321-bob. G'iybat maqsadi bo'lmay, uzun falonchi, deyish haqida 775. Abu Ruhm (r.a.)dan rivoyat qilindi: U kishi Rasululloh (s.a.v.)ga daraxt ostida
(bay'atu-r-rizvonda) bay'at qilgan sahobiylardan biri edilar. Shu kishi aytdilar: "Men
Rasululloh (s.a.v.) bilan Tabuk g'azottsda birga jang qildim. Bir kecha Axdar tog'ida
turib, Rasululloh (s.a.v.)ga yaqin turib qo'riqchilik qildam, Ko'zimni uyqu bosdi. Uxlab
qolmaslikka harakat qilardim. Mening tuyam ul zotaing tuyalariga yaqinlashdi. Tuyam
Rasululloh (s.a.v.)ning oyoqlariga zahmat yetkazmas-mikan, degan andshpa meni
qiynardi. Shuning uchuk tuyamni orqaga tortib qo'yar edim. Kechaning bir qismida
(yana) ko'zimga uyqu golib keldi. Ul zotning oyoqlari yukning dastasiga tegib turardi.
Mening tuyam ul zotaing tuyalarini turtab yubordi, shunda men ul zotning oyoqlariga
tegib ketdim Bexos zarb natijasida ul zot "Uhh", deb yubordilar, men: "Ey, Rasulalloh,
Sizga ozor berganim uchun Allohdan menga mag'firat so'rang", dedim. Ul zot: "Anavi
ko'sa, uzun bo'yli va qizil yuzli odamlar nima qildilar?" - deb so'radilar". Abu Ruhm
davom etib shunday dedi: "Bani G'ifor qabilasi nima uchun urushga qo'shilmaganliklarini
Rasululloh (s.a.v.)ga aytdim. Shundaul zot: "(Madina atroflaridagi) Shabkati Shadax
degan joyda qo'ylari bo'lgan sochlari kalta, bo'ylari qisqa odamlar nima qildilar?" - deb
so'radilar. Ular G'ifor o'g'illarimikin, deb o'ylab qoldim, biroq to'la anglab yeta olmadim.
Keyin Aslam qabilasidan bir jamoat ekanliklari esimga kejach: "Ey, Rasulalloh, ular
Asmo' o'g'illaridan edilar", dedim. Shutsda ul zot: "Urushga qatnashmagan Asmo'
o'g'illaridan bir kishini Alloh yo'lida jo'natishlariga nima to'sqinlik qildi? Aslam, G'ifor,
Ansor va Kuraysh muhojirlaridan biror uzrli sabab bilan urushga qatnasha olmaganlar
ham mening qadrli sahobiylarimdir", dedilar".
776. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirish uchun izn
so'radi. Ul zot: "Bu qabilasining juda ham yomon odami!" - dedilar. U odam Payg'ambar
(s.a.v.) huzurlariga kirganida, ul zot haligi kishiga yaxshi muomala qildilarjuda ko'p
gapirdi. Men bu haqtsa gapirgandim, ul zot: "Alloh taolo buzuq-badxulklarni yomon
ko'radi", dedilar".
777. Oyisha onamiz dedilar: "Savda (r.a.) Muzdali-fada namozlar jam qilib o'qilgan
kecha, kun ko'taril-masdan Minoga ketish uchun Rasululloh (s.a.v.)dan izn so'radi. U
og'ir-vazmin va sekin harakatlanadigan ayol edi. Ul zot unga izn berdilar".