www.ziyouz.com kutubxonasi
89
biz bilganmiz, ammo kibr nimadir? Bir kishida ichki-tashqi kiyimi bo'lib, ularni kiyib
yursa, kibr bo'ladimi?" - deb so'raganda, Rasululloh (s.a.v.): "Io'q", dedilar. "Bo'lmasa
bir kishida chiroyli tasmalik bir juft kovushi bo'lib, uni g'irchillatib kiyib yursa, kibr
bo'ladimi?" Rasululloh (s.a.v.): "Yo'q", dedilar. "Ot, xachir, teva kabi ulovi bo'lib, uni
minib yursa kibr bo'ladimi?" Rasu-lulloh (s.a.v.) yana: "Yo'q", dedilar. "Bir kishining
yaxshi suhbatdosh do'stlari bo'lib, ular bilan suhbatlashib o'tirsa, bu kibr bo'ladimi?"
Rasululloh (s.a.v.): "Yo'q, bularning hech biri kibrga qo'shilmaydi", dedilar. "Yo
Rasulalloh! Endi bo'lmasa kibr nimadan iboratdir?" Rasululloh (s.a.v.): "Haqiqatni, to'g'ri
so'zni tan olmaslik va boshqa kishilarni o'zidan past hisob-lashlik kibr bo'ladi", dedilar".
559-hadis yuqoridagi 558-hadisning aynan takrori. 560. Abdulloh ibn Umar (r.a.) Rasuli akram (s.a.v.) dan rivoyat qildilar: "Rasululloh
(s.a.v.): "Kim o'zini boshqalardan katga deb hisoblasa yoki yurish-turishlarida
boshqalarni pisand qilmay kibrlanib yursa, qiyomat kuni Allohu azza va jalla huzuriga
borganda Alloh taolo unga g'azab nazari bilan qaraydi", dedilar".
561. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kim o'z xizmatkori bilan taom
yesa, ko'cha va bozorgohlarda eshak minib yursa va qo'y-echkilarni bog'lab, ularning
sutini sog'aversa, bu kishida kibrlik qolmagan bo'ladi", dedilar".
562. Kiyimfurush Solih o'z buvisidan rivoyat qildi, u ayol aytdi: "Hz. Ali bozordan bir
dirhamga xurmo sotib olib, uni o'zlari ustlariga tashlab yuradigan chodirlariga o'rab
ko'tardilar. Shunda men: "Ey, amir almo'minin! Bu yukingizni men ko'tarib boray",
deganimda, hz. Ali: "Yo'q, ayolmand kishi o'zi ko'tarishi kerak", dedilar".
563. Abu Said Xudriy va Abu Hurayradan rivoyat qilindi. Bularga Rasululloh (s.a.v.)
aytdilar: "Alloh taolo izzat, qudrat - mening pastki kiyimim va kat-talik esa, yelkamga
tashlab yuradigan ridoimdir. Mana shu ikki libosni kiyishga kim men bilan sherik
bo'lmoqchi bo'lsa, men uni azobga solaman, dedi".
564. Haysam ibn Molik Toiy aytdilar: "Men Nu'mon ibn Bashirdan minbar ustida turib:
"Shaytonning ov qiladigan to'r va tuzoqlari bor. Uning to'r va tuzoqiari - kishi Alloh
taoloning bergan ne'matlari uchun shukr qilish o'rniga tug'yonga ketishi, yo'ldan ozishi
va Allohning bergan mol-mulklarini o'zim topdim, deb faxrlanishi va Allohning
bandalaridan o'zini yuqori hisoblashi va nafsning xohishiga berilib, Alloh taoloning
yo'lidan boshqa yo'llarga kirib ketishidir", degan so'zlarini eshitdim".
565. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasuli amin (s.a.v.): "Jannat
bilan do'zax da'volashishdi. Do'zax: "Menga zolimlar, o'zlarini katta oluvchi
mutakabbirlar kiradi", dedi. Jannat esa: "Menga zaif va ojizlar, faqir bo'lgan kishilar
kiradi", dedi. Shunda Alloh rabbil olamiyn jannat-ga xitob qilib: "Ey, jannat! Sen mening
rahmatim-san, xohlagan bandalarimga marhamat qilib, sen bi-lan birga qilaman", dedi.
Do'zaxga ham xitob qilib: "Ey, do'zax! Sen mening azobimsan, istagan kishi-larimni sen
bilan azoblayman va ikkalangizni ham loyiq kishilar bilan to'ldiraman", dedi".
566. Abu Salama ibn Abdurrahmon aytdilar: "Rasu-li akram (s.a.v.)ning sahobiylari
ibodatlarni aztahidil, jiddu jahd bilan ado qilardilar. Ular majlislarida ba'zan she'rlar