Muhammad ibn 
Munkadirlar masjid ahllaridan bir necha kishilar bilan Umar ibn Hakam ibn Rofi' 
Ansoriyning betobliklarini so'rash uchun borib, unga: "Ey, Umar! Bizga bir hadis aytib 
bering", deb so'rashganda, u kishi: "Men Jobir ibn Abdullohdan eshitdim. Hz. Jobir 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Bir kishi betob odamni borib ziyorat qilsa, 
Allohning rahmatida yuradi, agar u bemor yonida o'tirsa, rahmati ilohiyada joy olgan 
bo'ladi", dedilar". 
238-bob. Bemor oldida namoz o'qigan kishi haqida 
533-hadis. Ato ibn Abi Raboh (r.a.) aytdilar: "Umar ibn Safvon betobligimni so'rash 
uchun keldilar. Shunda namoz vaqti bo'ldida, Abdulloh ibn Umar ular bilan to'rt rak'atlik 
namozni ikki rak'atlik qilib o'qidilar va "Bizlar musofirmiz", dedilar". 
239-bob. G'ayrimuslimning betobligini so'rash haqida 
534. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Yahudiylarning bir bolasi Rasululloh 
(s.a.v.)ga xizmat qilib yurar edi. U betob bo'lib qolganda Rasululloh (s.a.v.) ko'rga-ni 
uyiga bordilarda, boshi tomonida o'tirib: "Sen Islom dinvni qabul qil", deb taklif qiddilar. 
Shunda bola tepasida o'tirgan otasiga qaradi. Ogasi esa: "Abulqosimga itoat qil. Islom 
dinini qabul qil", deganidan keyin, bola musulmon bo'dtsi. Rasululloh (s.a.v.): "Bu bolani 
do'zax o'tidan qutqazgan Alloh taologa hamdlar bo'lsin", deb bolaning uyidan chiqib 
ketdilar". 
535. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Madinai munavvaraga kelgan 
vaqtlarida Abu Bakr Siddiq bilan Bilol (Habashiy)ni isitma-bezgakushladi. Men 
ikkalalarining ham huzurlariga kirib: "Otajon! O'zingizni qanday his qilayotabsiz? Yo 
Bilol! Siz ham o'zingizni qanday sezayotabsiz?" - deb ahvollarini so'radim. Otam Abu 
Bakrni bezgak tutgan paytda: "O'lim erta bilan O'z ahyai ayoli orasida o'tirgan kishiga 
ham kelaveradi. O'lim kishiga o'z oyoq kiyimlarini bog'laydigan itstsan ham yaqinroqdir", 
degan she'rni o'qidilar. Ammo hz. Bilol bezgaklari pasaygan vaqtda ovozlarini chiqarib: 
"Koshki biror kecha Makkada bo'lib, atrofimda izxiru jalil degan o't-o'lanlarni ko'rish, 
Majna suvlariga tushish, Shoma va Tufayl tog'larini ko'rish menga muyassar bo'lganini 
bil-sam edi", mazmunidagi ikki bayt she'rni o'qirdilar. Men bu holatlarini ko'rib, 
Rasululloh (s.a.v.)ga kelib aytgan edim, Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Alloh! Bizlarga Madina-
ning Makka kabi yoki undan ham ko'proq muhabbatini ko'nglimizga sol, undagi 
kasallarni tuzat, uning so' va maddlariga bizlar uchun barakot ber va uning bezgagini 
Juhfaga yubor", deb duo qildilar". 
Vodiy deb Makka shahri iroda qilindi. Izxir - xushbo'y o'simlik, jalil ham hovlilarda tikka 
o'sadigan nozik o'simlik. Majna - ilga-ri bozor joy bo'lgan, u Makkadan bir necha mil 
maso-fada joylash-gan. Shoma va Tufayl Makka yaqinidagi ikki tog' yoki buloq nomi. 
Juhfa - Misr, Shom va mag'riblnklar hajga kelganda ehrom bog'laydigan joylarning nomi. 
Juhfada Rasululloh (s.a.v.) da'vatlari-ning rivojiga qarshi kishilar bo'lgan bo'lsa kerak. 
Shuning uchun: "Ma-dina bezgagini juhfaliklarga yubor", deb duo qildilar  
536.Abbos (r.a.) rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.) xastalnib qolgan bir a'robiyni 
ziyorat qilib, shunday dedilar: "Sening uchun xavfli bir narsa yo'q. Inshoalloh, bu 
xastaliging tufayli gunohlaring yuvilib ketsin", "Aksincha, mening isitmam zo'r. Bunga 
chidashim qiyin", dedi a'robiy. "O'ylab gapir!" - dedilar Rasululloh (s.a.v.), bu bilan agar 
bu xastalikni sabr va bardosh bilan qarshilamasang, gunohlaring to'kilmagay, demoqchi 
bo'ldilar.537. Nofi' (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Abdullohibn Umar (r.a.) kasal ko'rgani 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin