www.ziyouz.com kutubxonasi
101
Qilishdi. Tufaylning sherigi kasal bo'lib bezovtalana boshladi. Qaran degan yergacha
sudralib keldida, qo'l tomirlarini kesib tashlab o'ldi. Tufayl uni tushida ko'rdi va: "Senga
qanday muomala qilindi?" - deb so'radi. U kishi: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga qijan
hijratim sababidan gunohim kechirildi", dedi. Tufayl: "Qulishta nima bo'ldi?" - deb
so'radi. U: "O'zing zarar yetkazgan qo'lingni Biz tuzatmaymiz", deyildi", dedi. Tufayl buni
Payg'ambarimiz (s.a.v.)ga aytib bergan edi, Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, uni ikki qo'li
bilan birga mag'firat qil", deya qo'llarini ko'tarib duo qildilar.
630. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, dangasalikdan,
qo'rqoqlikdan, keksalikdagi ojizliqdan va baxillikdan sendan panoh so'rayman", deya duo
qilardilar".
631. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Alloh azza va
jalla: "Men bandamning o'ylagan o'yidaman va Menga duo qilib, Meni chorlasa, Men u
bilan birgaman", degan", deb marhamat qiddilar".
277-bob. "Sayyidu-l-istig'for" haqida 632. Shaddod ibn Avs (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Istig'for
Allohdan mag'firat tilashdir. Duolarning eng ulug'i ushbudir: "Ey, Al-lohim, (e'tirof
etamanki), Sen mening Parvardigorimsan, Sendan boshqa iloh yo'q, Va (e'tirof
etamanki), Sen meni yaratding, yo'qdan bor qilding. Men Sening quling va
mahluqingman. Shuningdek, imkonim va toqatim ko'targanicha ("qolu balo"da bergan)
so'z va ahdimni amalga oshirishga tirishaman. Va Sendan qil-gan ishlarimning
yomonligidan panoh so'rayman. Menga bergan (turfa) ne'matlaringni e'tirof etaman va
qilgan gunohlarimni ham bilaman va tan olaman. Shunday ekan, (ey, Allohim), mendan
sodir bo'lgan xato va gunohlarni kechir, zero O'zingdan o'zga gunohlarni kecha oluvchi
hech kim yo'qdir". Kimki bu duoni kechasi o'qib yotsa va vafot etsa, jannatga kiradi yoki
u jannat ahlidandir. Agar kimda-kim ertalab bu duoni o'qisa va shu kuni dunyodan o'tsa,
u ham jannatiydir".
633. Abdulloh ibn Umar(r.a.): "Biz Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida yig'ilib qolsak,
"Parvardigoro, meni yorlaqagan, gunoqlarimni kechirgan. Shubhasiz, Sen tavbalarni
qabul etuvchi Zotsan", deya yuz marta takrorlardik", dedilar.
634. Hz. Oyisha (r.a.)dan rivoyat qilindi, ul zot aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) peshin
namozini o'qidilar. So'ng yuz martacha "Parvardigorim, gunohlarimni mag'firat qil,
albatta Sen tavbalarni qabul etuvchi Zotsan", deya takrorladilar".
Shaddod ibn Avsdan rivoyat qilingan 635-hadis 632-hadisning aynan takroridir. 636. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning "Allohga tavba
qilinglar, men har kuni yuz marta tavba qilaman", deganlarini eshitdim".
637. Ka'b ibn Ujradan rivoyat qilindi: "Har namozdan keyin "Subhanalloh, valhamdulilloh
va la ilaha illallohu vallohu akbar" kalimalarini yuz marta aytadiganlar noumid
qolmaydilar".