Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
120
317-bob. Mehmonga taom quyib, o'zi namozga turgan kishi haqida
768. Na'im ibn Qa'nab (r.a.) aytdi: "Men Abu Zarr (r.a.)ning uyiga bordimu uni topa
olmadim. Ayolidan: "Abu Zarr qaerda?" - deb so'radim. "Ishdalar, hozir ke-lib qoladilar",
deb javob berdi ayoli. Men uylarida o'tirib turgavdim, ikki tuyani haydab Abu Zarr kelib
qoldi. Tuyalarni bir-biriga orqama-orqa bog'lagan, ular-ning har biriga bitgadan mesh
ortilgandi. Abu Zarr ularni yerga olib qo'yib, kelib men bilan so'rashdi. Men: "Ey, Abu
Zarr, ijari uchratgan odamlarim ichida men uchun sendan sevimlirog'i ham, sendan
yomonrog'i ham bo'lmagan", dedim. U: "Xo'sh, bu gapingni qanday tushunishim kerak?"
- deb so'radi. "Men johiliyat davrida go'dak qizim-ni tiriklay ko'mgan edim, "Sen uchun
tavba yo'li ham yo'q, najot ham!" - deysan deb senga yo'liqib qolishdan qo'rqdr-dim.
Hamda "Tavba qilsang tavbang qabul bo'ladi va sen uchun najot yo'li bor", deyishingdan
umid qilardim", dedim. Abu Zarr: "Johiliyatdan qaytib, haq yo'lni top-dingmi?" - dedi.
"Ha", dedim. U: "Alloh taolo Islomga kirgandan keyin oldingi gunohlarni kechiradi", dedi
va ayoliga: "Bizga taom keltir!" -deb buyurdi. Ayoli kuloq solmadi. Abu Zarr unga yana
qaytardi, ayoli bu safar ham quloq solmadi va hatgo ikkovlari janjallashib qolish-di. Abu
Zarr: "Haqiqatda siz ayollar Rasululloh (s.a.v) aytganlaricha bor ekansiz!" - dedi. Men:
"Rasululloh (s.a.v) ular haqida nima deganlar?" - deb so'radim. Abu Zarr: "Ul zot: "Ayol
kishi qovurg'a suyagi kabidir, sen uni to'g'rilamoqchi bo'psang sindirib ko'yasan. Agar
uni boshqara bilsang, ro'zg'oring but bo'ladi", degandilar", dedi. Shundan keyin ayoli
burilib kelib, kaklik-nikiga o'xshash sho'rva qo'yib ketdi. Abu Zarr: "Menga e'tibor
bermay sen olaver, men ro'zadorman", dedi va namozga turdi. U ruku'larni yengil (tez-
tez) qildi. So'ng namozini tamomlab, ovqat yeya boshladi. Men: "Yo tavba, meni
addaysan, deb o'ilamagandim!" - dedim. U: "Nega endi, men seni uchrat-ganimdan beri
aldaganim yo'q", dedi. "Axir ro'zadorman, Demabmiding?" - dedim. U: "Shunaqa dedim.
Men bu oy Hisobidan uch kun ro'za tutdim, menga uning ajri yozildi va ovqatlanish halol
bo'ldi", dedi.
Dostları ilə paylaş: