Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
gan va bilmaydigan yomonliklarning barchasidan panoh tilayman. Sendan jannatni va 
unga yaqinlashtiruvchi so'z va amallarni so'rayman. Do'zaxdan va unga olib boradigan 
barcha so'z va amallardan Sening panohingga o'taman. Muhammad (s.a.v.) Sendan 
so'ragan barcha narsalarni men ham so'rayman va Muhammad (s.a.v.) Sendan panoh 
so'ragan barcha narsadan men ham panohingga o'taman. Men uchun taqtsir qilgan har 
bir narsaning oqibatini to'g'ri yo'lga yo'naltirgin", dedilar". 
280-bob. Rasulullohga salavot aytish haqida 
655. Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Qaysi bir musulmon 
sadaqa berishga qodir bo'lmasa, duosida ushbu so'zlarni aytsin: "Allohumma solli 'ala 
Muhammad 'abdika va rasulik va solli 'ala-l-mu'minina va-l-muslimot". Bu o'sha 
musulmon uchun sadaqa o'rniga o'tadi", dedilar". 
656. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohumma solli 'ala Muhammad 
va 'ala ali Muhammad kama sallayta 'ala Ibrohima va ali IbroHim, va barik 'ala 
Muhammadin va 'ala ali Muhammad kama borakta 'ala Ibrohima va ali Ibrohim va 
tarahhum 'ala Muhammadin va 'ala ali Muhammad kama tarahhimta 'ala Ibrohima va ali 
Ibrohim" desa qiyomat kuni men u(ning musulmonligi)ga guvohlik beraman va uni 
shafoat qilaman", dedilar". 
657. Anas bilan Molik ibn Avs (r.a.)lardan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) hojat 
uchun tashqariga chiqdilar, o'zlari bilan birga borishga hech kimni to-polmadilar. Bir 
ozdan so'ng hz. Umar obdasta kutarib Rasululloh (s.a.v.)ning ortlaridan bordilar va ul 
zotni yo'pda sajda qilib turganlarini ko'rib to'xtadilar va chekkaga o'tib kutab turdilar. 
Rasululloh (s.a.v.) saj-dadan boshlarini ko'tarib: "Barakashgoh, ey Umar! Mening 
sajdada turganimni ko'rib, yo'l cheti-da kutib turganing to'g'ri bo'ldi. (Chunki o'sha 
paytda) Jabroil (a.s.) kelib: "Kimki sizga bir marta salovat aytsa, Alloh taolo unga 10 ta 
rahmat yozadi va uning darajasini 10 barobar ko'taradi", dedi", deya marhamat qildilar". 
Hojat uchun tashqariga chivdilar - u zamonlarda har kimning uyida hojatxonasi 
bo'lmaodi, hojat chiqarish uchun tashqariga, odam-lar yashaydigan joqdan uzoqrokda 
borib kelinardi. 
658. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning "Kim menga bir marta 
salavot aytsa, Alloh taolo unga 10 ta rahmat yuboradi va 10 xatosini o'chiradi", 
deganlarini eshitdim". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin