287-bob. Duo qabul bo'ladigan vaqtlar 679. Sahl ibn Sa'd (r.a.) aytdilar: "Ikki soat borki, o'sha vaqtda osmon eshiklari ochiladi.
Kim bu vaqtda duoga qo'l ochsa duosi ijobatdir. Bular azon aytilayottan va Alloh yo'lidagi
jihod oldidagi vaqtdir".
288-bob. Rasulullohning duolari 680. Abu Sirma (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, Sendan meni va
yaqinlarimni badavlat qilishingni so'rayman", der edilar.
681-hadis yuqoridagi hadisning takrori. 682. Shotir ibn Shakil (r.a.) otasidan rivoyat qildi: "Men Rasululloh (s.a.v.)ga: "Yo,
Rasulalloh, menga foydali bir duo o'rgating", dedim. Ul zot: "Ey, Allohim, menga
qulog'imning, ko'zimning, tilimning, dilimning va nutfamning sharridan ofiyat bergin",
deb ayt", dedilar". Bu hadis roviylaridan Vaqi': "Bu yerdagi nutfadan murod zino va
buzuqlikdir", dedilar.
683. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Allohim, meni kuchli,
bardoshli qil. Mening ustimdan birovni g'olib qilma. Menga nusrat ber, meni hech kim
yenga olmasin va menga hidoyat yo'lini oson qilib qo'ygin", deb duo qilardilar".
684. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning:
"Parvardigoro, meni quvvatli qil, menga qarshi, mening ziyonimga nusrat ber-magin,
menga nusrat ber. Meni hech kim yenga olmasin, mening foydamga tadbir qilgin,
zararimga qilmagin, menga hidoyat yo'lini osonlashtir, menga jabr qilganlar ustidan
meni g'olib qil. Parvardigoro, meni doimo O'zingga shukr qiluvchi, mudom Seni zikr
qiluvchi, O'zingdan qo'rquvchi, Senga itoatkor va bo'ysu-nuvchi, faqat O'zingga dardimni
aytadigan qilgin. Parvardigoro, tavbamni qabul kdlgin, gunohimni kechirgin, duolarimni
ijobat qil, hujjatimni qat'iy qil, tilimni yomon so'zlardan to'sgin va qalbimdagi qoralik,
g'uborni aritgin", degan so'zlar bilan duo qilganlarini eshitdim".
685. Muoviya ibn Abu Sufyon (r.a.) minbardan turib: "Allohim, Sen beraman desang,
mone' bo'luvchi yo'q va Alloh msa yo'q. Dunyoda boy-likka erishgan kishilarga oxiratda
boyligi foyda bermaydi. Alloh taolo kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib
ko'yadi. Men bu so'zlarni Rasululloh (s.a.v.)dan mana shu yogoch minbar usgida